Mavzu: Yangi davr psixalogiyasiga umumiy tavsifnoma


Download 79.71 Kb.
bet6/7
Sana17.06.2023
Hajmi79.71 Kb.
#1529483
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Yangi davr psixalogiyasiga umumiy tavsifnoma

Qiyosiy psixologiya
Turli toifadagi hayvonlar xulqini qiyosiy tarzda laboratoriya sharoitida o’rganadi, odam va hayvon xulqiga oid umumiyliklarni asoslaydi

Psixofiziolog
Insondagi psixologik va fiziologik jarayonlarning xususiyatlarini o’rganadi

Psixofiziolog
Inson xulqining biologik asoslarini o’rganadi

Ijtimoiy psixolog
Kichik guruhlar va jamoalar rivojlanishi va psixologiyasini o’rganadi

Maktab psixologi
Muvaffiqiyatli o’qishga xalaqit beruvchi omillarni diagnostika qiladi

Zoopsixolog
Oliy toifali hayvonlar xulq-atvorini o’rganadi

Eko-psixolog
Inson ehtiyojlariga mos tarzda turar-joylar va binolarni loyihalashtirishga yordam beradi

Salomatlik psixologiyasi bo’yicha mutaxassis
Psixogigiyena va psixoprofilaktika, turmush darajasining infratuzilmasini oshirish masalalari bilan shug’ullanadi

Biroq ayrim tarmoqlardagi psixolog mutaxassisning bajaradigan ishlari va mavqyeida tafovutlar va farqlar mavjud. O’zbekistonda ham mustaqillik yillarida inson omiliga berilayotgan e’tibor tufayli psixologiya fani o’z yutuqlarini xalq ho’jaligining deyarli barcha tarmoqlariga joriy etish imkoniyati tug’ildi. Shu bois ham bugungi kunda maktab psixologi, salomatlik psixologi tayyorlash, reklama va marketing sohasi, boshqaruv va ishlab chiqarishni tashkil etish borasida fanning amaliyotga aralashuvi jarayoni tezlashdi. Oliy o’kuv yurtlarida tayyorlanayotgan psixolog kadrlarning asosiy sifat belgisi ham ularning amaliyotda o’z bilimlarini tadbiq eta olish malakasi bilan aniqlanmoqda. Demak, XXI asr psixologiyasi o’zining tadbiqiy xarakteri bilan ajralib turadi va uning tarmoqlari rivoji va samaradorligi ilmiy va nazariy bilimlarning nechog’li xalq ho’jaligining turli tarmoqlariga joriy etilishi bilan izohlanadi.




Xulosa:
Umuman psixologiyaning va uning har bir alohida tarmoqlarining o’ziga xos metodlari bor. Ular ijtimoiy xulq va alohida individ ichki dunyosini kompleks tarzda o’rganish imkonini beradi. Gap shundaki, ularni o’z vaqtida va professional tarzda qo’llay bilish va olingan natijalardan to’g’ri xulosalar chiqara olishdir. Yangi davr va psixologiya, sinergetik yondoshuv, akmeologik yondoshuv, psixologiya fanining dolzarbligi, psixikaning zamonaviy va klassik ta’riflari, psixik jarayonlar, psixologiyaning tarmoqlari, psixologik tarmoqlar klassifikasiyasi, psixologiya fanining metodlari, kuzatish metodi, so’rov metodi, psixologik testlar, psixologik eksperiment, modellashtirish. Yangi davr har bir insondan psixologik bilimlarni egallashni talab etadi. Buning uchun shaxs psixikasining namoyon bo’lish shakllari: psixik jarayonlar, psixologik holatlar, shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini bilish zarur bo’ladi. Hozirgi kunda bu psixologiya fanining 300 dan ortiq sohasi alohida ravishda shakllangan. Fan sifatida psixologiya avvalo, “ijtimoiy gumanitar”, so’ngra “tabiiy, aniq va texnika” va eng oxirida “iqtisodiyot” blokidan o’rin olgan bir qator fanlar bilan uzviy bog’liq bo’lib, bu tom ma’noda uning jamiyatda amaliy ahamiyati ortib borayotganligidan darak beradi.



Download 79.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling