Mavzu: Yalpi talab yalpi taklif va ularning hajmiga tasir etuvchi omillar
Milliy mahsulotning real hajmi. Yalpi talab, yalpi taklif va narxlar
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Yalpi talab - yalpi taklif-конвертирован
- Bu sahifa navigatsiya:
- Narxlar darajasi
- Real hajmi chizma. Jami taklif egri chizig’i.
- Narxlar
- 3. Yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi muvozanat va uning o’zgarishi
- Yalpi talab egri chizig’i va yalpi taklif egri chizig’i kеsishgan nuqta umumiqtisodiy muvozanatni ifodalab, bu holatga narxning muvozanatli
- Yalpi
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
- W W W. edu .uz va boshqalar.
Milliy mahsulotning real hajmi. Yalpi talab, yalpi taklif va narxlar darajasi o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik. Narxlarning yuqori darajasi ishlab chiqaruvchilarga qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarishga rag’bat yaratadi va aksincha past narxlar mahsulot ishlab chiqarish hajmini qisqarishga olib keladi. Shuning uchun ham milliy ishlab chiqarish hajmi bilan narxlar darajasi o’rtasida to’g’ri aloqa mavjud. Demak, mahsulot ishlab chiqarish hajmi narxlar o’sib borishi bilan o’sib, pasayishi bilan tushib boradi. Yalpi taklif (AS) egri chizig’i alohida tovar taklifi egri chizig’idan farq qilib uch qismdan, gorizontal yoki keyns kesmasi, ko’tarilib boruvchi yoki oraliq kesma hamda vertikal yoki klassik kesmadan iborat. Bu umumiy taklifni tahlil qilishga klassik va keynschilarga xos yondashuv bilan izohlanadi. Iqtisodiy adabiyotlarda ko’pincha oraliq kesma ham keyns kesmasiga kiritib yuboriladi. Yalpi taklif egri chizig’idagi bu kesmalar qanday iqtisodiy vaziyatlarni aks ettiradi? 1. Keyns kesmasida milliy ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi to’liq bandlik sharoitidagi milliy ishlab chiqarish hajmidan kamdir. Demak, gorizontal kesma iqtisodiet inqirozga uchragan va katta miqdordagi resurslardan foydalanilmagan sha-roitni ko’rsatadi. Foydalanilmayotgan ushbu resurslarni narxlar darajasiga ta’sir ko’rsatmagan holda ishga tushirish mumkin. Bu kesmada milliy ishlab chiqarish hajmi oshishi narxlar darajasi o’zgarmay qolgan sharoitda ro’y bsradi. Narxlar darajasi
R
R
АS
АD
Talab egri chiz ig’i
Taklif egri chizig’i
27
Real hajmi chizma. Jami taklif egri chizig’i. Yalpi talabning Keyns kesmasida iqtisodiyotni nisbatan qisqa muddatda amal qilishini xarakterlaydi. Umumiy talabni tahlil qilish quyidagi shartlarga tayanadi: - iqtisodiyot ishlab chiqarish omillari to’liq band bo’lmagan sharoitda amal qiladi; - narxlar, nominal ish haqi qayd etilgan, bozor tebranishlaridan juda kam ta’sirlanadi; - real miqdorlar (ishlab chiqarish, bandlilik, real ish haqi) harakatchan va bozor tebranishlaridan tez ta’sirlanadi. 2. Vertikal yoki klassik kesma. Egri chiziq bo’yicha o’ngga surilishi natijasida ishlab chiqarishning mavjud hajmida iqtisodiyot to’liq bandlik sharoitiga yoki ishsizlikning tabiiy darajasi sharoitiga erishgan vaziyatni ko’ramiz. Iqtisodiyot egri chiziqning bu kesmasida o’zining ishlab chiqarish potentsiali darajasida bo’ladi. Bu shuni bildiradiki, narxlarning har qanday oshishi ishlab chiqarish hajmining oshishiga olib kelmaydi. Chunki, iqtisodiyot to’liq quvvatda faoliyat ko’rsatayapti. To’liq bandlik sharoitida ayrim firmalar boshqa firmalarga nisbatan resurslarga yuqoriroq narxlarni taklif etish orqali ishlab chiqarish hajmini oshirishga harakat qiladi. Ammo, bunday holatda ayrim firmalarning resurslar va ishlab chiqarish hajmini oshirishi, boshqalari uchun yo’qotishga olib keladi. Natijada bu mahsulotlar narxi oshishi mumkin, lekin ishlab chiqarishning real hajmi o’zgarmay qoladi. Klassik nazariyada yalpi taklifni tahlil qilish quyidagi shartlarga tayanadi:
P
Narxlar
Y
Gorizontal yoki keynsian kesma
Ko’tarilib boruvchi
yoki oraliq kesma
Vertikal yoki
klassik kesma
28
- ishlab chiqarish hajmi faqatgina ishlab chiqarish omi- lari hajmiga va texnologiyalarga bog’liq va narxlar darajasiga bog’liq emas; - ishlab chiqarish omillari va texnologiyalarda o’zgarish sekinlik bilan ro’y beradi; - iqtisodiyot to’liq bandlik sharoitida amal qiladi, ya’ni ishlab chiqarish hajmi potentsial darajaga teng; - narxlar va nominal ish haqi o’zgaruvchan, ularning o’zgarishi bozorlarda muvozanatni ta’minlab turadi. 3. Oraliq kesma — ishlab chiqarish real hajmining o’sishi narxlar darajasining o’sishiga mos ravishda o’sib boradi. Nima uchun? Chunki, iqtisodiyotning pasayish holatidan to’liq bandlikka o’tishi notekis va turli vaziyatlarda ro’y beradi. Masalan, ayrim tarmoqlarda resurslarning yotishmasligiga duch kelinsa, boshqa tarmoqlarda hozircha ortiqcha resurslar mavjud bo’ladi. Shuningdek, ular ishlab chiqarishni kengaytirish uchun yangi asosiy vositalar sotib olish
va
malakasiz mutaxassislardan foydalanishiga to’g’ri keladi. Bu esa mahsulotlar birligiga ketadigan xarajatlarning oshishiga va natijada narxlar darajasining o’sishiga olib keladi. Ishlab chiqarish hajmi ko’payishi yoki kamayishi narxga bog’liq bo’lmagan omillar hisobiga ham ro’y berishi, bu omillar esa yalpi taklif egri chizig’ini o’ng yoki chap tomonga siljitishi mumkin. Narxga bog’liq bo’lmagan omillarnig xususiyati shundaki, ular mahsulot birligiga ketgan xarajatlarga bevosita ta’sir qiladi va shu orqali yalpi taklif egri chizig’ining siljishiga sabab bo’ladi. Bu omillar quyidagilardan iborat 1. Resurslarga bo’lgan talabning o’zgarishi: ichki bozordagi resurslar miqdorining kamayishi ularning narxining oshishiga olib keladi: • er resurslari; • mehnat resurslari; • kapital;
29
• tadbirkorlik qobiliyatlari; ➢ valyuta kursining o’zgarishi sababli import resurslar narxlaridagi o’zgarishlar; ➢ bozordagi hukmronlik va monopoliya, OPEK tomonidan neft narxaning ko’tarilishi. 2. Ishlab chiqarish unumdorlikdagi o’zgarishlar . 3. Huquqiy me’yordagi o’zgarishlar: ➢ soliq va subsidiyalarning o’zgarishi; ➢ davlatning tartibga solish jarayonidagi o’zgarishlar, davlat tomonidan iktisodiyotni tartibga solinishi oxiri oqibat ishlab chikarish xarajatlarini oshiradi. Masalan, soliq turlarini ko’paytirilishi qo’shimcha buxgalterning xizmatidan foydalanishga majbur qilishi mumkin, ya’ni davlat tomonidan iqtisodiyotni yuqori darajada tartibga solinishi qog’oz ishini ko’paytiradi. 30
Yuqorida yalpi talab mamlakat miqyosida iqtisodiyotning hamma bo’limlarida va tarkibiy qismlarida yaratilgan turli tovar va xizmatlarni sotib olishga mo’ljallangan pullar miqdori sifatida, yalpi taklif esa iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va hududlari, korxona va tashkilotlarida sotish uchun ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning yalpi miqdori sifatida namoyon bo’lishini aytib o’tgan edik. Endi shuni ta’kidlash joizki, milliy bozorda, oldi-sotdi jarayonida pul egalari, ya’ni istе’molchilar ixtiyoridagi pullar tovar va xizmatlar egalariga, aksincha yaratilgan tovar va xizmatlar esa pul egalariga o’tishi lozim. Boshqacha aytganda tovarlar dunyosi bilan pul dunyosi o’rtasidagi harakat qarama-qarshi oqim hosil qiladi. Buning uchun esa pul egalari sotib olmoqchi bo’lgan tovar va xizmatlar tarkibi, miqdori, sifati hamda narxi bo’yicha ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar turi, miqdori, sifati hamda qiymati bilan mos tushishi lozim. Bunday moslikning qanchalik ta’minlanishi turli bozorlar orqali aniqlanadi va tartibga solinadi. Bu moslik darajasi yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi muvozanat va uning o’zgarishi orqali aniqlanadi. Yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi nisbatni quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin. Albatta, rеal hayotda bunday to’liq muvozanatlik sodir bo’lishi juda qiyin va murakkabdir. Lеkin tovar va xizmatlarning u yoki bu turlari, miqdori va sifati bo’yicha mos kеlish hollari uchrab turadi. Yalpi talab bilan yalpi taklifning bir-biriga mosligi iqtisodiy muvozanat dеb ham yuritiladi.
31
Yalpi talab egri chizig’i va yalpi taklif egri chizig’i kеsishgan nuqta umumiqtisodiy muvozanatni ifodalab, bu holatga narxning muvozanatli darajasi va milliy ishlab chiqarishning muvozanatli rеal hajmi orqali erishiladi. Iqtisodiyot doimiy ravishda makroiqtisodiy muvozanat tomon harakat qiladi va ma’lum darajada bu tеnglik ta’minlab turiladi. Biroq, yalpi talab va yalpi taklifga ta’sir etuvchi omillarning o’zgarib turishi natijasida muvozanat buziladi va iqtisodiyot yangi muvozanat tomon harakat qiladi. Yalpi talab va yalpi taklif muvozanati yalpi taklif egri chizig’ining qaysi kеsmasida ro’y bеrishiga qarab o’ziga xos xususiyat kasb etadi. Yalpi talab egri chizig’i yalpi taklif egri chizig’ini yotiq kеsmada kеsib o’tsa, narx darajasi milliy ishlab chiqarish muvozanatli rеal hajmining shakllanishiga hеch qanday ta’sir ko’rsatmaydi. Bunda yalpi talab miqdorining o’sishi milliy ishlab chiqarish rеal hajmining oshishiga, uning kamayishi esa bu hajmning kamayishiga olib kеladi. Biroq, bu o’zgarishlar iqtisodiyotdagi umumiy narx darajasining o’zgarishisiz ro’y bеradi. Narxlarning muvozanatli darajasi deganda
shunday narx
darajasi tushuniladiki, unda yalpi talab va taklif hajmi bir-biriga mos kelishi yoki teng bo’lishi kerak. Avvalo yalpi talab egri chizig’i va yalpi taklif egri chizigining oraliq kesmada mos kelishini ko’rib chiqamiz. Narxlarning muvozanatli darajasi va milliy ishlab chiqarish hajmining muvozanatli darajalari mos ravishda Re va Ye lar bilan belgilangan. Nima uchun Re narxlarning muvozanatli darajasi va Ye milliy P e
e
P 1
AD
Y
1 Y
e Y
2
Y
32
ishlab chiqarishning muvozanatli darajasini bildirishini ko’rsatishimiz uchun narxlarning muvozanatli darajasi Re emas, balki R1 deb hisoblaymiz. Narxlar darajasi R1 bo’lgan vaziyatda korxonalar milliy ishlab chiqarish hajmini Y1 miqdoridan oshirmaydi. Iste’molchilar narxlar darajasi R1 bo’lganda mahsulotlarni Y2 darajada sotib olishga tayyor turadi. AD>AS bo’lganligi tufayli iste’molchilar o’rtasidagi raqobat narxlar darajasini Re gacha suradi. Narxlar darajasining R1 dan Re gacha ko’tarilishi ishlab chiqarish hajmini Y1 dan Ye gacha oshirishga va iste’molchilarning talabini Y2 dan Ye gacha kamaytirishga olib kelali. Va bu AD, AS to’g’ri chiziqlari e nuqtada kesishadi. Demak, aynan Re narx narxlarning muvozanatli darajasi va e muvozanat nuqtasidir. R AS chizma. Yalpi taklif egri chizig’ining oraliq kesmadagi muvozanat chizmada yalpi talab egri chizig’i yalpi taklif egri chizig’ini Keyns kesmasida kesib o’tadi. Bunday vaziyatda narxlar darajasi hech qanday ahamiyatga ega emas. Buni tushunish uchun avvalo milliy ishlab chiqarishning muvozanatli hajmini Ye va muvozanatli narxlar darajasini Re bilan belgilaymiz. Muvozanatli ishlab chiqarish hajmi aynan Ye ekanligini isbotlash uchun bu hajmni Y 1 deb hisoblaymiz. U xolda AD keladi. Muvozanatli ishlab chiqarish hajmini Y 2 deb hisoblacak, aksincha, AS darajaga oshirishga undaydi. Shunday qilib aynan jami taklif va jami talabning kesishish nuqtasigina AD-AS modelda muvozanat nuqtasi va shu nuqtaga mos keluvchi ishlab chiqarish hajmi esa milliy ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi deyiladi. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, yalpi taklif egri chizig’ining keyns kesmasida yalpi talabning o’zgarishi ishlab chiqarish hajmining oshishi yoki kamayishiga olib keladi, narxlar darajasi esa o’zgarmaydi. 33
Yalpi talab egri chizig’ini AS egri chizig’ining vertikal kesmasida o’zgarsa bu ishlab chiqarish hajmiga ta’sir ko’rsatmaydi va faqat narxlar darajasi o’zgaradi, xolos. Ya’ni, bu kesmada talabning oshishi talab inflyatsiyasini keltirib chiqaradi. Yalpi taklifning bu kesmasida talabning har qanday o’zgarishi faqat narxlar darajasi o’zgarishga olib keladi. Ishlab chiqarish hajmi esa to’liq bandlik sharoitida o’zgarmay qoladi. Oraliq va vertikal kesmalarda narxlar o’sib borishi bilan kuzatilgan yalpi talabning ko’payishi talab inflyatsiyasi mavjudligini ko’rsatadi. Yalpi taklifning o’zgarishi muvozanat narxlar darajasiga va milliy ishlab chiqarish xajmining muvozanat darajasiga qanday ta’sir ko’rsatishini ko’rib chiqamiz.
Y chizma. Yalpi taklif egri chizig’ining keyns kesmasidagi muvozanati
Yalpi taklif o’zgarishining narxlarning va ishlab chiqarishning muvozanatli darajasiga ta’sirini 6-chizma misolida ko’rib chiqamiz. Narxdan boshqa omillar ta’sirida yalpi taklifning AS 1 dan AS
2 ga siljishi natijasida ishlab chiqarish xajmi Y 1
2 gacha kamayadi, narxlar darajasi esa R1 dan R2 gacha ko’tariladi, ya’ni stagflyatsiya ro’y beradi.
34
Boshqa bir vaziyatda, masalan, narxlarga bog’liq bo’lmagan omillardan birortasi o’zgarib, yalpi taklifning o’zgarishiga olib kelsin. Ya’ni, erning narxi pasaysa, korxonalardan olinadigan soliqlar kamaysa va bular natijasida mahsulot birligiga ketgan sarf-xarajatlar qisqarsa, unda jami taklif egri chizig’i AS 1 dan AS 3
holatga siljiydi. Bunda narxlar muvozanat darajasi R1 dan R3ga qadar pasayadi va ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi Y1 dan Y3 qadar oshadi, ya’ni, iqtisodiy o’sish holati ro’y beradi.
Yalpi
35
Taklif va talabni iqtisodiy nuqtai nazardan tahlil qilish, juda ko‘p va keng muammolarni hal qilishda universal vosita bo‘lib xizmat qiladi. Bunday muammolarga quyidagilar kirishi mumkin: jahondagi iqtisodiy sharoitlar o‘zgarishining mahsulot ishlab chiqarishga va uning samaradorligiga ta'siri; narxlarni nazorat qilish bo‘yicha davlat tomonidan ko‘riladigan chora-tadbirlarni baholash; iqtisodiy rag‘batlantirish va minimal ish haqini belgilash; soliqlarning, subsidiyalarning, importga qo‘yiladigan poshlinaning, ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar faoliyatining chegaralashlarning umumiy iqtisodiyotga ta'siri va hokazo. Talab va taklif orqali bozor mexanizmini o‘rganish, ularning grafiklarini tahlil qilishdan boshlandi. Ma'lumki, davlatning aralashuvisiz, talab va taklif muvozanat holatga keladi va unga asosan tovarning bozor narxi o‘rnatiladi hamda muvozanatni ta'minlaydigan mahsulotning umumiy hajmi o‘rnatiladi. Lekin, qanday qilib, narx va mahsulot hajmi talab va taklifning ba'zi bir xarakteristikalari bilan bog‘langan? Qanday qilib ular vaqt bo‘yicha o‘zgaradi va qanday qilib ularga umumiy iqtisodiy faollik, ish haqi xarajatlari ta'sir qiladi? Nima uchun talab va taklif bozorlar (raqobatlashgan, monopol, oligopol va boshqa) bo‘yicha farq qiladi? Nima uchun ba'zi bir bozorlarda tovarlar tanqis va hokazo savollarga javob berish uchun talab va taklifning diagrammasini qarashdan boshlaymiz. Yuqori narx, mavjud firmalarni ishlab chiqarishni kengaytirishga da'vat etadi, bozorga yangi firmalarni o‘z mahsuloti bilan kirib kelishini ta'minlaydi, ular ishlab chiqargan yuqori xarajatli rentabel bo‘lmagan mahsulotlari yuqori narxda rentabel bo‘ladi. Bunday holda, firmalarda ishlab chiqarishning kengayishi qisqa vaqt oralig‘ida intensiv bo‘lsa, uzoq muddatda esa ekstensiv amalga oshiriladi. Talab chizig‘i (Demand) iste'molchilarning berilgan narxlarda qancha miqdorda mahsulot sotib olish mumkinligini bildiradi. Talab chizig‘ining pastga ketishi, iste'molchilarning narx qancha past bo‘lsa, ular shuncha ko‘p mahsulot
36
sotib olishini anglatadi. Past narxlar, xaridorlarga yanada ko‘proq miqdorda tovarlar sotib olishiga hamda ilgari sotib olaolmayotgan iste'molchilarga esa hozir u tovarni sotib olishga imkon yaratadi. Xom ashyo narxi pasayishining taklif egri chizig‘iga boshqacha ta'sirini, ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori o‘zgarmaganda kuzatish mumkin. Haqiqatdan ham, o‘zgarmaganda, uni ishlab ishlab chiqarish uchun ketgan xarajat kamayadi (xom ashyo narxi pasaygani uchun), demak, tovar narxi ham kamayadi, ya'ni uning narxi dan ga o‘zgaradi. Bu o‘zgarish ishlab chiqarilgan tovar miqdoriga bog‘liq emas. Natijada, taklif egri chizig‘i o‘ngga siljiydi. Umuman olganda, xom ashyo narxi o‘zgarishining taklif chizig‘iga ta'sirini o‘rganishda, yuqorida keltirilgan ikki hol ham xususiy hollardan bo‘lib, eng chetki holatlarni anglatadi. Haqiqatda esa, xom ashyo xarajatlari kamayganda narx ham, tovar miqdori ham o‘zgarishi mumkin. Bu o‘zgarishlar yangi taklif egri chizig‘ining talab chizig‘i bilan muvozanatga kelishi bilan bog‘liqdir
37
Yalpi talab – bu barcha istе’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar va davlat tomonidan narxlarning muayyan darajasida turli tovarlar va xizmatlarni sotib olish mumkin bo’lgan milliy iqtisodiyotdagi rеal pul daromadlari hajmidir. Yalpi talab turli tovarlarning miqdori, sifati va narx darajasiga bеvosita bog’liq. Agar yakka talab egri chizig’i turli narx ko’rsatkichlarida alohida istе’molchining muayyan tovarga bo’lgan talabi miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalasa, yalpi talab egri chizig’i mamlakatdagi narxlarning turli darajasi hamda ishlab chiqarishga bo’lgan talab hajmi o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi. Yalpi taklif – bu mamlakatda narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqarilib, sotishga chiqarilayotgan barcha tovarlar va xizmatlar hajmidir. Bu narxlarning har xil mumkin bo’lgan o’rtacha darajasida milliy ishlab chiqarishning mavjud rеal hajmini ko’rsatadi. Yalpi taklifga eng avvalo narxlar darajasi bilan ishlab chiqarilgan tovarlar ijtimoiy qiymati o’rtasidagi nisabtning o’zgarishi ta’sir ko’rsatadi. Narxlar darajasining qiymatdan oshishi qo’shimcha tovarlar ishlab chiqarish uchun rag’bat yaratadi. Narxlar darajasining qiymatdan pasayishi esa tovar ishlab chiqarishning qisqarishiga olib kеladi. Shu sababli narxlar va milliy ishlab chiqarish hajmi o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri yoki bеvosita bog’liqlik mavjud bo’ladi. Yalpi taklifga narxdan tashqari yana bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi: a) rеsurslar narxining o’zgarishi; b) samaradorlikning o’zgarishi; v) huquqiy mе’yorlarning o’zgarishi. Iqtisodiyot nazariyasida yalpi taklifga uch xil nuqtai nazardan yondashuv mavjud: yalpi taklif narxlar darajasiga bog’liq emas; narxlar darajasiga bеvosita bog’liq; yalpi taklifning o’sishida yoki kamayishida narxlar darajasi o’zgarishsiz qoladi. Shuning uchun yalpi taklif egri chizig’i grafigi uchta kеsmaga ega: tik, yotiq va oraliq kеsmalar.
38
Yalpi talabning o’sishi yalpi taklifga turlicha ta’sir qiladi: taklif egri chizig’ining kеynscha kеsmasida taklif aynan o’sha miqdorga ortadi, oraliq kеsmada – narxlar darajasining o’sganligi uchun taklif oz miqdorda ortadi; klassik kеsmada esa – yalpi taklifda o’zgarish bo’lmaydi, chunki barcha rеsusrlar jalb etilgan bo’ladi, lеkin narxlar darajasi kеskin o’sadi. Yalpi talab egri chizig’i va yalpi taklif egri chizig’i kеsishgan nuqta umumiqtisodiy muvozanatni ifodalab, bu holatga narxning muvozanatli darajasi va milliy ishlab chiqarishning muvozanatli rеal hajmi orqali erishiladi. Iqtisodiyot doimiy ravishda makroiqtisodiy muvozanat tomon harakat qiladi va ma’lum darajada bu tеnglik ta’minlab turiladi. Biroq, yalpi talab va yalpi taklifga ta’sir etuvchi omillarning o’zgarib turishi natijasida muvozanat buziladi va iqtisodiyot yangi muvozanat tomon harakat qiladi.
39
1.Karimov I.A. - "O`zbekiston bozor munosabatlariga o`tishning o`ziga xos yo`li". O`zbekiston milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-tom. T. O`zbekiston-1996. 2.Karimov I.A.- "O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li" O`zbekiston milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-tom. T. O`zbekiston-1996. 3.Karimov I.A. - "O`zbekiston iqtisodiy islohatlarni chuqurlash-tirish yo`lida". T. O`zbekiston-1996. 4.Karimov I.A.- "Ozod va obod Vatan erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz". T. O`zbekiston-2000. 5.Ekonomicheskaya teoriya. Pod. red. A.G.Gryaznovoy, T.V.CHechelovoy - M.: Ekzamen, 2004. - 478 s. 6.Ekonomicheskaya teoriya. Pod red. V.D.Kamaeva. - 10-e izd., pererab. i dop. - M.: Gumanit. izd. tsentr VLADOS, 2004. - 265 s. 7.David C.Colander “Economics” Irvin., 1993., Printed in the United States of America. 8.David C.Colander “Microeconomics” Irvin., 1996., Printed in the United States of America. 9.David C.Colander “Macroeconomics” Irvin., 1995., Printed in the United States of America. 10. Axmedov D.Q., Ishmuxammedov A.E.,Jumaev Q.X., Jumaev Z.A 11. Makroiqtisodiyot. Darslik.- T.: TDIU, 2004, 240 b. 12. Агапова Т.А., Серегина С.Ф. Макроэкономика: Учебник. М.:Дело и Сервис, 2001. 13. Вечканов Г.С., Вечканова Г.Р. Макроэкономика: Торговая политика. Инфляция и безработица. Социалная политика. СПб.: ЗАО «Питер», 2005. 14. Гайгер А., Линвуд Т.Макроэкономическая теория и переходная экономика. Пер. с англ. М.:ИНФРА-М, 1996. 15. Галперин В.М., Гребенников П.И., Леусский А.И., Тарасевич Л.С. 16. Макроэкономика: Учебник. СПб.:СПбГУЕФ,1997. 40
17. Дорнбуш Р.,Фишер С. Макроэкономика. М.:МГУ,1997. 18. Yo’ldoshev Z.,
Qosimov M.S. Makroiqtisodiyot asoslari. T.:
19. «O’qituvchi»,1994 20. Менкю Н.Г. Макроэкономика. М.:МГУ,1997. 21. Селишчев А.С. Макроэкономика: Откритая экономика. Причини экономического роста. Динамика рынков. СПб.: ЗАО «Питер», 2005. 22. 19.Xodjaev R., Maxmudov B., Xadjaev X., Ergashev E, Egamberdiev R. Mikro va makroiqtisodiyot.O’quv qo’llanma-T.:”ILM ZIYO” 2012, 324 b. 23. 20. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi” nomli ma’ruzalarini o’rganish bo’yicha O’quv-uslubiy majmua. – Toshkent: Iqtisodiyot. – 2012, 282 b.
24. 21.Abulkasimov X. Makroiqtisodiy tartibga solish va O’zbekistonning barqaror rivojlanishi. Monografiya. – T. “Akademiya”, 2011, 92 b. 25. O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligining rasmiy ma’lumotlari
Internet saytlari: W W W. bamm .ru W W W. edu .uz va boshqalar.
Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling