Mavzu: Yalpi talab yalpi taklif va ularning hajmiga tasir etuvchi omillar


Milliy  mahsulotning  real  hajmi.  Yalpi  talab,  yalpi  taklif  va  narxlar


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana19.05.2020
Hajmi0.57 Mb.
#107677
1   2   3
Bog'liq
Yalpi talab - yalpi taklif-конвертирован


          Milliy  mahsulotning  real  hajmi.  Yalpi  talab,  yalpi  taklif  va  narxlar 

darajasi  o’rtasidagi  o’zaro  bog’liqlik.  Narxlarning  yuqori  darajasi  ishlab 

chiqaruvchilarga  qo’shimcha  mahsulot  ishlab  chiqarishga  rag’bat  yaratadi  va 

aksincha  past  narxlar  mahsulot  ishlab  chiqarish  hajmini  qisqarishga  olib  keladi. 

Shuning  uchun  ham  milliy  ishlab  chiqarish  hajmi  bilan  narxlar  darajasi  o’rtasida 

to’g’ri aloqa mavjud. Demak, mahsulot ishlab chiqarish hajmi narxlar o’sib borishi 

bilan  o’sib,  pasayishi  bilan  tushib  boradi.  Yalpi  taklif  (AS)  egri  chizig’i  alohida 

tovar taklifi egri chizig’idan farq qilib uch qismdan, gorizontal yoki keyns kesmasi, 

ko’tarilib boruvchi yoki oraliq kesma hamda vertikal yoki klassik kesmadan iborat. 

Bu  umumiy  taklifni  tahlil  qilishga  klassik  va  keynschilarga  xos  yondashuv  bilan 

izohlanadi. Iqtisodiy adabiyotlarda ko’pincha oraliq kesma ham keyns kesmasiga 

kiritib yuboriladi.  

Yalpi  taklif  egri  chizig’idagi  bu  kesmalar  qanday  iqtisodiy  vaziyatlarni  aks 

ettiradi?  

1.  Keyns  kesmasida milliy  ishlab  chiqarishning  haqiqiy  hajmi  to’liq  bandlik 

sharoitidagi  milliy  ishlab  chiqarish  hajmidan  kamdir.  Demak,  gorizontal  kesma 

iqtisodiet  inqirozga  uchragan  va  katta  miqdordagi  resurslardan  foydalanilmagan 

sha-roitni  ko’rsatadi.  Foydalanilmayotgan  ushbu  resurslarni  narxlar  darajasiga 

ta’sir  ko’rsatmagan  holda  ishga  tushirish  mumkin.  Bu  kesmada  milliy  ishlab 

chiqarish hajmi oshishi narxlar darajasi o’zgarmay qolgan sharoitda ro’y bsradi.  

          Narxlar     darajasi                                                



  

                   

                R   

  

  



                                

  R                     

  

АS

 



 

 

 



 

АD

 



 

 

Talab egri chiz



 

ig’i


 

 

 



Taklif egri chizig’i

 

 



 

27 

 

  



Real hajmi chizma. Jami taklif egri chizig’i. 

Yalpi talabning Keyns kesmasida iqtisodiyotni nisbatan qisqa muddatda amal 

qilishini xarakterlaydi. Umumiy talabni tahlil qilish quyidagi shartlarga tayanadi: - 

iqtisodiyot ishlab chiqarish omillari to’liq band bo’lmagan sharoitda amal qiladi;  

- narxlar,  nominal  ish  haqi  qayd  etilgan,  bozor  tebranishlaridan  juda  kam 

ta’sirlanadi;  

- real  miqdorlar  (ishlab  chiqarish,  bandlilik,  real  ish  haqi)  harakatchan  va 

bozor tebranishlaridan tez ta’sirlanadi.  

2. Vertikal yoki klassik kesma. Egri chiziq bo’yicha o’ngga surilishi natijasida 

ishlab  chiqarishning  mavjud  hajmida  iqtisodiyot  to’liq  bandlik  sharoitiga  yoki 

ishsizlikning tabiiy darajasi sharoitiga erishgan vaziyatni ko’ramiz. Iqtisodiyot egri 

chiziqning  bu  kesmasida  o’zining  ishlab  chiqarish  potentsiali  darajasida  bo’ladi. 

Bu  shuni  bildiradiki,  narxlarning  har  qanday  oshishi  ishlab  chiqarish  hajmining 

oshishiga olib kelmaydi. Chunki, iqtisodiyot to’liq quvvatda faoliyat ko’rsatayapti. 

To’liq  bandlik  sharoitida  ayrim  firmalar  boshqa  firmalarga  nisbatan  resurslarga 

yuqoriroq  narxlarni  taklif  etish  orqali  ishlab  chiqarish  hajmini  oshirishga  harakat 

qiladi.  Ammo,  bunday  holatda  ayrim  firmalarning  resurslar  va  ishlab  chiqarish 

hajmini  oshirishi,  boshqalari  uchun  yo’qotishga  olib  keladi.  Natijada  bu 

mahsulotlar narxi oshishi mumkin, lekin ishlab chiqarishning real hajmi o’zgarmay 

qoladi.  

Klassik nazariyada yalpi taklifni tahlil qilish quyidagi shartlarga tayanadi:  

  

  



  

  

  



  

  

P



 

 

 



Narxlar 

 

darajasi

 

 

 

Ishlab chiqarishning 

 

Y

 



 

 

Gorizontal yoki 



 

keynsian kesma

 

 

 



Ko’tarilib boruvchi 

 

yoki oraliq kesma



 

 

 



Vertikal yoki 

 

klassik kesma



 

 

 



28 

 

- ishlab  



chiqarish   hajmi faqatgina   ishlab  

chiqarish   omi-  

lari hajmiga va texnologiyalarga bog’liq va narxlar darajasiga bog’liq emas;  

- ishlab  chiqarish  omillari  va  texnologiyalarda  o’zgarish  sekinlik  bilan  ro’y 

beradi;  

- iqtisodiyot to’liq bandlik sharoitida amal qiladi, ya’ni ishlab chiqarish hajmi 

potentsial darajaga teng;  

- narxlar  va  nominal  ish  haqi  o’zgaruvchan,  ularning  o’zgarishi  bozorlarda 

muvozanatni ta’minlab turadi.  

3. Oraliq kesma — ishlab chiqarish real hajmining o’sishi narxlar darajasining 

o’sishiga  mos  ravishda  o’sib  boradi.  Nima  uchun?  Chunki,  iqtisodiyotning 

pasayish holatidan to’liq bandlikka o’tishi notekis va turli vaziyatlarda ro’y beradi. 

Masalan,  ayrim  tarmoqlarda  resurslarning  yotishmasligiga  duch  kelinsa,  boshqa 

tarmoqlarda  hozircha  ortiqcha  resurslar  mavjud  bo’ladi.  Shuningdek,  ular  ishlab 

chiqarishni kengaytirish  uchun  

yangi  asosiy  

vositalar  

sotib  olish 

 

va  


malakasiz  mutaxassislardan  foydalanishiga  to’g’ri  keladi.  Bu  esa 

mahsulotlar  birligiga  ketadigan  xarajatlarning  oshishiga  va  natijada  narxlar 

darajasining o’sishiga olib keladi.  

Ishlab  chiqarish  hajmi  ko’payishi  yoki  kamayishi  narxga  bog’liq  bo’lmagan 

omillar hisobiga ham ro’y berishi, bu omillar esa yalpi taklif egri chizig’ini o’ng 

yoki  chap  tomonga  siljitishi  mumkin.  Narxga  bog’liq  bo’lmagan  omillarnig 

xususiyati  shundaki,  ular  mahsulot  birligiga  ketgan  xarajatlarga  bevosita  ta’sir 

qiladi va shu orqali yalpi taklif egri chizig’ining siljishiga sabab bo’ladi.  

Bu omillar quyidagilardan iborat  

   1. Resurslarga bo’lgan talabning o’zgarishi:  

  ichki  bozordagi  resurslar  miqdorining  kamayishi  ularning  narxining 

oshishiga olib keladi:  

• er resurslari;  

• mehnat resurslari;  

• kapital;  


29 

 

• tadbirkorlik qobiliyatlari;  



➢ 

valyuta  kursining    o’zgarishi  sababli    import  resurslar  narxlaridagi 

o’zgarishlar;  

➢ 

bozordagi  hukmronlik  va  monopoliya,  OPEK  tomonidan  neft 



narxaning ko’tarilishi.  

2. Ishlab chiqarish unumdorlikdagi o’zgarishlar .  

3. Huquqiy me’yordagi o’zgarishlar:  

➢ 

soliq va subsidiyalarning o’zgarishi;  



➢ 

davlatning tartibga solish jarayonidagi o’zgarishlar, davlat tomonidan 

iktisodiyotni  tartibga solinishi oxiri oqibat  ishlab chikarish xarajatlarini oshiradi.  

Masalan,  soliq  turlarini  ko’paytirilishi  qo’shimcha  buxgalterning  xizmatidan 

foydalanishga majbur qilishi mumkin, ya’ni davlat tomonidan iqtisodiyotni yuqori 

darajada tartibga solinishi qog’oz ishini ko’paytiradi.    



30 

 

3. Yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi muvozanat va uning o’zgarishi 

Yuqorida  yalpi  talab  mamlakat  miqyosida  iqtisodiyotning  hamma 

bo’limlarida  va  tarkibiy  qismlarida  yaratilgan  turli  tovar  va  xizmatlarni  sotib 

olishga  mo’ljallangan  pullar  miqdori  sifatida,  yalpi  taklif  esa  iqtisodiyotning 

barcha tarmoqlari va hududlari, korxona va tashkilotlarida sotish uchun ishlab  

chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning yalpi miqdori sifatida namoyon bo’lishini 

aytib o’tgan edik.  

Endi  shuni  ta’kidlash  joizki,  milliy  bozorda,  oldi-sotdi  jarayonida  pul 

egalari,  ya’ni  istе’molchilar  ixtiyoridagi  pullar  tovar  va  xizmatlar  egalariga, 

aksincha  yaratilgan  tovar  va xizmatlar  esa  pul  egalariga o’tishi  lozim. Boshqacha 

aytganda  tovarlar  dunyosi  bilan  pul  dunyosi  o’rtasidagi  harakat  qarama-qarshi 

oqim  hosil  qiladi.  Buning  uchun  esa  pul  egalari  sotib  olmoqchi  bo’lgan  tovar  va 

xizmatlar tarkibi, miqdori, sifati hamda narxi bo’yicha ishlab chiqarilgan tovar va 

xizmatlar  turi,  miqdori,  sifati  hamda  qiymati  bilan  mos  tushishi  lozim.  Bunday 

moslikning  qanchalik  ta’minlanishi  turli  bozorlar  orqali  aniqlanadi  va  tartibga 

solinadi.  Bu  moslik  darajasi  yalpi  talab  va  yalpi  taklif  o’rtasidagi  muvozanat  va 

uning o’zgarishi orqali aniqlanadi.  

Yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi nisbatni quyidagi chizma orqali 

ifodalash mumkin. Albatta, rеal hayotda bunday to’liq muvozanatlik sodir bo’lishi 

juda qiyin va murakkabdir. Lеkin tovar va xizmatlarning u yoki bu turlari, miqdori 

va  sifati  bo’yicha  mos  kеlish  hollari  uchrab  turadi.  Yalpi  talab  bilan  yalpi 

taklifning bir-biriga mosligi iqtisodiy muvozanat dеb ham yuritiladi.  

 

 



 

 

 



 

 


31 

 

 



Yalpi  talab  egri  chizig’i  va  yalpi  taklif  egri  chizig’i  kеsishgan  nuqta 

umumiqtisodiy  muvozanatni  ifodalab,  bu  holatga  narxning  muvozanatli 

darajasi  va  milliy  ishlab  chiqarishning  muvozanatli  rеal  hajmi  orqali 

erishiladi.  Iqtisodiyot  doimiy  ravishda  makroiqtisodiy  muvozanat  tomon  harakat 

qiladi va ma’lum darajada bu tеnglik ta’minlab turiladi. Biroq, yalpi talab va yalpi 

taklifga ta’sir etuvchi omillarning o’zgarib turishi natijasida muvozanat buziladi va 

iqtisodiyot yangi muvozanat tomon harakat qiladi.  

Yalpi talab va yalpi taklif muvozanati yalpi taklif egri chizig’ining qaysi kеsmasida 

ro’y bеrishiga qarab o’ziga xos xususiyat kasb etadi. Yalpi talab egri chizig’i yalpi 

taklif  egri  chizig’ini  yotiq  kеsmada  kеsib  o’tsa,  narx  darajasi  milliy  ishlab 

chiqarish  muvozanatli  rеal  hajmining  shakllanishiga  hеch  qanday  ta’sir 

ko’rsatmaydi.  Bunda  yalpi  talab  miqdorining  o’sishi  milliy  ishlab  chiqarish  rеal 

hajmining  oshishiga,  uning  kamayishi  esa  bu  hajmning  kamayishiga  olib  kеladi. 

Biroq, bu o’zgarishlar iqtisodiyotdagi umumiy narx darajasining o’zgarishisiz ro’y 

bеradi.  

Narxlarning 

muvozanatli 

darajasi 

deganda 


shunday 

narx 


darajasi 

tushuniladiki,  unda  yalpi  talab  va  taklif  hajmi  bir-biriga  mos  kelishi  yoki  teng 

bo’lishi  kerak.  Avvalo  yalpi  talab  egri  chizig’i  va  yalpi  taklif  egri  chizigining 

oraliq kesmada mos kelishini ko’rib chiqamiz. Narxlarning muvozanatli darajasi va 

milliy ishlab chiqarish hajmining muvozanatli darajalari mos ravishda Re va Ye lar 

bilan  belgilangan.  Nima  uchun  Re  narxlarning  muvozanatli  darajasi  va  Ye  milliy 

      P 

e

                                                                         



e   

        


  P 

1

                                                             



                                       

  

                                                                                 



AD    

  

 



 

                                     

                

Y  


1

    Y  


e

    Y  


2

                     

Y                                               


32 

 

ishlab  chiqarishning  muvozanatli  darajasini  bildirishini  ko’rsatishimiz  uchun 



narxlarning  muvozanatli  darajasi  Re  emas,  balki  R1  deb  hisoblaymiz.  Narxlar 

darajasi  R1  bo’lgan  vaziyatda  korxonalar  milliy  ishlab  chiqarish  hajmini  Y1 

miqdoridan oshirmaydi.  

Iste’molchilar narxlar darajasi R1 bo’lganda mahsulotlarni Y2 darajada sotib 

olishga tayyor turadi. AD>AS bo’lganligi tufayli iste’molchilar o’rtasidagi raqobat 

narxlar  darajasini  Re  gacha  suradi.  Narxlar  darajasining  R1  dan  Re  gacha 

ko’tarilishi  ishlab  chiqarish  hajmini  Y1  dan  Ye  gacha  oshirishga  va 

iste’molchilarning talabini Y2  dan Ye gacha kamaytirishga olib kelali. Va bu AD, 

AS  to’g’ri  chiziqlari  e  nuqtada  kesishadi.  Demak,  aynan  Re  narx  narxlarning 

muvozanatli darajasi va e muvozanat nuqtasidir.  

     R    AS  chizma. Yalpi taklif egri chizig’ining oraliq kesmadagi muvozanat  

 chizmada  yalpi  talab  egri  chizig’i  yalpi  taklif  egri  chizig’ini  Keyns  kesmasida 

kesib o’tadi. Bunday vaziyatda narxlar darajasi hech qanday ahamiyatga ega emas. 

Buni  tushunish  uchun  avvalo  milliy  ishlab  chiqarishning  muvozanatli  hajmini  Ye 

va muvozanatli narxlar darajasini Re bilan belgilaymiz.  

Muvozanatli  ishlab  chiqarish  hajmi  aynan  Ye  ekanligini  isbotlash  uchun  bu 

hajmni  Y

1

  deb  hisoblaymiz.  U  xolda  AD

va xizmatlar hajmining ortishi ishlab chiqarishni Ye darajaga pasaytirilishiga olib 

keladi. Muvozanatli ishlab chiqarish hajmini Y

2

 deb hisoblacak, aksincha, AS

oqibatda  korxonalarda  tovar  zaxiralari  kamayib  ularni  ishlab  chiqarishni  Ye 

darajaga  oshirishga  undaydi.  Shunday  qilib  aynan  jami  taklif  va  jami  talabning 

kesishish  nuqtasigina  AD-AS  modelda  muvozanat  nuqtasi  va  shu  nuqtaga  mos 

keluvchi ishlab chiqarish hajmi esa milliy ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi 

deyiladi.  

 Yuqoridagilardan  ko’rinib  turibdiki,  yalpi  taklif  egri  chizig’ining  keyns 

kesmasida  yalpi  talabning  o’zgarishi  ishlab  chiqarish  hajmining  oshishi  yoki 

kamayishiga olib keladi, narxlar darajasi esa o’zgarmaydi.  



33 

 

Yalpi talab egri chizig’ini AS egri chizig’ining vertikal kesmasida o’zgarsa bu 



ishlab  chiqarish  hajmiga  ta’sir  ko’rsatmaydi  va  faqat  narxlar  darajasi  o’zgaradi, 

xolos. Ya’ni, bu kesmada talabning oshishi talab inflyatsiyasini keltirib chiqaradi. 

Yalpi  taklifning  bu  kesmasida  talabning  har  qanday  o’zgarishi  faqat  narxlar 

darajasi o’zgarishga olib keladi. Ishlab chiqarish hajmi esa to’liq bandlik sharoitida 

o’zgarmay qoladi.  

Oraliq  va  vertikal  kesmalarda  narxlar  o’sib  borishi  bilan  kuzatilgan  yalpi 

talabning ko’payishi talab inflyatsiyasi mavjudligini ko’rsatadi.  

Yalpi  taklifning  o’zgarishi  muvozanat  narxlar  darajasiga  va  milliy  ishlab 

chiqarish  xajmining  muvozanat  darajasiga  qanday  ta’sir  ko’rsatishini  ko’rib 

chiqamiz.  

  

 

0                        Y1                       Ye                   Y2                   



Y  

chizma. Yalpi taklif egri chizig’ining keyns kesmasidagi muvozanati  

  

Yalpi  taklif  o’zgarishining  narxlarning  va  ishlab  chiqarishning  muvozanatli 



darajasiga  ta’sirini  6-chizma  misolida  ko’rib  chiqamiz.  Narxdan  boshqa  omillar 

ta’sirida yalpi taklifning AS

dan  AS


ga  siljishi  natijasida  ishlab  chiqarish  xajmi 

Y

1

 dan Y



2

 gacha kamayadi, narxlar darajasi esa R1 dan R2 gacha ko’tariladi, ya’ni 

stagflyatsiya ro’y beradi.   


34 

 

 



 

  

Boshqa  bir  vaziyatda,  masalan,  narxlarga  bog’liq  bo’lmagan  omillardan 



birortasi  o’zgarib,  yalpi  taklifning  o’zgarishiga  olib  kelsin.  Ya’ni,  erning  narxi 

pasaysa, korxonalardan olinadigan soliqlar  kamaysa  va   bular natijasida  mahsulot 

birligiga ketgan sarf-xarajatlar qisqarsa, unda jami taklif egri chizig’i AS

1

 dan AS



3

 

holatga siljiydi. Bunda narxlar muvozanat darajasi R1 dan R3ga qadar pasayadi va 



ishlab  chiqarishning  muvozanatli  hajmi  Y1  dan  Y3  qadar  oshadi,  ya’ni,  iqtisodiy 

o’sish holati ro’y beradi.   

 

 

     



 

Yalpi

 

 

 

taklif

 

 

 

o’zgarishining

 

 

 

ta’siri

 

 

 


35 

 

4. Talab va taklif tahlili asoslari. 

Taklif  va  talabni  iqtisodiy  nuqtai  nazardan  tahlil  qilish,  juda  ko‘p  va  keng 

muammolarni  hal  qilishda  universal  vosita  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Bunday 

muammolarga  quyidagilar  kirishi  mumkin:  jahondagi  iqtisodiy  sharoitlar 

o‘zgarishining  mahsulot  ishlab  chiqarishga  va  uning  samaradorligiga  ta'siri; 

narxlarni  nazorat  qilish  bo‘yicha  davlat  tomonidan  ko‘riladigan  chora-tadbirlarni 

baholash;  iqtisodiy  rag‘batlantirish  va  minimal  ish  haqini  belgilash;  soliqlarning, 

subsidiyalarning,  importga  qo‘yiladigan  poshlinaning,  ishlab  chiqaruvchilar  va 

iste'molchilar  faoliyatining  chegaralashlarning  umumiy  iqtisodiyotga  ta'siri  va 

hokazo. 

Talab  va  taklif  orqali  bozor  mexanizmini  o‘rganish,  ularning  grafiklarini 

tahlil  qilishdan  boshlandi.  Ma'lumki,  davlatning  aralashuvisiz,  talab  va  taklif 

muvozanat holatga keladi va unga asosan tovarning bozor narxi o‘rnatiladi hamda 

muvozanatni  ta'minlaydigan  mahsulotning  umumiy  hajmi  o‘rnatiladi.  Lekin, 

qanday qilib, narx va mahsulot hajmi talab va taklifning ba'zi bir xarakteristikalari 

bilan bog‘langan? Qanday qilib ular vaqt bo‘yicha o‘zgaradi va qanday qilib ularga 

umumiy  iqtisodiy  faollik,  ish  haqi  xarajatlari  ta'sir  qiladi?  Nima  uchun  talab  va 

taklif bozorlar (raqobatlashgan, monopol, oligopol va boshqa) bo‘yicha farq qiladi? 

Nima uchun ba'zi bir bozorlarda tovarlar tanqis va hokazo savollarga javob berish 

uchun talab va taklifning diagrammasini qarashdan boshlaymiz. 

Yuqori  narx,  mavjud  firmalarni  ishlab  chiqarishni  kengaytirishga  da'vat 

etadi, bozorga yangi firmalarni o‘z mahsuloti bilan kirib kelishini ta'minlaydi, ular 

ishlab  chiqargan  yuqori  xarajatli  rentabel  bo‘lmagan  mahsulotlari  yuqori  narxda 

rentabel  bo‘ladi.  Bunday  holda,  firmalarda  ishlab  chiqarishning  kengayishi  qisqa 

vaqt oralig‘ida intensiv bo‘lsa, uzoq muddatda esa ekstensiv amalga oshiriladi. 

Talab  chizig‘i    (Demand)  iste'molchilarning  berilgan  narxlarda  qancha 

miqdorda  mahsulot  sotib  olish  mumkinligini  bildiradi.  Talab  chizig‘ining  pastga 

ketishi,  iste'molchilarning  narx  qancha  past  bo‘lsa,  ular  shuncha  ko‘p  mahsulot 


36 

 

sotib  olishini  anglatadi.  Past  narxlar,  xaridorlarga  yanada  ko‘proq  miqdorda 



tovarlar sotib olishiga hamda ilgari sotib olaolmayotgan iste'molchilarga esa hozir 

u tovarni sotib olishga imkon yaratadi. 

Xom  ashyo  narxi  pasayishining  taklif  egri  chizig‘iga  boshqacha  ta'sirini, 

ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori  o‘zgarmaganda kuzatish mumkin. Haqiqatdan 

ham,  o‘zgarmaganda, uni ishlab ishlab chiqarish  uchun ketgan xarajat kamayadi 

(xom ashyo narxi pasaygani uchun), demak, tovar narxi ham kamayadi, ya'ni uning 

narxi  dan  ga o‘zgaradi. Bu o‘zgarish ishlab chiqarilgan tovar miqdoriga bog‘liq 

emas. Natijada,  taklif  egri  chizig‘i o‘ngga  siljiydi.  Umuman olganda,  xom  ashyo 

narxi o‘zgarishining taklif chizig‘iga ta'sirini o‘rganishda, yuqorida keltirilgan ikki 

hol ham xususiy hollardan bo‘lib, eng  chetki holatlarni anglatadi. Haqiqatda  esa, 

xom  ashyo  xarajatlari  kamayganda  narx  ham,  tovar  miqdori  ham  o‘zgarishi 

mumkin.  Bu  o‘zgarishlar  yangi  taklif  egri  chizig‘ining  talab  chizig‘i  bilan 

muvozanatga kelishi bilan bog‘liqdir  


37 

 

Xulosa 

Yalpi  talab  –  bu  barcha  istе’molchilar,  ya’ni  aholi,  korxonalar  va  davlat 

tomonidan narxlarning muayyan darajasida turli tovarlar va xizmatlarni sotib olish 

mumkin bo’lgan milliy iqtisodiyotdagi rеal pul daromadlari hajmidir.  

Yalpi  talab  turli  tovarlarning  miqdori,  sifati  va  narx  darajasiga  bеvosita 

bog’liq.  Agar  yakka  talab  egri  chizig’i  turli  narx  ko’rsatkichlarida  alohida 

istе’molchining  muayyan  tovarga  bo’lgan  talabi  miqdori  o’rtasidagi  bog’liqlikni 

ifodalasa, yalpi talab egri chizig’i mamlakatdagi narxlarning turli darajasi hamda 

ishlab chiqarishga bo’lgan talab hajmi o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi.  

Yalpi  taklif  –  bu  mamlakatda  narxlarning  muayyan  darajasida  ishlab 

chiqarilib,  sotishga  chiqarilayotgan  barcha  tovarlar  va  xizmatlar  hajmidir.  Bu 

narxlarning har xil mumkin bo’lgan o’rtacha darajasida milliy ishlab chiqarishning 

mavjud rеal hajmini ko’rsatadi.  

Yalpi  taklifga  eng  avvalo  narxlar  darajasi  bilan  ishlab  chiqarilgan  tovarlar 

ijtimoiy  qiymati  o’rtasidagi  nisabtning  o’zgarishi  ta’sir  ko’rsatadi.  Narxlar 

darajasining qiymatdan oshishi qo’shimcha tovarlar ishlab chiqarish uchun rag’bat 

yaratadi.  Narxlar  darajasining  qiymatdan  pasayishi  esa  tovar  ishlab  chiqarishning 

qisqarishiga  olib  kеladi.  Shu  sababli  narxlar  va  milliy  ishlab  chiqarish  hajmi 

o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri yoki bеvosita bog’liqlik mavjud bo’ladi.  

Yalpi taklifga narxdan tashqari yana bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi:  

a)  rеsurslar narxining o’zgarishi;  

b) samaradorlikning o’zgarishi;  

v) huquqiy mе’yorlarning o’zgarishi. 

Iqtisodiyot  nazariyasida  yalpi  taklifga  uch  xil  nuqtai  nazardan  yondashuv 

mavjud:  yalpi  taklif  narxlar  darajasiga  bog’liq  emas;  narxlar  darajasiga  bеvosita 

bog’liq;  yalpi  taklifning  o’sishida  yoki  kamayishida  narxlar  darajasi  o’zgarishsiz 

qoladi.  Shuning  uchun  yalpi  taklif  egri  chizig’i  grafigi  uchta  kеsmaga  ega:  tik, 

yotiq va oraliq kеsmalar.  


38 

 

Yalpi  talabning  o’sishi  yalpi  taklifga  turlicha  ta’sir  qiladi:  taklif  egri 



chizig’ining  kеynscha  kеsmasida  taklif  aynan  o’sha  miqdorga  ortadi,  oraliq 

kеsmada – narxlar darajasining o’sganligi uchun taklif oz miqdorda ortadi; klassik 

kеsmada  esa  –  yalpi  taklifda  o’zgarish  bo’lmaydi,  chunki  barcha  rеsusrlar  jalb 

etilgan bo’ladi, lеkin narxlar darajasi kеskin o’sadi.  

Yalpi  talab  egri  chizig’i  va  yalpi  taklif  egri  chizig’i  kеsishgan  nuqta 

umumiqtisodiy muvozanatni ifodalab, bu holatga narxning muvozanatli darajasi va 

milliy ishlab chiqarishning muvozanatli rеal hajmi orqali erishiladi.  

Iqtisodiyot doimiy ravishda makroiqtisodiy muvozanat tomon harakat qiladi va 

ma’lum darajada bu tеnglik ta’minlab turiladi. Biroq, yalpi talab va yalpi taklifga 

ta’sir  etuvchi  omillarning  o’zgarib  turishi  natijasida  muvozanat  buziladi  va 

iqtisodiyot yangi muvozanat tomon harakat qiladi.  

 


39 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 

1.Karimov I.A. - "O`zbekiston bozor munosabatlariga o`tishning o`ziga xos yo`li". 

O`zbekiston milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-tom. T. O`zbekiston-1996. 

2.Karimov  I.A.-  "O`zbekistonning  o`z  istiqlol  va  taraqqiyot  yo`li"  O`zbekiston 

milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-tom. T. O`zbekiston-1996. 

3.Karimov  I.A.  -  "O`zbekiston  iqtisodiy  islohatlarni  chuqurlash-tirish  yo`lida".  T. 

O`zbekiston-1996. 

4.Karimov  I.A.-  "Ozod  va  obod  Vatan  erkin  va  farovon  hayot  –  pirovard 

maqsadimiz". T. O`zbekiston-2000. 

5.Ekonomicheskaya teoriya. Pod. red. A.G.Gryaznovoy, T.V.CHechelovoy - M.: 

Ekzamen, 2004. - 478 s. 

6.Ekonomicheskaya teoriya. Pod red. V.D.Kamaeva. - 10-e izd., pererab. i dop. - 

M.: Gumanit. izd. tsentr VLADOS, 2004. - 265 s. 

7.David C.Colander “Economics” Irvin., 1993., Printed in the United States of 

America. 

8.David C.Colander “Microeconomics” Irvin., 1996., Printed in the United States 

of America. 

9.David C.Colander “Macroeconomics” Irvin., 1995., Printed in the United States 

of America. 

10.  Axmedov D.Q., Ishmuxammedov A.E.,Jumaev Q.X., Jumaev Z.A  

11. Makroiqtisodiyot. Darslik.- T.: TDIU, 2004,  240 b.  

12. Агапова Т.А., Серегина С.Ф. Макроэкономика: Учебник. М.:Дело и 

Сервис, 2001.  

13. Вечканов Г.С., Вечканова Г.Р. Макроэкономика: Торговая политика. 

Инфляция и безработица. Социалная политика. СПб.: ЗАО «Питер», 2005.  

14. Гайгер А., Линвуд Т.Макроэкономическая теория и переходная экономика. 

Пер. с англ. М.:ИНФРА-М, 1996.   

15. Галперин В.М., Гребенников П.И., Леусский А.И., Тарасевич Л.С.  

16. Макроэкономика: Учебник. СПб.:СПбГУЕФ,1997.  



40 

 

17. Дорнбуш Р.,Фишер С. Макроэкономика. М.:МГУ,1997.  



18. Yo’ldoshev  

Z.,  


Qosimov   M.S.  Makroiqtisodiyot   asoslari.  

T.:  


19. «O’qituvchi»,1994  

20. Менкю Н.Г. Макроэкономика. М.:МГУ,1997.  

21. Селишчев А.С. Макроэкономика: Откритая экономика. Причини 

экономического роста. Динамика рынков. СПб.: ЗАО «Питер», 2005.  

22. 19.Xodjaev R., Maxmudov B., Xadjaev X., Ergashev E, Egamberdiev R. Mikro 

va makroiqtisodiyot.O’quv qo’llanma-T.:”ILM ZIYO” 2012, 324 b.  

23. 20. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “2012 yil Vatanimiz 

taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi” nomli ma’ruzalarini 

o’rganish bo’yicha O’quv-uslubiy majmua. – Toshkent: Iqtisodiyot. – 2012, 282 

b.   


24. 21.Abulkasimov X. Makroiqtisodiy tartibga solish va O’zbekistonning barqaror 

rivojlanishi. Monografiya. – T. “Akademiya”, 2011, 92 b.  



25. O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligining rasmiy ma’lumotlari  

 

Internet saytlari: 



W W W. bamm .ru 

W W W. edu .uz va boshqalar. 

 

 



 

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling