Mavzu: Yakka tadbirkorlikning afzalliklari va kamchliklari Reja


Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning maqsadi va vazifalari


Download 87.5 Kb.
bet4/4
Sana28.12.2022
Hajmi87.5 Kb.
#1018195
1   2   3   4
Bog'liq
2 mavzu

4. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning maqsadi va vazifalari
Ko’pgina tadqiqotchilar jamiyatda tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchilar soni ko’payib borayotganligini ta’kidlaydilar. Ma’lumotlarga ko’ra, mustaqil faoliyat yurituvchi aholining 8-10% qismi tadbirkorlik bilan shug’ullanishi mumkin. Tad¬birkorlik har qanday boshqa kasb kabi ishbilarmonlik si¬fatlarini talab qiladi.
Tadbirkor kishidan, avvalo, o’ziga va o’zining qobiliyatiga ishonish talab qilinadi. O’ziga, o’z kuchiga ishonmaydigan inson nafaqat tadbirkorlikka, balki har qanday sohada ham ishni oxirigacha olib borishga qodir emas.
Tadbirkorning muvaffaqiyatini belgilovchi keyingishart – agressivlikdir. Bunda gap, birinchidan, tadbirkorga nimadadir birinchilikka egabo’lishlik ishonchini beruvchi, ikkinchidan, tadbirkorning aniq maqsadgaqaratilgan hapakatlarni bajarishida tashabbusni tortib olishga harakat qiluvchi agressivlik haqida ketayapti. Shunday qilib, buo’rindagi agressivlik amalda g’oyalar, loyiha va tashabbusni tortib olish va uni tez amalga oshirishni bildiradi. Bunday agressivlik atrofdagilarga (hammadan oldin raqiblarga)to’g’ridan-to’g’ri zarar keltirmaydi, u bevosita zarar keltirishi mumkin (agar birov qandaydir tovarni ishlab chiqarishda tashabbusni o’z qo’liga olsa, boshqa kishi bunday tovarni ishlab chiqara olmaydi, demak, tovar ishlab chiqarishbo’yicha tashabbusni birinchi bo’lib boshlagan tadbirkorning harakati umo’ljallagan daromadni olishiga imkon bermaydi).
Tadbirkor ko’pgina hollarda o’z jamoasi bilan harakat qiladi, shuning uchun tadbirkorlik g’oyasini amalga oshirish jarayoniga samarali ta’sir qiluvchi jamoani yaratgandagina muvaffaqiyatga erishadi. Shu munosabat bilantadbirkorning oldida murakkab muammolar turadi. Bular biznesning muvaffaqiyati uchun qanday ixtisosdagi mutaxassislar kerakligini, ular qanday sifatlarga ega bo’lishlari zarurligini, ularning tadbirkor shakllantirayotgan ruhiy muhitga kira olishlari mumkinligini aniqlash muammolaridir.
Firma egasi ishchilarni ishga yollash va ishdan bo‘shatish huquqiga ega, shartnomalar tuzadi. Firmaning afzalligi shundaki, uning boshqaruvi sodda, xarakat faoliyati erkin, iqtisodiy mazmuni yetarlicha kuchli hisoblanadi (bir kishi barcha foydaning egasidir).
Kamchiliklari esa quyidagilardan iborat: moliyaviy va moddiy resurslarning cheklanganligi, rivojlangan ichki ishlab chiqarish ixtisoslashuvining va takomillashgan boshqaruv tizimining yo‘qligi, javobgarlikning cheklanmaganligi.
Hamkorlik korxonalar - hamkorlikda egalik qiluvchi va boshqaruvchi bir necha shaxslar tomonidan tashkil etilgan firma yoki korxonadir. Bunda barcha hamkorlarga muhim huquqlar beriladi, biroq hamkorlik mas’uliyati cheklangan bo‘lib, bu borada firma faoliyati bo‘yicha to‘liq javob beruvchi asosiy hamkorlar bilan bir qatorda, faqat ishga qo‘shgan hissalari bilan javobgar bo‘luvchi hamkorlar (masuliyati cheklangan hamkorlar) ham bo‘ladi.
Hamkorlik sharoitida moliyaviy masalalarnini hal etish nisbatan osondir. Bunday firmada, xususiy tadbirkorlik firmadan farqli ravishda mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish va boshqaruvni ixtisoslashtirilishidan foydalanish mumkin. hamkorlikning kamchiligi funksiyalar taqsimoti bo‘lib, buning natijasida faoliyat yuritilishida kelishmovchiliklar va xatto manfaatlarning mos kelmasligi hollari yuzaga kelishi mumkin. Natijada kelishmovchiliklar sababli bir yoki bir necha hamkorning ishdan chiqib ketishi, hamkorlikning barbod bo‘lishi havfini tug‘diradi.
Korporatsiya deganda huquqiy shaxs shaklidagi yoki korxona tushu-niladi. Bunda har bir mulkdorning javobgarligi mazkur korxonaga hissasi chegarasida cheklanadi.
Korporatsiya — paychilik asosidagi jamiyatdir. Jamiyatning aksiya-larini sotib olar ekan, alohida shaxslar koorporatsiya mulkdorlari qatoridan joy oladi. Shu tariqa jamiyatga ko‘p miqdordagi aholining moliyaviy mablag‘lari jalb qilinadi. Aksiya egalari foydaning bir qismini dividend sifatida oladilar, Ular faqat aksiya sotib olishda sarflangan mablag‘lari bo‘yicha tavakkal qiladilar. Korporatsiya aksiyalar - egalariga bog‘liq holda mavjuddir. Shu boisdan korporatsiyalar nisbatan mustaqkam, ishonchli korxona hisoblanadi.
Korporatsiyaning kamchiliklaridan biri turli suiiste’molchilik harakatlari uchun imkoniyat mavjudligi, shuningdek mayda va o‘rtahol aksiya egalari tomonidan korporatsiya faoliyatini nazorat qilish imkonining yo‘qligidir.
Amerika Qo‘shma Shtatlarida kapital tadbirkorlik assotsiatsiya-larida to‘plangan bo‘lib, ularning eng ko‘p tarqalgani tarmoq assotsia-siyalaridir. Assotsiatsiyalar kompaniyalarga (alohida biznesmenlarga, korporatsiyalarga, firmalarga) moliyaviy hisobotlar qilishda, budjetni rejalashtirishda yordam ko‘rsatadilar: narx tashkil bo‘lishini o‘rganadi, bozor konyukturasini tekshiradi, tijorat-reklama samaradorligini oshirishning yangi yo‘llarini izlaydi.
AQShda franchayzing deb ataluvchi yirik korxonalarining kichik korxonalar bilan imtiyozli hamkorligi keng taraqqiy etgan.
Franchayzingni asosiy maqsadi kichik biznesni rivojlanishi uchun moliyaviy, moddiy, axborot va ishchi kuchi resurslaridan keng ko‘lamda foydalanishdir..
Barcha asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha Yaponiyada jamoa ko‘rinishida guruhlashgan tadbirkorlar oldinda turadilar. Yaponiyada boshqaruvchilar va boshqa ishchi-xizmatchilar o‘zlari xizmat qilayotgan firmani juda e’zozlaydilar. Notanish kimsaga o‘zlarini tanishtirar ekanlar avval firma nomini, so‘ngra o‘z ism-shariflarini aytadilar. Yaponlar jamiyatida qadimdan rusum bo‘lib kelgan boshliqlar vaunga bo‘ysunuvchilar o‘rtasidagi norasmiy, yumshoq muomala, mehnatmunosabatlari Yaponiya korporatsiyalarida tadbirkorlikning. guruqlashgan shaklini yuqori darajada rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Buborada, odatda, muhim tadbirkorlikka oid qarorlar (masalan, yangimahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish) har doim oliy bosh-qaruvchilar tomonidan qabul qilinsada, bu quyi guruhlar albatta, ishtirok etadi


Xulosa
Tadbirkorlik - bu an bo'lish harakati Tadbirkor, yoki "tavakkal va tashabbus bilan foyda olishga urinayotgan tadbirkorlik korxonasi egasi yoki menejeri". Tadbirkorlar menejer vazifasini bajaradilar va korxonaning ishga tushirilishi va o'sishini nazorat qiladilar. Tadbirkorlik - bu yoki biron bir shaxs yoki jamoaning biznes imkoniyatlarini aniqlashi va uni ekspluatatsiya qilish uchun zarur bo'lgan resurslarni olish va sarflash jarayoni. 19-asrning boshlarida frantsuz iqtisodchisi Jan-Batist Say "iqtisodiy resurslarni pastroq maydondan yuqori mahsuldorlik va katta rentabellik sohasiga o'tkazadi" deb, tadbirkorlikka keng ta'rif berdi. Tadbirkorlar yangi, boshqasini yaratadilar - ular qadriyatlarni o'zgartiradilar yoki o'zgartiradilar.
Konsalting xizmati bozorining o‘ziga xos xususiyati shundaki, tadbirkorlikning bu turi bilan shug‘ullanuvchi firma «o‘z tovarining namunasini», «xizmat namunasini» ko‘rsatish imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun bunday firmalar oldida turgan, mijozlarni jalb etish masalasi, o‘ta muhimdir.
Mijozlarni jalb etish usullari turlichadir. Bularga: o‘z imkoniyatlarini reklama qilish, mijozlarni vositachilar orqali jalb etish, oldingi buyurtmachilar tavsiyasidan foydalanish kabilar kirishi mumkin.
Eng oddiy va keng qo‘llaniladigaii reklamadir. Firma turli .reklama ma’lumotlarini tarqatadi, reklama e’lonlarini beradi, bu reklamalarda konsultatsiya berish soqasidagi narxi, muvaffaqiyatli bajarilgan. loyihalarga ishoralar aks ettiriladi. Mijozlarni jalb etishning yana bir keng tarqalgan usuli vositachilardan foydalanishdir. Vositachilar-firma mijozlari, rahbariyat ishonchini qozongan xodimlari bo‘lishi mumkin.
G‘arb mamlakatlarida bunday vositachilarni topishning maxsus uslubiyati ishlab chiqilgan. Bu maqsad uchun maxsus mablag‘lar ajratiladi.
Albatta, firma-konsultant shon-shuhratini belgilashda hal qiluvchi omil uning muvaffaqiyatli yakunlangan avvalgi faoliyati hisoblanadi. Yirik yoki xatto o‘rta mijozlarning ijobiy bahosi eng yaxshi reklamadir.
Vizit kartochkalari, prospektning mavjudligi, ofisdagi tartib-intizom, tashqi ko‘rinish, xodimlarning o‘zini tuta bilishi, kiyinishi, muomalasi buyurtmachilarni firma-konsultant bilan hamkorlikda ish olib borishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Umuman olganda firma - konsultantlar kerakmi? Iqtisodiyotning hozirgi rivojlanish bosqichida, ya’ni ayrim korxonalarning iqtisodiy ahvoli va faoliyati o‘zgarib borayotgan, yangidan yangi muammolar chiqayotgan sharoitda yuqoridagi savolga faqat «ha», «zarur» deb javob bermoq tabiiydir. Lekin aksariyat firmalar moliyaviy imkoniyatlarning cheklanganligini hisobga olib, konsultantlar asosan korxonani muammolarini muhimligi darajasini belgilab berish uchun taklif qilinadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. С.Н.Усмонов, Ю.Т.Додобоев, А.Худойбердиев. “Тадбиркорлик асослари”. “Фарғона”, 2000
2. С.С.Ғуломов.“Тадбиркорлик ва кичик бизнес”. Т.:”Шарқ”, 200
3. Э.Эгамбердиев, Ж.Хўжақулов.”Кичик бизнес ва тадбиркорлик”. Т.:”Маънавият”, 2003.
4. В.В.Волгин. “Торговые операции”. Москва, 2004
5. Н.В.Ласкина. “Международное торговое дело”. М.:”Экзамен”, 2004
6. www.cer.ru
7. www.uz.bussines.unitech.uz
8. www.torg.uz
9. www.edu.ru
Download 87.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling