Mavzu. Yadroning tuzilishi va tarkibi


Yadro-sitoplazma munosabati


Download 1.42 Mb.
bet2/9
Sana29.01.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1138662
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu. Yadroning tuzilishi va tarkibi

Yadro-sitoplazma munosabati deganda yadroning hajmini sitoplazma hajmiga nisbati tushuniladi. Bu, ma‟lum tip hujayralarda, muayyan sharoitlarda o„zgarmas bo„ladi. Buning ma‟nosi shuki, ma‟lum hajm yadro, ma‟lum massa sitoplazmani nazorat qilish qobiliyatiga ega bo„ladi. Energiya almashish nuqtai nazaridan qaralsa, bu degani yadro hujayrani tegishli axborot bilan turli kanallar orqali ta‟minlashini ko„rsatadi. Ma‟lumki, zigota maydalanayotganda borgan sari kichik o„lchamli blastomerlar hosil bo„lib boradi, ammo yadro bilan sitoplazma hajmi o„rtasidagi nisbat doimo saqlanadi. Bir hujayrali sodda hayvon tufelkada odatda ikkita yadro bo„ladi. Ulardan biri genetik axborot manbai bo„lib xizmat qilsa, ikkinchisi hujayraning metabolitik faoliyatini boshqaradi.
Yadroning shakllari har xil va ko„pchilik hollarda hujayraning shakliga mos keladi. Yumaloq hujayralarda yadro yumaloq, cho„ziqlarda, masalan silliq muskul hujayralarida yadro ham cho„ziq bo„ladi. Lekin ko„pchilik hujayralarda yadroning shakli hujayra shakliga mos kelmaydi. Masalan, ko„plab o„simtali nerv, suyak hujayralarida yadro yumaloq bo„ladi. O„simlik hujayralarida markaziy vakuola yadroni hujayra membranasiga surib qo„yadi va uning shakli linzasimon bo„lib qoladi. Leykotsitlarda polimorf, ya‟ni turli-tuman shaklda: zanjirsimon, bo„lakchali, hasipsimon, loviyasimon, ba‟zi hasharot va o„rgimchaklarning to„ri hujayralarida yadro ko„p tarmoqli bo„ladi. Yadrolarning shaklini bunday turli- tuman bo„lishining sababi aniq emas, ammo uni metabolitik jarayonlarning tezligini orttiruvchi omil deb qarash mumkin. Yadroning yirik-maydaligi hujayraning shakliga bog„liq. Yadrolarning o„lchami, shakli tashqi muhit ta‟siriga, fiziologik holatlariga, ovqat moddalariga, yadro strukturasiga va funksiyasiga qarab o„zgarib turadi. O„simliklarning turli organlaridagi hujayralar yadrosining o„lchami ham har xil bo„ladi. Yosh hujayralarda yadro hujayraning markaziy qismida joylashadi. Hujayra voyaga yetganda, uning ichida bir yoki bir necha vakuolalar hosil bo„ladi, bu holda yadro sitoplazma bilan birgalikda hujayraning devoriga qisilgan holda joylashadi(ilova,29). Ba‟zi hujayralarda vakuola yiriklashib, sitoplazma ingichka iplar holida hujayra markazidan turli yo„nalishlarda kesib o„tadi. Bunday hujayralarda yadro shu sitoplazmatik iplar bilan o„ralgan holda hujayraning markazida joylashadi. Hujayraning yadrosi bir butun va murakkab strukturali bo„lib, yadro po„sti, kariolemma yoki nukleolemma,
xromatin strukturalari (xromosomalar), yadro shirasi (kariolimfa yoki karioplazma), bir-ikkita, ba‟zan bir necha yadrochadan tashkil topgan.
Yadrolarni interfaza yadrosiga (bo„linmayotgan yadro) va hujayra bo„linishi davridagi yadroga ajratish mumkin.

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling