Mavzu: Yalpi talab, yalpi taklif, ularning tarkibi va ularga ta'sir qiluvchi omillar reja


Yalpi talab va yalpi taklifning mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri


Download 104.78 Kb.
bet5/6
Sana16.06.2023
Hajmi104.78 Kb.
#1516166
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'ZBEKISTON RES-WPS Office tamom 6

4. Yalpi talab va yalpi taklifning mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri
Milliy iqtisodiy tizimda amalga oshirilayotgan chora – tadbirlar oxir oqibat barqaror oʼsish surʼatlarining davomiyligini taʼminlashga va sifatini oshirishga qaratiladi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti taʼkidlaganidek: “Xalqaro miqyosda katta nufuzga ega boʼlgan Jahon iqtisodiy forumi reytingiga koʼra, Oʼzbekiston 2014-2015 yillardagi rivojlanish yakunlari va 2016-2017 yillarda iqtisodiy oʼsish prognozlari boʼyicha dunyodagi eng tez rivojlanayotgan beshta mamlakat qatoridan joy olgani albatta barchamizga mamnuniyat yetkazadi” . Barqaror iqtisodiy oʼsish surʼati vaqt bilan bogʼliq boʼlib, uzoq davr mobaynida uning uzluksiz darajasini taʼminlash uchun yalpi talab va yalpi taklif tengligi lozim. Ushbu ikki omil tengligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar oʼz navbatida inqirozni ham oldini oladi va muvozanatli oʼsish uchun zamin hisoblanadi. Mamlakatda iqtisodiy oʼsishni nafaqat barqaror darajasini, balki uning muvozanatli holatini ham taʼminlash talab etiladi. Iqtisodiy oʼsish sifatini oshirishda yalpi talab va yalpi taklif holatini oʼrganish muhim ahamiyatga ega. Yalpi talabning iqtisodiy oʼsishga taʼsirini bir qator olimlar oʼz izlanishlarida tadqiq etishgan. Jumladan, E.Denison АQShning 1929-1982 yillardagi iqtisodiy oʼsish darajasini tahlil qilgan boʼlib, bu davrda oʼrtacha oʼsish 2,9% ni tashkil qilgan. Uning fikricha, agar yalpi talab omillari toʼgʼri shakllanganda edi, oʼrtacha oʼsish 2,9% emas 3,2% ga yetar edi. Bu koʼrsatkichga iqtisodiyotda toʼla ish bilan bandlik taʼminlanganda erishilar edi, deb taʼkidlaydi . Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlar oʼz vaqtida sotilishi uchun yalpi talab kattaligi yetarli boʼlishi lozim. Yaʼni, ushbu kattalik doim yalpi taklifni yoxud YaIMning yoʼnalishini belgilab beradi. Shuni eʼtirof etish lozimki, iqtisodiyotda yalpi talab va yalpi taklif oʼzaro tengligini taʼminlash murakkab ijtimoiy-iqtisodiy jarayon boʼlib, har bir milliy iqtisodiy tizim ushbu holatni taʼminlashga harakat qiladi. Odatda, iqtisodiy oʼsishni ragʼbatlantirishda yalpi talabni oshirish alohida ahamiyat kasb etadi . Bu esa iqtisodiy oʼsishning yalpi talab tarkibini oʼrganishni va uni rivojlantirishga alohida eʼtibor berishni talab etadi. Bu hol davlatning tegishli makroiqtisodiy siyosatlaridan biri – byudjet-soliq yoxud pul-kredit siyosati orqali amalga oshiriladi. Bugungi kunda Oʼzbekiston iqtisodiyoti uchun yalpi talabni ragʼbatlantirib borish lozim, chunki, yuqorida taʼkidlanganidek u orqali iqtisodiyotda ijtimoiy koʼrsatkichlar rivojlanadi va oʼsish sifati ortadi. Iqtisodiyotda yalpi talab omillari bilan birgalikda yalpi taklif omillariga ham alohida eʼtibor berish kerak. Ular iqtisodiyotning samarali ishlashi va raqobatdoshligida muhim manbalar hisoblanadi. Uning tarkibidagi mehnat omili iqtisodiyotni texnika taraqqiyoti bilan taʼminlaydi va uning aqliy qobiliyati mahsuli - ixtirolar, yangi gʼoyalar boʼlib, ularni ishlab chiqarishga olib kirilishi yangi texnika – texnologiyani joriy etish imkonini yaratadi. Shuningdek, bir qator tadqiqotlarning koʼrsatishicha, inson omilini rivojlantirish uchun taʼlim darajasiga eʼtibor berish lozim, chunki taʼlim darajasi va iqtisodiy oʼsish sifati koʼrsatkichlari oʼrtasida toʼgʼridan-toʼgʼri bogʼliqlik mavjud. Iqtisodiy oʼsishning zamonaviy nazariyasida ishlab chiqarish jarayonida energiya va xomashyo asosiy oʼrinni egallamaydi, balki inson mehnati asosida mahsulot holiga keltirilgan axborotni ishlab chiqish va isteʼmol qilish muhim sanaladi. Umumiy holda axborotlar miqdor va sifat tomonidan yoki mos holda ekstensiv va intensiv holda qaraladi. Yaʼni, yangi texnologiyalarni yaratishga qaratilgan sifat asosidagi axborotlar intensiv axborotlar hisoblanadi. Аxborot yaratish tizimini davlat tomonidan tartibga solish – bu ishlab chiqarishning texnologik tarkibini tartibga solish hisoblanadi va u milliy iqtisodiyotning texnik-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga asos boʼlib xizmat qiladi. Oʼzbekistonda yalpi talab va yalpi taklif darajasiga qarab, iqtisodiyotni ikki bosqichga ajratish mumkin. Birinchi bosqich 1996 – 2001 yillarni oʼz ichiga olib, unda taklif taqchilligi kuzatilgan boʼlsa, 2002 yildan to hozirgacha boʼlgan davr ikkinchi bosqich boʼlib, talab taqchilligini aks ettiradi. Birinchi bosqichda yalpi taklif taqchilligi tebranuvchi tendentsiyani ifoda etgan va eng quyi koʼrsatkich 1997 yilga toʼgʼri kelib 1,8 % ga teng boʼlgan boʼlsa, eng yuqori koʼrsatkich 1998 yilga toʼgʼri kelib 6 % ni aks ettirgan. Eng kichik qiymatni 1997 yilga toʼgʼri kelganligi sababi, ushbu yilda mamlakatda 1996 yilda boshlangan iqtisodiy oʼsish surʼati 1,7% dan keskin ortib 5,2% ga teng boʼlganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy konʼyunkturada oʼzgarish oʼz navbatida ishlab chiqarishga taʼsirini koʼrsatadi va bu amalda yalpi taklifning yuqori taqchilligini aks ettiradi. Umumiy holda 1996 – 2001 yillarda taklif taqchilligi 21,1 % ni tashkil etgan boʼlsa, oʼrtacha yillik koʼrsatkich esa 3,52 % ga teng boʼlgan.
Manba: Oʼzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlari asosida muallif hisob-kitoblari. Oʼzbekistonda yalpi talab taqchilligi 2002 yildan boshlab to 2007 yilga qadar 2,6 % dan 22,8 % gacha ortib bordi, keyinchalik pasayib, 2015 yilda 14,5 % ga teng boʼldi. Talab taqchilligi kuzatilayotgan davrlarda yaʼni, 2002 – 2015 yillarda ushbu koʼrsatkichning umumiy qiymati 206,4 % ga teng boʼlib, yillik oʼrtacha 14,7 % ni tashkil etgan. Oʼzbekistonda yuz bergan yalpi talab va taklif omillari oʼrtasidagi nomuvofiqlik 2001 yildan almashganligi kuzatildi. Buning sababi, Oʼzbekistonda YaIMning real hajmi 2001 yilda 1990 yildagi darajaga yetib, undan ortganligi bilan bogʼliq. Yaʼni, 1991 – 1995 yillardagi YaIM real hajmida kuzatilgan pasayish ushbu davrga (2001 yilga) kelib qoplandi va ijobiy darajaga erishilgan davr boshlandi. Birinchi bosqichda salbiy va ijobiy holatlar kuzatildi. Ishlab chiqarish jarayonida oʼsish boshlanganligi ijobiy hol boʼlsa, salbiy tomoni uning omillari samaradorligining pastligi hisoblanadi. Ushbu davr ishlab chiqarishning pasayishi, ishsizlik, kapital taqchilligi kabi holatlarni asta – sekin ijobiylashuvi bilan izohlanadi. Shu bilan birga, bu davrda iqtisodiyotda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar mavjud kapitalni ishga tushirishga sarf etilgan, yaʼni uni tiklash imkoniyati deyarli mavjud boʼlmagan. Bu oʼz navbatida mehnat omilidan ham past samaradorlikda foydalanilganligidan dalolat beradi. Ish bilan bandlik darajasida asta – sekin oʼsish boshlangan. Umumiy holda ishlab chiqarish omillarining katta qismi foydalanilmay qolgan. Ish bilan bandlikning oʼsish surʼati 1996 – 2001 yillarda oʼrtacha 1,3% ni tashkil etgan boʼlsa, 2002 yilda 2,2% darajasiga -20 0 20 40 60 80 100 120 Yalpi taklif Yalpi talab Farqi ("-" qiymatli davrlar taklif, aksincha "+" esa talab taqchilligini ifodlaydi) “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 4, iyulь-avgustь, 2016 yil 4 www.iqtisodiyot.uz koʼtarilib, ikkinchi davrda, yaʼni, 2002-2015 yillarda oʼrtacha 2,6% ga teng boʼldi. Shuningdek, birinchi bosqichda asosiy kapital tarkibidagi xorijiy investitsiyalarni shakllanganligini hamda ular tarkibida toʼgʼridan-toʼgʼri xorijiy investitsiyalar 1998 yildan boshlab kiritilganligini alohida taʼkidlab oʼtish lozim. Ishlab chiqarishning 1991–1995 yillardagi pasayishi hisobiga yoʼqotilgan YaIM hajmining tiklanishi va ishlab chiqarishda mavjud kapitalning yangilanishi, zamonaviy texnologiyalarga asoslangan qoʼshma korxonalarning kengayishi oqibatida yalpi talab va taklif omillari oʼrtasidagi nisbat yangi davrga – talab taqchilligi davriga oʼtdi. Ushbu davrdan boshlab ishlab chiqarish omillari tarkibida va ularning oʼsish surʼatlarida ijobiy oʼzgarishlar boshlandi. Jumladan, 1996-2001 yillarda yalpi investitsiyalardagi xorijiy investitsiyalar ulushi oʼrtacha 21,2 %ga, toʼgʼridan-toʼgʼri xorijiy investitsiyalar ulushi esa, 4,5 %ga teng boʼlgan boʼlsa, 2002-2015 yillarda mos holda ularning ulushi 23,6 % va 15,8 %larni ifodalagan. Jami xorijiy investitsiyalarga nisbatan, 1996-2001 yillarda hukumat kafolati ostidagi investitsiyalarning oʼrtacha ulushi 86,6 %ga va toʼgʼridan-toʼgʼri xorijiy investitsiyalarning oʼrtacha ulushi 13,4 %ga teng boʼlgan boʼlsa, 2002-2015 yillarda ushbu koʼrsatkichlar mos holda 32,4 % va 67,6 %larni ifodalagan (1 - jadvalga qarang).
Davlat isteʼmol xarajatlarining qisqarishi ijobiy hol hisoblanadi. Chunki, uning kamayishi inflyatsiya surʼatini ham kamayishiga olib keladi. Lekin, davlat harajatlari ishlab chiqarish va noishlab chiqarish turlariga ajraladi, ishlab chiqarish xarajatlarini ortishi har doim iqtisodiy oʼsish uchun ijobiy taʼsir etadi. Shunday ekan, davlat xarajatlarining maqbul darajasini aniqlash davlat makroiqtisodiy siyosatining asosiy mezoni hisoblanadi. Ushbu koʼrsatkich iqtisodiy oʼsish surʼatiga bevosita taʼsir etadi. Davlat isteʼmol xarajatlarining YaIMdagi ulushini 1 foizga ortishi iqtisodiy oʼsishni rivojlangan mamlakatlarda 0,06-0,08 foizga, rivojlanayotgan iqtisodiyotda 0,12-0,16 foizga va oʼtish mamlakatlarida 0,32 foizga qisqarishini yuzaga keltiradi. Yuqorida keltirilgan proportsional bogʼlanishni ishlab chiqqan olimlar fikricha, Rossiya iqtisodiyoti uchun davlat
isteʼmol xarajatlarining YaIMdagi ulushi 18-21% oraligʼida boʼlganda samarali hisoblanadi.
Oʼzbekistonda kuzatilgan oʼrtacha 4 foizli oʼsish davrida, yaʼni 1996-2003 yillarda isteʼmolning YaIMdagi ulushi oʼrtacha 78,3% ni tashkil etdi. Bu davrda YaIM tarkibida davlat isteʼmol xarajatlarining oʼrtacha yillik ulushi 19,5% ga, xususiy isteʼmolning oʼrtacha yillik ulushi esa 58,8% ga teng boʼldi.
Mamlakatda 2004-2015 yillarda kuzatilgan 7-9 foizli iqtisodiy oʼsish davrida isteʼmol ulushi oʼrtacha 64,8% ga teng boʼlib, uning tarkibidagi davlat xarajatlari ulushi oʼrtacha 15,9%, xususiy isteʼmol ulushi esa oʼrtacha 49,0% ga teng boʼlgan (2-rasmga qarang).
Iqtisodiyot 2003 yildagi 4 foizli oʼsishdan 2004 yilda 7 foizli oʼsishga oʼtishi bilan isteʼmolning YaIMdagi ulushi 72 foizdan 67 foizga pasaygan boʼlsa, bu oʼzgarish uning tarkibidagi davlat xarajatlarida mos holda 17,4 foizdan 16,2 foizga, xususiy isteʼmol ulushida esa 54,5 foizdan 50,9 foizga qisqarish yuz bergan.
YaIMdagi isteʼmol ulushidan qolgan qismi jamgʼarma ulushi boʼlib, u oʼz navbatida iqtisodiyot rivojlanishi uchun muhim omil hisoblanadi. Xitoy, Janubiy Koreya kabi rivojlanayotgan mamlakatlar tajribasining koʼrsatishicha, oxirgi 15 yil davomida kuzatilgan oʼrtacha 10% li iqtisodiy oʼsish davrida jamgʼarma ulushini oʼrtacha 30% ni tashkil etgan. Oʼzbekistonda 1996-2003 yillardagi 4 foizli oʼsish davrida jamgʼarma ulushi oʼrtacha 21,7% ni ifodalagan boʼlsa, 2004-2015 yillarda kuzatilgan 7-9 % oʼsish davrida oʼrtacha 35,2% ga teng boʼldi (2-jadval, 2-rasmga qarang).
2 – jadval Oʼzbekistonda iqtisodiy oʼsish, isteʼmol va jamgʼarma darajalarining
oʼzgarishi (oʼrtacha qiymatlarda)

Koʼrsatkichlar



Iqtisodiy oʼsish surʼati (foiz hisobida)

Isteʼmolning ulushi (YaIM xajmiga nisbatan foiz hisobida)

Jamgʼarmaning ulushi (YaIM xajmiga nisbatan foiz hisobida)

1996 – 2003

4

78,3

21,7

2004 – 2015

8,1

64,8

35,2

1996 – 2015

6,5

70,2

29,4

Manba: Oʼzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlari asosida muallif hisob – kitoblari.
Shuni alohida taʼkidlash lozimki, jamgʼarma meʼyorining yuqoriligi daromadlar darajasini oshiradi va bu inson kapitalini jamgʼarishning yuqori holatini taʼminlaydi. Jismoniy kapitalning jamgʼarish meʼyori inson kapitalini jamgʼarish asosida daromadlar darajasiga taʼsir etadi va u iqtisodiy oʼsish sifatining ortishiga olib keladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa qilsak, Oʼzbekistonda 8-10 foizli oʼsish surʼatini taʼminlash uchun isteʼmolning maqbul darajasini 64-66%, uning tarkibidagi davlat isteʼmoli ulushini 16-17% va xususiy isteʼmol
ulushini 48-49% oraliqda boʼlishini taʼminlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shunda jamgʼarmaning ulushi ham oʼrtacha 34-35% oraliqdagi maqbul koʼrsatkichlarni ifodalaydi. Аyrim tadqiqotchilarning fikricha, iqtisodiyotni qayta sanoatlashtirish sharoitida jamgʼarmaning YaIMdagi ulushi 35-40% oraligʼida boʼlishi talab etiladi.
Isteʼmolning samarali darajasini taʼminlash uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish kerak:
− soliqlar yukini ishlab chiqaruvchilardan isteʼmolchilarga oʼtkazish;
− davlatning ilmiy-texnika, fan, taʼlim va sogʼliqni saqlashga yoʼnaltirilgan maqsadli ishlab chiqarish xarajatlarini oshirish.
Statistik tadqiqotlar koʼrsatishicha, YaIMning qoʼshimcha 1
foizli oʼsishi natijasida rivojlangan davlatlarda 1 foizga va rivojlanayotgan davlatlarda 0,5 foizgacha milliy jamgʼarma meʼyorining oʼsishi kuzatilgan.
Oxirgi yillarda rivojlangan davlatlarda jamgʼarmaning transformatsiya masalalari tadqiq etilganda, institutsional omillarning sezilarli taʼsir etishi aniqlangan. Jamgʼarmadan samarali foydalanish asosida barqaror iqtisodiy oʼsish davomiyligini taʼminlash va sifatini oshirish uchun quyidagi tadbirlarni taklif etamiz:
− qimmatli qogʼozlar bozorini rivojlantirish asosida mavjud aholi jamgʼarmalarini iqtisodiyotga investitsiya sifatida kirib kelishini koʼpaytirish;
− tarmoqlararo kapital oqimini taʼminlashga qaratilgan meʼyoriy hujjatlar bazasini kengaytirish asosida korxona jamgʼarmalarini investitsiyaga aylanish samaradorligini oshirish.
Jamgʼarmani investitsiya sifatida iqtisodiyotga kiritilishini taʼminlash uchun, ayniqsa aholi jamgʼarmasini investitsiyaga aylanishi uchun mamlakatda samarali ijtimoiy siyosat va bank tizimiga ijonch darajasi yuqori boʼlishi lozim.
Oʼzbekiston iqtisodiyotida jamgʼarma transformatsiya darajasining pastligi qimmatli qogʼozlar bozori rivojlanishi bilan bogʼliqdir. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2023 yilning birinchi choragi uchun mamlakat yalpi ichki mahsulotining (YaIM) dastlabki bahosini taqdim etdi. Iqtisodiyot birinchi chorakda biroz pasayishi kutilmoqda. Birinchi chorakda Oʼzbekistonning iqtisodiy oʼsishi odatda mavsumiy omillar tufayli past boʼladi.
"Noukasting" usuliga asoslangan prognozlash modeli Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 2021 yildan beri qoʼllanib kelinmoqda va YaIMning choraklik koʼrsatkichlarida aniqlab boʼlmaydigan maxsus jihatlarini ochib berishga imkon beradi.
2022 yilning toʼrtinchi choragida yalpi ichki mahsulotning haftalik oʼsish tendentsiyasi davom etdi, bu oʼtgan yilning uchinchi choragida ham kuzatildi. Oʼsish tendentsiyasi asosan tashqi savdo va xizmat koʼrsatish sohasidagi ishbilarmonlik faolligining sezilarli darajada oshishi bilan bogʼliq boʼldi. Xususan, 2022 yil davomida tovar va xizmatlarning tashqi savdo aylanmasi 18,6 foizga oshdi. Oʼtgan yilning oktyabrь va noyabrь oylarida sanoat, ichki savdo va xizmat koʼrsatish sohalaridagi faollik ham sezilarli darajada oshdi. Bu Google qidiruv soʼrovlarida "Biznes va sanoat" toifalari boʼyicha qidiruvlarining — 15,7 foizga, "Xarid qilish" — 17 foizga va "Dam olish va oʼyin - kulgi" — 10 foizga oshishida namoyon boʼldi.
Oʼzbekiston yalpi ichki mahsulotining prognoz qilinayotgan haftalik oʼsishi
2022 yil va 2023 yil 1-choragi
2022 yil avgust va oktyabrь oylarida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hisob-kitoblariga koʼra, Oʼzbekiston iqtisodiyotining oʼsishi mos ravishda 5,81 foiz va 5,77 foiz darajasida prognoz qilingan edi. Shu bilan birga, 2022 yilda Oʼzbekistonning iqtisodiy oʼsishi 5,67 foizdan 5,87 foizgacha boʼlgan diapazonda prognoz qilingan edi. Umuman olganda, oʼtgan yili tashqi va ichki qiyinchiliklarga qaramay, Oʼzbekiston iqtisodiyotida barqarorlik namoyon boʼldi.
Joriy yilda Oʼzbekiston iqtisodiyoti rivojlanishda davom etadi. 2023 yilning 1-choragida iqtisodiyotning yillik oʼsishi 5,47 foizni tashkil qilishi kutilmoqda. Iqtisodiyotning biroz pasayishi sezilarli inflyatsiya bosimi va mavsumiy omillar bilan bogʼliq. Yillik iqtisodiy oʼsishning prognoz diapazoni 2023 yilning 1-choragi uchun 5,31 foiz - 5,62 foiz darajasida belgilandi. Maʼlumot uchun: “Noukasting» yondashuvi asosida batafsil katta maʼlumotlar oqimlariga asoslangan 20 toifadagi 250 ga yaqin haftalik Google qidiruv natijalari toʼplamiga asoslanib, alohida mahsulotlar uchun narxlar smetalari hamda yalpi import va zaxiralarning asosiy oʼzgaruvchilari bilan birgalikda haftalik YaIM prognozi tuzildi.
Xulosa
Yalpi talab - bu barcha istе’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar va davlat tomonidan narxlarning muayyan darajasida turli tovarlar va xizmatlarni sotib olish mumkin bo’lgan milliy iqtisodiyotdagi rеal pul daromadlari hajmidir.
Yalpi talab turli tovarlarning miqdori, sifati va narx darajasiga bеvosita bog’liq. Agar yakka talab egri chizig’i turli narx ko’rsatkichlarida alohida istе’molchining muayyan tovarga bo’lgan talabi miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalasa, yalpi talab egri chizig’i mamlakatdagi narxlarning turli darajasi hamda ishlab chiqarishga bo’lgan talab hajmi o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi.
Yalpi taklif - bu mamlakatda narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqarilib, sotishga chiqarilayotgan barcha tovarlar va xizmatlar hajmidir. Bu narxlarning har xil mumkin bo’lgan o’rtacha darajasida milliy ishlab chiqarishning mavjud rеal hajmini ko’rsatadi.
Yalpi taklifga eng avvalo narxlar darajasi bilan ishlab chiqarilgan tovarlar ijtimoiy qiymati o’rtasidagi nisabtning o’zgarishi ta’sir ko’rsatadi. Narxlar darajasining qiymatdan oshishi qo’shimcha tovarlar ishlab chiqarish uchun rag’bat yaratadi. Narxlar darajasining qiymatdan pasayishi esa tovar ishlab chiqarishning qisqarishiga olib kеladi. Shu sababli narxlar va milliy ishlab chiqarish hajmi o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri yoki bеvosita bog’liqlik mavjud bo’ladi.
Yalpi taklifga narxdan tashqari yana bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi:
a) rеsurslar narxining o’zgarishi;
b) samaradorlikning o’zgarishi;
v) huquqiy mе’yorlarning o’zgarishi.
Iqtisodiyot nazariyasida yalpi taklifga uch xil nuqtai nazardan yondashuv mavjud: yalpi taklif narxlar darajasiga bog’liq emas; narxlar darajasiga bеvosita bog’liq; yalpi taklifning o’sishida yoki kamayishida narxlar darajasi o’zgarishsiz qoladi. Shuning uchun yalpi taklif egri chizig’i grafigi uchta kеsmaga ega: tik, yotiq va oraliq kеsmalar.
Yalpi talabning o’sishi yalpi taklifga turlicha ta’sir qiladi: taklif egri chizig’ining kеynscha kеsmasida taklif aynan o’sha miqdorga ortadi, oraliq kеsmada - narxlar darajasining o’sganligi uchun taklif oz miqdorda ortadi; klassik kеsmada esa - yalpi taklifda o’zgarish bo’lmaydi, chunki barcha rеsusrlar jalb etilgan bo’ladi, lеkin narxlar darajasi kеskin o’sadi.
Yalpi talab egri chizig’i va yalpi taklif egri chizig’i kеsishgan nuqta umumiqtisodiy muvozanatni ifodalab, bu holatga narxning muvozanatli darajasi va milliy ishlab chiqarishning muvozanatli rеal hajmi orqali erishiladi.
Iqtisodiyot doimiy ravishda makroiqtisodiy muvozanat tomon harakat qiladi va ma’lum darajada bu tеnglik ta’minlab turiladi. Biroq, yalpi talab va yalpi taklifga ta’sir etuvchi omillarning o’zgarib turishi natijasida muvozanat buziladi va iqtisodiyot yangi muvozanat tomon harakat qiladi.


Download 104.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling