Mavzu. Yadroning tuzilishi va tarkibi


Yadrocha Barcha eukariot hujayralarning yadrosida bitta yoki bir nechta yumaloq tanachalar bo„lib, ular yadrochalar


Download 1.42 Mb.
bet5/9
Sana29.01.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1138662
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu. Yadroning tuzilishi va tarkibi

Yadrocha
Barcha eukariot hujayralarning yadrosida bitta yoki bir nechta yumaloq tanachalar bo„lib, ular yadrochalar yoki nukleollardir. Yadrochaning umumiy xususiyatidan biri bazofilligidir, bu uning tarkibida RNK ning ko„p bo„lganligidan kelib chiqadi. Bu xususiyat barcha ixtisoslashmagan, ixtisoslashgan, embrional, qayta tiklanayotgan, shish hosil qiluvchi to„qima hujayralarida ko„zga tashlanadi. Yadrocha mastaqil struktura yoki organoid emas, u xromosoma interfazada faol vazifa bajarayotgan lokusidan hosil bo„ladi, buni yadrocha tashkilotchisi deb ataladi (Mak Klintok, 1934). Yadrocha tashkilotchisi DNK sida ribosomal RNK hosil bo„ladi va oqsilli qobiq bilan o„ralib, ribosomaga aylanadi, ular yadrochadan chiqib, karioplazma yoki sitoplazmada oqsil sintezida qatnashadi. Yadrocha tipik interfaza yadrosining doimiy qismi bo„lib, membranaga ega bo„lmagan birdan bir strukturadir(ilova,32). Uning kattaligi har xil bo„lib, u hujayraning funksional holatiga bog„liq. Yirik yadrochalar odatda embrional hujayralarda yoki oqsilni faol sintezlayotgan hujayralarda, sutemizuvchilarning ootsitlarida, nerv hujayralarida va ba‟zi bez hujayralarida uchraydi. Yadrochalar faol maydalanayotgan tuxum hujayralarida bo„lmaydi. Ba‟zan hujayralar bir qancha yadrochaga ega bo„ladi, ularning ko„pchiligi amfibiylarning ootsitlarini intensiv o„sish davrida hosil bo„ladi. Yadrocha fizik xususiyatlariga ko„ra yadroning zichlanganroq qismi bo„lib, kuchli nur sindirish xususiyatiga ega. Yadrochaning kimyoviy tarkibi RNK konsentratsiyasi biroz yuqoriligi bilan ajralib turadi. Yadrochaning asosiy komponentlari kislotali oqsillar (fosfoproteinlar) va RNK dir. Bulardan tashqari, yadrochada bog„langan yoki erkin holdagi kalsiy, kaliy, magniy, temir va rux fosfatlari uchraydi. Yadrochada DNKning mavjudligi aniqlanmagan. Yadrochalarning funksiyasi sitoplazmani ta‟minlovchi ribosomalarni hosil qilish yoki yig„ishdir. Buni quyidagi misolda ko„rish mumkin. Ba‟zi baqalar ustida o„tkazilgan tajribalarda gomozigota holidagi tuxumda yadrocha bo„lmagan. Bunda otalangan tuxum blastula bosqichigacha rivojlangan. Blastomerlarning yadrolarida ribosomalar hosil bo„lmaydi, murtak o„ladi, blastula bosqichigacha taraqqiy etishi ovogonez vaqtida hosil bo„lgan ribosomalar hisobiga bo„ladi. Binobarin, ribosomalar yadrochalarda shakllanadi, lekin ribosomalarning hosil qiluvchi RNK va oqsillar xromosomalar bilan bog„liq bo„ladi. Hozirgi vaqtda yadrochada yig„iladigan RNK ni DNK dan hosil bo„lishi aniqlangan, ammo yadrochaning oqsili qanday hosil bo„lishi hozirgacha aniq emas. Ko„rinishicha, u yadrochaning o„zida hosil bo„lib, RNK bilan birlashib, ribosomani hosil qiladi. Yadrocha doimiy struktura emas: u mitozning boshlanishiga yo„qolib ketib, telofazaning oxirida yana hosil bo„ladi. Yadrochaning RNK va oqsili yadrochaning tashkilotchisi zonasida yig„iladi yoki RNK yangidan sintezlanadi, so„ng RNK va oqsil yadrocha tashkilotchisi zonasida to„planadi va yadrocha shakllanadi. Yadrochalar yadro membranasi orqali sitoplazmaga chiqadi. Yadrochaning soni yadrocha tashkilotchisi soniga va yadroning ploidligiga bog„liq holda ortib boradi. Buni tasdiqlovchi dalillar dumsiz baqalardan Xenorus laevis ning mutant formalarida olingan. Mutatsiya bir xromosomada ikkilamchi qisilmaning yo„qolishi (deletsiya) bilan bog„liq ekan, binobarin, bitta yadrocha tashkilotchisi yo„qolgan bo„ladi. Gomozigotali mutant embrionlarda yadrochalar hosil bo„lmaydi va ular tuxumdan
chiqiboq o„ladi. Geterozigotali formalarda esa, doimo bitta yadrocha va bitta yadrocha tashkilotchisi bo„ladi (bir genomda). Ba‟zan bitta yadrochaning hosil bo„lishida bir necha yadrocha tashkilotchisi qatnashishi mumkin. Masalan, bug„doy va javdar bug„doy duragayida ikkala turning bir necha xromosomalari bitta yirik yadrochani hosil bo„lishida qatnashadi. Yadrochalarning bir-biriga quyilib ketishi va kurtaklanishini mikrokino metodi orqali kuzatilgan. Yadrocha hujayraning boshqa strukturalariga nisbatan juda zich, RNK konsentratsiyasi va RNK sintezi yuqori bo„lgan strukturadir. Masalan, spinal gangliy hujayralarida yadrochaning zichligi yadronikidan uch marta, sitoplazmanikidan biryarim marta ortiq. Yadrochaning 60-90% i oqsildan iborat. Yadrochaning zichligi yuqori bo„lganligi uchun, uni hujayra yadrolari gomogenatidan osongina ajratib olish mumkin. Sitokimyoviy tekshirishlar, yadrochada kislotali fosfoproteidlar va asosli (giston emas) oqsillar bo„lishini ko„rsatdi. Yadrochada RNK ning konsentratsiyasi hujayraning boshqa komponentlarinikidan doimo yuqori bo„ladi. Yadrochada RNK ning konsentratsiyasi yadronikidan 2-8 marta, sitoplazmanikidan 1-3 marta yuqori bo„ladi. Masalan, sichqonning jigar hujayrasida yadro, yadrocha va sitoplazmadagi RNK nisbati-1:7,3:4,1 ga, oshqozon osti bezi hujayrasida esa–1:9,6:6,6 ga teng. Tekshirishlar sitoplazmatik RNK ni yadrochada sintezlanishini tasdiqladi, 70-90% sitoplazmatik RNK ribosomal RNK hisoblanadi.



Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling