Mavzu: yaim-mhtning markaziy ko`rsatkichi Reja


YaIMni oхirgi foydalanish usulida hisoblash


Download 295 Kb.
bet8/9
Sana30.04.2023
Hajmi295 Kb.
#1414063
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
YAIM-MHTning markaziy ko`rsatkichi

YaIMni oхirgi foydalanish usulida hisoblash.
Bu usulni mohiyati shundaki, unda YaIM quyidagi elementlarning yig‘indisi sifatida qaraladi: tovar va хizmatlarning oхirgi iste’moli, yalpi jamg‘arish, tovar va хizmatlarning eksporti va importi qoldig‘i.
Tovar va хizmatlarning oхirgi iste’moli deyilganda ulardan aholining shaхsiy eхtiyojlarini va jamiyatning jamoa eхtiyojlarini butunligicha qondirilishi tushuniladi. Ularni qondirish uchun qilingan harajatlarni iqtisodiyotning quyidagi uchta sektori institutsion birliklari qoplaydilar: uy хo‘jaliklari, davlat muassasalari va uy хo‘jaliklariga хizmat ko‘rsatuvchi notijorat tashkilotlar.
Xulosa
Yalpi ichki mahsulotni hisoblash uslubiyati shakllanishining ilmiynazariy va konseptual asoslari juda uzoq davrlarga borib taqaladi. Oʻsha davrdagi iqtisodchi olimlar aynan YAIMni hisoblash uslubiyatining oʻziga bagʻishlangan tadqiqotlar olib borishmagan boʻlsada, uning shakllanishi uchun poydevor yaratishgan. Oʻz davrida ular milliy mahsulot, milliy daromad, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalari kabi masalalarni oʻrganishgan. Shu asosda hozirgi kunda butun dunyo mamlakatlari oʻz iqtisodiy amaliyotida foydalanayotgan MHTning turli xalqaro andozalari hamda YAIMni hisoblash usullari shakllangan va takomillashtirilgan. YAIMni hisoblash hozirgi kunda butun dunyoda qoʻllanilayotan MHT asosida amalga oshiriladi. MHTning paydo boʻlish jarayoni uzoq tarixga ega boʻlganligi sababli, uning rivojlanishini bosqichlarga ajratgan holda oʻrganish muhim ahamiyatga ega. Biroq, MHTga bagʻishlangan ilmiy tadqiqot ishlari tahlili shuni koʻrsatdiki, hali iqtisodchi olimlar milliy hisoblar tizimining shakllanish bosqichlari hususida yagona fikrga kelishganicha yoʻq. Masalan, rossiyalik olim Yu.Ivanov MHTning shakllanishi va rivojlanishini ikkita bosqichga, respublikamiz olimlaridan B.Maxmudov uchta, B.Gʻoyibnazarov esa, beshta bosqichga ajratib tadqiq qilgan.
Fikrimizcha, milliy hisoblar tizimining rivojlanishini yettita bosqichga ajratib oʻrganish maqsadga muvofiq. Chunki, birinchi bosqich XVII asrning ikkinchi yarmidan 1930-yilgacha boʻlgan davrni oʻz ichiga olib, unda milliy hisoblar tizimi ilk bor shakllana boshladi. Bu bosqichda asosiy eʼtibor milliy boylik va daromad koʻrsatkichlarini hisoblashga qaratilgan. Lekin, bu bosqichda milliy hisobchilik yagona bir tizim sifatida shakllanmagan. Yaʼni, bu koʻrsatkichlarga iqtisodiyotni boshqarish vositasi sifatida qaralmagan.



Download 295 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling