Mavzu: Yakka tadbirkorlikning afzalliklari va kamchliklari Reja


Yakka tadbirkorlik muhiti va unga ta’sir etuvchi omillar


Download 87.5 Kb.
bet3/4
Sana28.12.2022
Hajmi87.5 Kb.
#1018195
1   2   3   4
Bog'liq
2 mavzu

3. Yakka tadbirkorlik muhiti va unga ta’sir etuvchi omillar
Tadbirkorlik yangilik kiritish, tovar ishlab chiqarish faoliyatini o’zgartirish yoki korxonani (shu jumladan, ki¬chik korxonani) tashkil qilish sohasida ijodkorlikning mavjudligi bilan ta’riflanadi. Tadbirkorlik faoliyatining ijodkorlik jihatlari boshqaruvning yangi tizimda ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi usullari yoki yangi texnologiyalarini tadbiq etishda o’z ifodasini topadi.
Tadbirkorning o’zi tadbirkorlik faoliyatining asosiy sub’ekti bo’ladi. Ammo tadbirkor yagona sub’ekt emas, har qanday holda u ishlab chiqarilgan tovar yoki xizmatning iste’molchisi hamda har xil vaziyatlarda yordamchi yoki raqib sifatida bo’luvchi davlat bilan o’zaro hamkorlik qilishga majbur. Iste’molchi ham, davlat, ham, yollanma (ishchi) xodim ham tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari qatoriga kiradilar.
Tadbirkor va iste’molchining o’zaro munosabatlarida tad-birkor faol sub’ekt kategoriyasiga kiradi. Iste’molchi esa bunda passiv rol o’ynaydi. Bu o’zaro munosabatlarni tahlil qilishda iste’molchi tadbirkorlik jarayonining indikatori rolini bajaradi. Tadbirkor faoliyati predmetini tash¬kilqiluvchi barcha narsa iste’molchining ijobiy bahosiga ega bo’lgan holdagina amalga oshirilishi mumkin. Bunda is¬te’molchi tomonidan tovarga baho beriladi va keyin u yoki bu tovarni harid qilishga tayyorligi aniqlanadi. Tadbirkor o’z faoliyatini rejalashtirish va tashkil qilishda iste’mol¬chining kayfiyati, istagi, manfaatlarini hisobga olishi kerak.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkor uchun iste’molchining manfaatlariga muvofiq harakat qilishdan boshqa iste’molchiga ta’sir qilishning yo’li yo’qdir. Ammo bu tadbir¬kor iste’molchining manfaatlariga muvofiq harakat qilishi kerakligini bildirmaydi. Tadbirkorning o’zi iste’mol¬chining talabini shakllantirishi, yangi iste’mol ehtiyojlarini yaratishi (agar haridor uchun zarur bo’lgan yangi tovar yaratilsa) mumkin. Shundan kelib chiqqan holda tadbirkor¬lik faoliyatini tashkil qilishning ikki usulini keltirish mumkin:
- iste’molchi manfaatini aniqlash;
- iste’molchiga yangi tovar yoki xizmatlarni «majburan qabul qildirish» usuli.
Shunday qilib, tadbirkorning asosiy maqsadi – o’z iste’molchilariga ega bo’lish yo’lida tovarga bo’lgan ehtiyojni aniqlashdan iboratdir. Tadbirkor o’z iste’molchilarini shakllantirishda quyidagi asosiy omillarni hisobga olishi kerak:
- tovarning yangiligi va uning haridor manfaatiga moskelishi;
- tovar yoki xizmatlarning sifati;
- tovar yoki xizmatlarning narxi;
- tovarning universallik darajasi;
- tovarning tashqi ko’rinishi, uning haridor talablariga mosligi;
- sotuvdan keyingi servis xizmatlaridan foydalanishimkoniyati;
- tovarning qabul qilingan umumiy yoki davlat standartlariga mosligi;
- tovar va xizmatlar reklamasining jozibaliligi, xaridor diqqatini o’ziga jalb qilishi va hokazo.
Xulosa shundan iboratki, agar ijtimoiy ishlab chiqarish nuqtainazaridan tadbirkor faol sub’ekt rolida bo’lsa, unda tadbirkorlik jarayonining o’zi, uning samaradordigi va mazmuni nuqtai nazaridan iste’molchi faol rolo’ynaydi va tadbirkor bu omilni inkor eta olmaydi.
Tadbirkorning shaxsiy xususiyatlari, qobiliyatlari, imkoniyatlari va ishga doir sifatlari tadbirkorlikning hapakatlantiruvchi kuchi bo’ladi.Tadbirkorning ishga doir sifat-lari quyidagi tamoyillarga asoslanishi kerak:
- birinchidan, bozorning tovarlar va xizmatlar bilan ta’minlanish darajasini tahlil qilish yo’li bilan iqtisodiy xo’jalik tizimida o’z o’rnini topish;
- ikkinchidan, shaxsiy ishlab chiqarish tuzilmasini yaratishga tayyorlik qobiliyati;
- uchinchidan, marketing tadqiqotlari natijalaridan kelib chiqqan holda, dastlabki tadbirkorlik hisob-kitoblarini amalga oshirish;
- to’rtinchidan, tadbirkorlik loyihasini amalga oshirishda rahbarlik-ni to’g’ri yo’lga quyish qobiliyati;
- beshinchidan, yangi texnik, texnologik g’oyani birinchi bo’lib hayotga tadbiq etish hamda ushbu g’oyadan amalda foydala¬nish, undan qanday yakuniy natija, mahsulot yoki xizmatlar olish mumkinligini tasavvur qila olish.
Tadbirkorning ushbu ishbilarmonlik tamoyillari uning ijodkorligiga asoslanadi. Aynan ana shu ijodkorlik Y.Shumpeter fikriga asosan, tadbirkorga boshqalar e’tibor qilmagan va bilmagan ishlarga e’tibor qilib, faoliyat yuritish imkonini beradi.
Ijodkorlik tadbirkorni ta’riflashda asosiy mezon bo’ladi, ammo u har xil shakllarda namoyon bo’lishi mumkin. Tad¬birkor boshqa ijodkor kishilar tomonidan amalga oshirilgan kashfiyotlar, topilmalardan qanday qilib samarali foy¬dalanish mumkinligini biladi. Shu bilan birga u bu yangiliklardan haridorning qiziqishini uyg’otuvchi yangi, ajoyib narsa ishlab chiqarish sohasida foydalanish yo’llarini topa oladi.
Ammo kashfiyot va yangilik faqat tovar turining yangi tarkibiy qismini yaratishda emas, balki tovar ishlab chiqarishni yangilash jarayoniga jalb qilishni talab qilmaydigan oddiyroq shakllarda ham namoyon bo’ladi. Masalan, u tovar o’ramining yangilanishi, an’anaviy tovarga yangi xususiyatlar va sifatlar berish ko’rinishida namoyon bo’lishi mumkin.
Tadbirkor faoliyatining boshqa tomonlarida ham kashfiyotchilik elementlarini qo’llash mumkin. Masalan, u ish¬lab chiqarishning, mahsulotni sotishni boshqarishning yangi shakllarini topadi, sheriklik munosabatlarini o’rnatadi, ishlab chiqarishning yangi texnologiyalaridan foydalanadi.
Tadbirkorlikning yana bir muhim xususiyati ishlab chiqarish jarayonida yangi g’oyalarning amalga oshirilishi bozor tomonidan qanday qabul qilinishini oldindan ko’ra bilish qobiliyatida namoyon bo’ladi. Shu jihatdan qaraganda, yangilikni bozorda tadbiq etish va iste’molchining javobini bitta jarayonga birlashtira olish tadbirkor muvaffaqiyatining garovidir.

Download 87.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling