Axmedov abdumalikning jismoniy tarbiyа gigienasi va sportning tibbiy fiziologik asoslari
Download 6.1 Kb.
|
ABDUMALIK
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI SPORT FAOLIYATI VA BOSHQARUVI FAKULTETI JISMONIY MADANIYAT YO’NALISHI 720-GURUH TALABASI AXMEDOV ABDUMALIKNING JISMONIY TARBIYА GIGIENASI VA SPORTNING TIBBIY FIZIOLOGIK ASOSLARI FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI Reja
Mavzu:Mushak yuklamasining bolalar asab tizimi va tayanch-harakat apparatining funksional holatlariga ta’siri Hamma organlar tizimi sistemali ravishda muskul faoliyatida katta yuklama avvalo tayanch-harakat apparatiga tushadi. Shuning uchun ham ijobiy va ijobiy bo`lmagan sport mashg’ulotlari bilan shug’ullanish tayanch-harakat apparatida o`z aksini topadi. Jismoniy mashqning pedagogik ahamiyati shundan iboratki, tayanchharakat apparatida qon aylanishni kuchayishi bosh miyani qon bilan ta`minlanishini yaxshilaydi, ovqat hazm qilishni aktivlashishi tayanch-harakat va bosh miyadan qonning qochishiga sabab bo`ladi. Ayrim qo`l suyaklarida 25 yoshda ham epifizar chegara ko`rinib turadi. Shuning uchun ham jismoniy mashqlar ta`sirida qo`l-oyoq, suyaklarini o`sishi nazariy jihatdan uzoq davom etadi. Suyak zonalarini bekilishini bilish jarohat davrida katta ahamiyatga egadir. 12-20 yoshlarda tizza bo`g’imida jarohat olish (urib olish) katta boldir suyagining apofizar qismida shamollashni vujudga keltirsa, shunday zarba 20-40 yoshlarda sodir bo`lsa, tizza qopqog’ini sinib ketishiga, 40-60 yoshlardagisi esa menisklarni va tizza bo`g’im bog’lamlarini uzilib ketishiga olib keladi. Hozirgacha odam organizmining bo`yini jismoniy mashqlar ta`sirida oshishini tasdiqlanmagan, ammo metodik jihatdan to`g’ri tashkillangan jismoniy mashg’ulotlar ayrim makromorfologik va funktsional belgilarga ta`sir ko`rsatadi hamda organizmni garmonik rivojlanishini umumiy holatda vujudga keltiradi. bunda shu narsa ma`lumki muskul tolalari soni ko`paymaydi, balkim tug’ilganda qancha bo`lsa, shu holatda saqlanadi. Astenik tipdagi gavda tuzilishli sportchiga nisbatan atletik tipdagi gavda tuzilishi sportchida muskul massasi ko`proq oshib boradi. Katta yuklama berilgan muskul ko`proq qon bilan ta`minlanadi. 14-15 yoshlarda muskul-pay va boylamlar apparati eng yuqori darajaga etadi va muskulning eng yuqori og’irlik darajasi vujudga keladi. SHu bilan birgalikda muskul tolasini diametri va qalinligi ham o`zgaradi. 14-15 yoshli bolalarda muskul katta kishilarnikiday bo`lib qoladi va ular o`rtasida deyarli farq bo`lmaydi. SHu tufayli muskulni kuchi va uzoq ishlarni bajara olish ko`rsatkichlari ham oshadi. Kislorodni etishmasligi muskul massasini oshishiga sabab bo`ladi, jumladan statik ishlarni bajarish (masalan, uzoq vaqt yukni ko`tarib turish) muskul massasini oshishiga sabab bo`ladi, ammo bunday gipertrofiya (massani oshishi) elestik bo`lmaydi va sportda harakat faoliyatini bajarishda natijasi kam bo`ladi. og’ir atletikachilarning kam miqdordagi trenirovka davridagi og’ir yuklamani harakatlari engil atletikachilarni mashg’ulot paytidagi tezkor shug’ullanishlariga nisbatan ko`proq muskul massasini oshishiga sabab bo`ladi. Umurtqa pog’onasi orqa miya uchun himoya va gavda uchun tayanch vazifani bajaradi. Bundan tashqari umurtqa suyaklari eritrotsitlar ishlab chiqadi va kaltsiy, fosforni o`zida zahirada saqlaydi. Umurtqa pog’onasi qismlarining qismlari harakatchanligi bilan bir-biridan farq qiladi. Bo`yin qismi harakatchan, buralish va aylanishga mos bo`lsa, ko`krak qismi esa kam harakatchanligi bilan farq qiladi. Bel qismi bo`lish va to`g’rilashga moslashgan umurtqa pog’onasining elastiklilik va amortizatorlik funktsiyasi tog’ay disk S-shaklida tuzilganligi bilan bog’liq. Gimnastikachilarda bir tomonlama mashqlar bilan shug’ullanish bukrilikka olib keladi. Bunday holat bokschilarda ham kuzatiladi. Bu holatni vujudga kelishi 14-18 yoshli shu sport turlari bilan shug’ullanuvchi bolalarda ko`proq sharoit yaratiladi. Bir tomonlama mashq bilan shug’ullanish xatto skoliozin paydo bo`lishiga olib keladi. Shuning uchun yosh sportchilarda tayanch-harakat organlarini to`g’ri o`sishida va qomatni to`g’ri shakllanishida har tomonlma mashqlarda, jumladan to`g’rilovchi turlaridan keng foydalanishga to`g’ri keladi, bu esa ularning sog’lom o`sishlariga imkoniyat yaratadi. Mushak yuklamasining bolalar tayanch-harakat apparatining funktsional holatiga ta`siri. Download 6.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling