Mavzu: Yadro Energetikasi Mundarija: kirish I bob. Yadro energetik
Download 0.52 Mb.
|
Shoxruz Murodov111
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Yadro Energetikasi Mundarija: KIRISH………………………………………………………………..……...……3 I BOB. YADRO ENERGETIK…………………………………………………..6
- Yadro energetikasini bosqichma-bosqich toʻxtatish va orqaga qaytarish…………………………………..……………………………….12 Atom elektr stansiyalari iqtisodiyoti ……………….……….…………..13
- 2.3 Operatsion xarajatlarning pastligi………………………………...………..16 III BOB. YADRO ENERGIYASINING KAMCHILIKLARI………………..20 3.1 Atrof muhitga ta’siri…………………………………………………….…..20
- Foydalanilgan Adabiyotlar…………………………………………………...…25 K I R I S H
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI FIZIKA TA’LIM YO’NALISHI 3-KURS 303-GURUH TALABASI MURODOV SHOXRUZNING YADRO FIZIKASI FANIDAN TAYYORLAGAN KURS ISHI
TERMIZ – 2023-YIL Mavzu: Yadro Energetikasi Mundarija: KIRISH………………………………………………………………..……...……3 I BOB. YADRO ENERGETIK…………………………………………………..6 Yadro energetikasi va undan foydalanish………………………………..….6 Yadro bo’linishi………………………………………………..……………10 Yadro energetikasini bosqichma-bosqich toʻxtatish va orqaga qaytarish…………………………………..……………………………….12 Atom elektr stansiyalari iqtisodiyoti ……………….……….…………..13 II BOB. YADRO ENERGIYASINING AFZALLIKLARI...……………..…..14 2.1. Kam ifloslanish……………………………………………………….……..14 2.2 Yuqori quvvat chiqishi……………………………………………...……….15 2.3 Operatsion xarajatlarning pastligi………………………………...………..16 III BOB. YADRO ENERGIYASINING KAMCHILIKLARI………………..20 3.1 Atrof muhitga ta’siri…………………………………………………….…..20 3.2 Radioaktiv chiqindilarni utilizatsiya qilish………………………………...20 3.3 Yadro hodisalari……………………………………………………………..21 XULOSA………………………………………………………………………....24 Foydalanilgan Adabiyotlar…………………………………………………...…25 K I R I S H “Yadro energetikasi” zamonaviy dunyoning energetika bo’yicha ajralmas va muhim bo’g’ini hisoblangan AES lar, ularning turlari, ishlash tamoyillari, yoqilg’i turlari, FIKi va voshqa bir qator ilmiy tomonlaini o’rganuvchi fandir. Bu fan mantiqan yadro fizikasi fanining mantiqiy davomidir. Yadro energetikasini o‘rganishdan maqsad yadro texnologiyalari va yadro energetikasining muhim jihatlarini o’rganish va dastlabki yadro reaktorlarida yuzaga kelgan muammo va kamchiliklarga ilmiy asos berish, turli reaktorlarning tuzilishi, ularning asosiy farqlari va yoqilg’i turlari, yoqilg’ilarni olish va boyitishning ilmiy mexanizmlari, reaktorlarning quvvatidan kelib chiqqan holda qo’llaniladigan neytronlarni sekinlashtiruvchi (TVEL) tayoqchalarning fizik tarkibi, reaktorning reaktivligi va aktivligi, neytronlarni ko’payish koeffisenti kabilarni o’z ichiga oladi. Yadro fizikasi, bu zamonaviy fizikaning eng yirik bо‘limlaridan biri bо‘lib, u atom yadrosining tuzilishi va xususiyatlarini, zarralar xususiyatlari va о‘zaro aylanishlarini о‘rganuvchi fandir. Yadro fizikasi, zamonaviy yadro energetikasi va yadro texnologiyalarining ilmiy negizi hisoblanadi. Yadro fizikasi, fan va texnikaning kо‘pgina tarmoqlarida keng qо‘llanilmoqda. Keyingi vaqtlarda yadro fizikasi, tibbiyotnaning turli sohalarida qо‘llanishi juda jadallashib ketdi desak mubolag‘a bо‘lmaydi. Buning natijasida yadro tibbiyoti deb nomlangan yangi yо‘nalish va fan vujudga keldi. Ionlovchi nurlanishlar manbai va radioaktiv indikatorlar metodlari qо‘llanilmagan ilmiy izlanishlar yoki ishlab chiqarishlar sohalarini topish qiyindir. Bu metodlar qо‘llanilib amalga oshirish uchun mо‘ljallangan muammolar soni doimo oshib bormoqda. Bundan tashqari, yadro fizikasi arxeologiya, geologiya va boshqa sohalarda ham qо‘llanilib kelmoqda. 1896 yil 20 yanvar, Parij akademiyasidan Anri Puankarenning rentgen nurlari ustidan tajribalarini eshitgan Anri Bekkerlь ushbu tajribani tasdig'ini ko'rish uchun o'zi tajriba o'tkazadi, lekin u qizdirilgan katod bo'lmasa ham uran tuzining o'zidan-o'zi nur chiqarish hususiyatiga ega ekanligini 1896 yil 1 mart kuni aniqlagan va 2 mart kuni o'zining yangi ixtirosini e'lon qildi, bu ixtiro «uran nuri» yoki keyinchalik «Bekkerlь nuri» nomi bilan yuritildi. Uran tuzini nurlarini va hususiyatlarini Mariya Sklodovskaya va uning eri Per Kyurilar ham tasdiqlashdi, bu esa fizikada XIX asrning oxirlaridagi yana bir yangilik edi. 1898 yili Kyurilar tomonidan urandan ham intensivroq radiaktiv nurlar chiqaruvchi modda radiy ixtiro qilindi. Radioaktiv nurlanishlarni E. Rezerford tomonidan batafsil eksperimental o'rganildi. U tajribalar natijasida radioaktiv nurlanishlar uch turdagi nurlardan iborat ekanligini aniqladi va ularni mos holda α-, β- va γ-nurlar deb nomladi. Betanurlar manfiy zaryadlangan elektronlarda, alьfa-nurlar musbat zaryadlangan zarrlar (keyinchalik bu zarrlar geliy atom yadrosi ekanligi aniqlanildi) va gamma-nurlar yuqori chastotali elektromagnit nurlanishlar ekanligi ma'lum bo'lidi. Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini takomillashtirish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash ta’limga texnologik yondashuvni talab etadi. Bunda bevosita ta’lim jarayonini, oliy ta’limning o‘quv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini keng joriy etish, ta’lim jarayonini sifat jihatdan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish muhim ahamiyatga ega. Mamlakatni rivojlantirishning uzoq muddatli ssenariylarini hisobga olgan holda innovatsiyalarni ishlab chiqish hamda davlat va jamiyat qurilishiga joriy etish, shuningdek, jamiyat va davlat taraqqiyotini ta’minlovchi ilmiy tadqiqotlar va ilg‘or texnologiyalarning ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlarini rivojlantirishga zarurat mavjud. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 7- fevraldagi O‘zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida ijtimoiy soha, xususan, ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish borasida bir qator vazifalar belgilangan. Hujjatda ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi ta’lim muassasalarini qurish ta’mirlash va kapital ta’mirlash barobarida ularni zamonaviy o‘quv laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida1”gi qarorida belgilangan vazifalarning samarali yechimini to‘liq ta’minlash maqsadida oliy ta’lim darajasini sifat jihatdan oshirish va tubdan takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy o‘quv-ilmiy laboratoriyalari, axborotkommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash maqsadida oliy ta’lim tizimini 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Dasturga muvofiq, 2017-2021 - yillarda 48 ta oliy ta’lim muassasasida jami 180 ta o‘quv-ilmiy laboratoriya binosi, sport inshootlari va ijtimoiy muhandislik infratuzilmalari ob’ektlarida qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shuningdek, 53 ta oliy ta’lim muassasasida 400 ta o‘quv laboratoriyasi bosqichma-bosqich eng zamonaviy o‘quv laboratoriya uskunalari bilan jihozlanadi, 7 ta oliy ta’lim muassasida barcha oliy ta’lim muassasalari o‘zaro hamkorlikda foydalanadigan ilmiy laboratoriyalar tashkil etiladi Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling