Mavzu: Yadro tuzilishi va hujayraning bòlinishi. Hujayra shirasining tarkibi. Turgor va plazmoliz hodisasi. Hujayra pòstining shakli va òzgarishlari
Download 0.51 Mb.
|
Yadro tuzilishi va hujayraning bòlinishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hujayra shirasi
- Hujayra devori
Mavzu: Yadro tuzilishi va hujayraning bòlinishi.Hujayra shirasining tarkibi.Turgor va plazmoliz hodisasi.Hujayra pòstining shakli va òzgarishlari Yadro — koʻpchilik bir hujayrali va hamma koʻp hujarayli organizmlar hujayralarining asosiy tarkibiy qismi. Yadroning boʻlishi yoki boʻlmasligiga binoan, organizmlar eukariotlar va prokariotlarp ajratiladi. Prokariotlar hujayrasida irsiy modda DNK sitoplazmadan chegaralanmagan, bir qancha organoidlar boʻlmaydi. Eukariotlar hujayrasida DNK saklovchi strukturalar — xromosomalar va mitoxondriyalar bor. Genlardagi irsiy axborot orqali Yadro hujayrada oqsil sintezi, morfologik va fiziologik jarayonlarni boshqaradi. Ya. bilan sitoplazma oʻrtasida uzluksiz moddalar almashinuvi sodir boʻlib turadi. Yadroni hayvon hujayralarida Ya.Purkinye (1825), oʻsimlik hujayralarida R.Broun (1831 — 33) kashf etishgan. Hujayralarda Yadro bitta yoki koʻp boʻlishi mumkin. Yadro sitoplazmadan 2 qavat membrana bilan ajralgan; tashqi membranasida ribosomalar joylashadi. Hujayra shirasi - oʻsimlikning tirik hujayrasidagi sitoplazma ajratadigan suyuqlik; vakuolalar ichida boʻladi. Hujayra shirasi suv va kolloid eritma koʻrinishidagi turli moddalardan iborat. Hujayra shirasining yopishqoqligi suvnikidan 2 martacha ortiq. Oʻsimlikning unmayotgan urugʻ va sporalaridagi Hujayra shirasi suvsiz, una boshlaganda esa u yana suvga toʻyinadi. Yosh hujay-ralarda Hujayra shirasi kam. Tarkibi oʻsimlik turinyng oʻsish sharoiti, yoshi va hujay-ralari xiliga bogʻliq. Hujayra shirasida uglevodlar, oshlovchi moddalar, aminokis-lotalar, organik hamda anorganik kislotalar va boshqa bor. Hujayra shirasi hujayraning osmotik bosimi va turgor holatiga sharoit yaratadi. Turgor (lot. turgere — boʻrtmoq, toʻlmoq) — hujayra qobigʻining taranglik holati. Turgor xujayra ichidagi suyuklik va tashqi eritmaning osmotik bosimi qamda hujayra qobigʻining elastikligi tufayli roʻy beradi. Odatda, hayvonlar hujayrasi qobigʻining tarangligi uncha yuqori boʻlmaganidan (baʼzi boʻshliqichlilar bundan mustasno) Turgor holati kuchli emas; ularning bir butunligini faqat izotonii eritmalar saqlaydi. Tirik oʻsimlik hujayralarida esa ichki hujayra shirasining osmotik bosimi tashqi eritma osmotik bosimidan har doim katta, lekin hujayra devori sellyulozadan iborat boʻlganligi uchun hujayra qobigʻi yorilib ketmaydi. Turgor tufayli oʻsimlik toʻqimalari tarang va mustahkam boʻladi. Avtoliz jarayoni, oʻsimlikning soʻlishi va qarishi Turgor pasayishi oqibatida roʻy beradi. Plazmoliz (plazma va ...liz) -oʻsimlik qujayralarida sitoplazmaning xujayra qobigʻidan ajralish ja-rayoni. Faqat tirik hujayralarda hujayra shirasiga nisbatan gipertonik hisoblangan eritma taʼsirida kuzatiladi. P. jarayoni sekin borganda hujayra uzoq vaqt davomida tirikligicha qoladi. Bunday hujayralarni suvga yoki gipotetik eritmaga tushirilsa, deplazmoliz jarayoni sodir boʻlib, tezda turgor holati tiklanadi. Uzoq vaqt davom etgan P. sharoitida hujayra halokatga uchraydi. Toʻqimalarda sodir boʻladigan P.ni qiyosiy baholash uchun ikki xil: chegaralangan P. va plazmo-metrik metodlardan foydalaniladi. Birinchi metod Niderlandiya olimi X. De Friz (1884) tomonidan taklif etilgan. Bunda toʻqimalar KNO3, saharoza, NaCl osmatik jihatdan faol boʻlgan moddalarning eritmasiga botiriladi va eritmaning 50%da hujayraning P.ga uchragan konsentratsiyasi aniqlanadi. Plazmometrik metodda esa P.dan keyin hujayra va protoplastning nisbiy hajmi aniqlanib, eritma konsentratsiyasini hisobga olgan holda tegishli formula yordamida xujayraning osmatik bosimi aniqlanadi. P. hodisasidan hujayraning oʻtkazuvchanligi, qovushqoqligi, osmatik bosimi va boshqa xususiyatlarini aniqlashda foydalaniladi. Hujayra devori, oʻsimliklar hujayrasi poʻsti (tetgapa se11i1aye) — hujayra membranasi sir-tidagi tuzilma; hujayrani mustahkam qilib turadi; unga shakl beradi; pro-toplastni himoya qiladi. Koʻpchilik oʻsimliklarning Hujayra devori yogʻochlanib, tayanch funksiyasini bajaradigan oʻziga xos oʻsimlik skeletini hosil qiladi. Yuqori molekulali uglevodlar — sel-lyuloza molekulalari Hujayra devorining asosini tashkil etadi. Bu molekulalar murakkab boylam (fibrillalar)ga toʻplanib, Hujayra devori uchun sinch vazifasini bajaradi. Hujayra devori tarkibida gemitsellyuloza, pyoktin boʻladi. Toʻqimaning xiliga qarab, uning hujayrasi devori tarkibida boshqa organik (lignin, kutin, suberin, mum oqsil) va anorganik moddalar (kaltsiy tuzlari, qum) boʻlishi mumkin. Hujayra devorining barcha moddalari, odatda, protoplastda sintez qilinadi. Uglevodlarni, asosan, Golji apparati sintezlaydi. Hujayra devori birlamchi va ikkilamchi boʻladi. Birlamchi Hujayra devori yupqa, gemitsellyuloza va pek-tinga boy boʻlib, meristema va oʻsayotgan, baʼzan doimiy hujayralar uchun xos. Birlamchi Hujayra devori matriksida sellyuloza fibrillari tartibsiz oʻrnashgan. Birlamchi Hujayra devorining ayrim qismlari juda yupqa boʻlib, ularda naychalar joylashgan. Naychalar orqali plazmodesmalar (qoʻshni hujay-ralar protoplastlarini tutashtirib turuvchi sitoplazmatik ipchalar) oʻtadi. Ikkilamchi Hujayra devori, odatda, hujayraning oʻsishi davri oxirida hosil boʻladi va qavat-qavat boʻlib proto-plast tomondan birlamchi Hujayra devori ustida taxlanib turadi. Ikkilamchi Hujayra devorida sellyuloza koʻp; uning fibrillalari kuchli va tartib bilan birmuncha paral-lel joylashadi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling