Mavzu: Yalpi talab, yalpi taklif, ularning tarkibi va ularga ta'sir qiluvchi omillar reja


Yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi muvozanat va uning o’zgarishi


Download 104.78 Kb.
bet4/6
Sana16.06.2023
Hajmi104.78 Kb.
#1516166
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'ZBEKISTON RES-WPS Office tamom 6

3. Yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi muvozanat va uning o’zgarishi. Makroiqtisodiy muvozanatlik milliy iqtisodiyotning shunday holatiki, bunda mavjud resurslar va ulardan foydalanish o’rtasida, ishlab chiqarish va iste’mol hajmi, moddiy va moliyaviy oqimlar, jamg’arma va investitsiyalar o’rtasida mutanosiblikni taqoza etadi. Shu bilan birga, bozor iqtisodiyoti o’zgaruvchan hisoblanadi, bu yalpi talab va yalpi taklif muvozanati buzilib turishiga sabab bo’ladi. Yalpi talab va yalpi taklif egri chizig’i kesishgan nuqta narxning muvozanatli darajasi va milliy ishlab chiqarishning muvozanatli real hajmini ko’rsatadi.



chizma. Yalpi talab va yalpi taklif muvozanati
Yalpi talab o’zgarmay qolganda, yalpi taklifning o’zgarishi iqtisodiyotda ikkita har xil oqibatlarga olib keladi. Birinchidan, yalpi taklifning qisqarishi narx darajasining o’sishini taqozo qilib, inflyatsiyaga olib keladi. Ikkinchidan, milliy ishlab chiqarish real hajmining ko’payishi narx darajasining pasayishiga sabab bo’ladi. Yalpi talab egri chizig’i yalpi taklif egri chizig’ini yotiq kesmada kesib o’tsa, narx darajasi milliy ishlab chiqarish muvozanatli real hajmining shakllanishiga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi. Tik kesmada ishchi kuchi va ishlab chiqarish quvvatlari to’liq foydalaniladi, shu sababli yalpi talabning kengayishi faqat narx darajasiga ta’sir ko’rsatadi, ya’ni uni oshiradi. Milliy ishlab chiqarishning real hajmi esa o’zgarishsiz qoladi. Oraliq kesmada yalpi talabning kengayishi milliy ishlab chiqarish real hajmining ko’payishiga va narx darajasining oshishiga olib keladi. Agar yotiq kesmada yalpi talab kamaysa, milliy ishlab chiqarishning real hajmi kamayadi, narx darajasi esa o’zgarishsiz qoladi. Tik kesmada narx tushganda, milliy ishlab chiqarishning real hajmi to’liq bandlik darajasida qoladi. Oraliq kesmada milliy ishlab chiqarishning real hajmi qisqaradi va narx darajasi pasayadi. Ayni paytda oraliq va tik kesmalarda yalpi talabning qisqarish vaziyatni murakkablashtiruvchi omillar ta’sirida birdaniga narxnining pasayishiga olib kelmasligi mumkin. Ya’ni tovarlar va resurslar narxi pasayish tamoyiliga ega bo’lmaydi. Shu sababli ayrim iqtisodchilar bunday tamoyilga xrapovikli samara sifatida qaraydi (xrapovik-bu mexanizm bo’lib g’ildirakni orqaga emas oldinga xarakat qilishga yordam beradi). Xrapovik samarasi shunga asoslanadiki, narx osonlik bilan oshadi, lekin qiyinchilik bilan pasayadi. Shu sababli yalpi talabning oshishi narx darajasini ko’taradi, lekin talab kamayganda, qisqa davr ichida narxning tushishini kutish mumkin emas. Narx pasayishi tamoyiliga ega bo’lmasligining ayrim sabablari mavjud. Birinchidan, ish haqi korxona umumiy xarajatlarining asosiy qismini (70-75 foiz) tashkil qilib, qandaydir davr ichida pasayishi tamoyiliga ega bulmaydi. Chunki ishchilarning asosiy qismi shartnoma bo’yicha ishlaydi va uning muddati tugaguncha ish haqini pasaytirish ta’qiqlanadi. Boshqa tomondan, tadbirkorlar ish haqi darajasini pasaytirishni xohlamasligi mumkin. Buning ikkita sababi bor. Bir tomondan ancha past ish haqi ishchilarning mehnat unumdorligiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Shu bilan birga ancha past ish haqi maxsulot birligiga mehnat sarflarini kamaytirsa, ancha past mehnat unumdorligi esa mehnat sarflarini oshiradi. Agar ular ish haqini pasaytirishga qaror qilsa, malakali ishchi kuchidan ajrab qolishi mumkin. Narxning pasayish tamoyiliga ega emasligining keyingi sababi juda ko’pchilik korxonalar etarli darajada monopol mavqega ega bo’ladi va bu ularga talab kamayganda xam narxning pasayishiga qarshi turish imkonini beradi.
YIMning pasayishi birinchi chorakda ham qayd etilgani sababli ko‘plab
tahlilchilar texnik retsessiya (ko‘rsatkichning ketma-ket ikki chorakda pasayishi) haqida gapirmoqda.
AQSH Savdo vazirligida ikkinchi chorakda YIMning qisqarishi chakana savdo kamomadi, ko’ chmas mulkka investitsiyalar va davlat xarajatlarining kamayishi hisobiga tovar-moddiy boyliklarga xususiy investitsiyalarning qisqarishi bilan izohlanadi.Biroq AQSH prezidenti Jo Bayden retsessiya haqidagi taxminlarga umuman o‘rin yo‘qligini ta’kidladi.Bizda bandlik darajasi rekord darajada. Korxonalar AQSHga rekord darajada sarmoya kiritmoqda. Amerika sanoati so’nggi o’ttiz yillikdagi eng kuchli tiklanishni boshdan kechirmoqda. Bu umuman retsessiya degani emas, — deydi Bayden.
AQSHda ishsizlik haqiqatan ham past (iyun oyida 3,6 foiz) va ikkinchi chorakda ish o’rinlari soni 1 million kishiga oshdi.AQSH moliya vaziri Janet Yellenning so’zlariga ko’ra, 2021-yilda AQSH iqtisodiyoti tez o’sdi (5,5 foizga) va hozirgi vaziyat “zaruriy pasayish”dir.S&P Global Ratings retsessiya xavfi 40-50 foizni tashkil qiladi va 2023-yilga yaqinroq ortadi, deb hisoblamoqda.Iste’molchilarning mazmunli xaridlardan voz kechishi va arzonroq iste’mol muqobillariga o’tishi AQSHda inflyatsiyaning tezlashishini sekinlashtirishga yordam berishi kerakligi ta’kidlanmoqda.Tahlilchilarning fikricha, Fed’ning stavkalarni oshirish ketma-ketligi AQSH iqtisodiy faolligining uchdan ikki qismidan ko’prog’iga to’g’ri keladigan iste’mol xarajatlari o’sishining yanada sekinlashishiga olib keladi va bu yirik retsessiya xavfini oshiradi.

Download 104.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling