Mavzu: Yangi O’zbekiston kelajagi yoshlar qo’lida


Download 26.43 Kb.
Sana28.02.2023
Hajmi26.43 Kb.
#1236020
Bog'liq
Yangi O\'zbekiston kelajagi yoshlar qo\'lida

Mavzu: Yangi O’zbekiston kelajagi yoshlar qo’lida.


Reja:

  1. Yoshlar - bu mamlakat kelajagi!

  2. Bugungi kun yoshlari .

  3. Yosh avlodning bilimli va ma’rifatli bo’lishi uchun amalga oshirilayotgan ishlar .

  4. Yangi Oʻzbekistonni, albatta, yoshlar bilan birga quramiz. 

Yoshlar - bu mamlakat kelajagi! Bu bir oddiy shior emas. Bu so’zning ortida keng bir ma’nolar bor. O’tgan asrlarda ham , tinchlik va urush paytlarida ham mamlakat kelajagi yoshlar qo’lida edi . Davlat ularga urush vaqtida , urushdan keyin inqiroz vaqtida ham ularga tayangan . Chunki ular yosh va sog’lom , baquvat . Ular yangi binolar quradilar , yangi texnalogiyalar ishlab chiqib davlatni qayta oyoqqa ko’tarishga katta hissalarini qo’shadilar. Katta avlodning vazifasi yosh avlodga bu murakkab dunyoda ularga o’z o’rinlarini topishga yo’l ko’rastish. Masal yosh niholni ham o’z holiga qo’ysangiz , qiyshiq o’sib ko’ngilni xira qiladi. Unga mehr berib ishlov bersangiz , ham mevasini tatib , soyasida dam olib rohatlanasiz . Yosh avlodga yoshligidan o’zini anglashga, ota-onaga muhabbat ,Vatanga bo’lgan sadoqat, uning gullab yashnashi uchun o’z hissasini qo’shishda bilim va tarbiyamizni o’rnak qilib ko’rsatishimiz kerak. Birinchi navbatda ota – onalar yoshlarning kelajagi uchun javobgardir. Farzandning kelajakda qanday inson bo’lib kamol topishida ular bergan tarbiyaning roli katta. Yoshlik davrida barcha muammolar oson hal qilinadi, to’siqlar chetlab o’tish va orzular osongina amalga oshadigan vaqtdir. Shu vaqt oralig’ida ushu fursaddan unumli foydalanish zarur. Yoshlar o’z sadoqati, jasorati, yangi g’oyalaru – ilmlari bilan Vatan ravnaqi uchun o’z hissalarini qo’shishlari zarurdir.


Ushbu inshoni yoza turib mening xayotimni tubdan o’zgartirgan motivatsiya bergan gap yodimga keldi . Bugungi kun yoshlari qo’llaridan juda ko’p imkonyatlarni boy berishyabdi. Chunki ular o’zini atrofidagi tendoshlari bilan solishtitayotganligi, o’zining maktabidagilar bilan bilim darajasini solishtirayotganligida. Menda ham shunay hol bo’lgan. Maktabda eng yaxshilar qatorida bo’lishga harakat qilganman , lekin kollejga o’tganimda mendan ham juda ko’p bilimlilar borligini ko’rganman. Biz yoshlar faqatgina atrofimizdagilar bilan cheklanib qolmasdan, boshqa mamlakat yoshlari bilan raqobatlasha oladigan , ulardan ham o’ta oladigan darajada o’z ustimizda ishlashimiz kerak . Bizning raqibimiz atrofimizdagilar emas , ular Angilyada, Amerikada , Yaponyada ularga yaratib berilgan imkonyatlardan foyadalanib yangi dasturlar va texnalogiyalar yaratish ustida ish olib borishmoqda ,yangi inovatsiyalar yaratishmoqda. Biz yoshlar ham bizlarga berilgan imkonyatlardan o’z vaqtida to’g’ri foydalanishimiz kerak. Mamlakatimiz kelajagi bo’lmish yoshlar har tamonlama yetuk, bilimli , komil inson bo’lib tarbiyalash uchun bugungi kunda ularning barcha huquq va erkinliklari, imkoniyat va manfaatlarini himoya qilish zamon bilan hamnafas takomillashib bormoqda. Biz yoshlar o’z oldimizga aniq maqsad qo’ya olsakgina o’sha maqsad sari intilsak yuksak cho’qqilarni zapt eta olamiz. Bizning ajdodlarimizdan buyuk allomalar chiqqan. Muhammad al-Xorazimiy, Ahmad Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino , Mirzo Ulug’beklar o’z asarlari , strategiyalari , yaratgan kashfiyotlari bilan dunyoni hozirgacha lol qoldirib kelishmoqda . Bizning ham tomirimizdan ajdodlarimiz qoni oqmoqda. Biz yoshlar, ajdodlarimiz sinagri o’z iqtidor va iste’dodimiz , yangi kashfiyotlarimiz bilan Vatanimiz bayrog’ini ko’klarga ko’tarmog’imiz darkor .
Yurt boshimiz aytganlaridek : “Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo’lib kamolga yetishi bilan bog’liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o’z salohiyatini namoyon qilish uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat”. Darhaqiqat aholimizning yarmidan ko’pi yoshlardan iborat. Yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol, intellektual salohiyatli, yurtda amalga oshirilayotgan islohotlardan befarq bo’lmagan , yurtning ertangi kelajagi uchun maqsadlarini amalga oshirib, serg’ayrat, sadoqatli, vatanparvar , komil shaxslar sifatida tarbiyalash yurtimizni dunyoning eng rivojlangan davlatlari safidan o’rin olishiga katta hissasini qo’shadi. Hozirgi kunda yurtimizda yoshlarga katta imkoniyat yaratib berilmoqda. Maktablar qurilib ularni Yevropa bilan raqobatlasha oladigan darjada jihozlash , yangi zamonaviy kutubxonalar, talabalar yotoqxonasi, har bir viloyatlarda prezident maktablari ,yoshlarni qiziqishidan kelib chiqb 1,5 mingtadan oshiq to’garaklar , sport inshootlari tashkil etilmoqda. Nafaqat ta’lim balki sport , musiqa va san’at yo’nalishlarda ham keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda . Yoshlarni bo’sh vaqtdan unumli foyadalanish maqsadida fan olimpidalariga jalb etib medallar va sovrunlar bilan taqdirlashmoqda. Yoshlarni internetdagi zararli xurujlardan asrash , ularni axborot texnalogiyalardan unumli foydalanishga o`rgatish masalalari bo’yicha ilg`or xalqaro tajribalar asosida hududlarda raqamli texnalogiyalar o`quv markazlari tashkil etilmoqda. Bir so`z bilan aytganda, yoshlarga yaratilgan imkoniyatlarning chek –chegarasi yo`q . Yoshlarning ta`lim olishi, kasb-hunar egallashi, yetuk insonlar bo’lib ulg`ayishi yo`lida zamonaviy, ilg`or-innovatsion shart-sharoitlarni yaratib berish uchun Vatanimiz jonkuyarlari bor kuch va imkoniyatlarini ishga solmoqda. Natijada bugun yuksak bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, qat`iy pozitsiyaga ega yoshlar mamlakatning ertangi tarraqiyotida muhim o’rin egallaydi .
Xulosa qilib aytish joizki, har bir inson o’z oldiga aniq maqsad qo’ya olsagina o`sha maqsad sari intiladi va yuksaklarga erishadi. Biz yoshlar qanchalik bilimli, tarbiyali, dunyoqarashi keng, yetuk inson bo’lib ulg`aysak, yangi O`zbekistonni qurishga shu qadar kamarbasta bo’lamiz. Nafaqat yoshlar, balki jamiyatning barcha a`zolari ham bilimli, tarbiyali ,vatanparvar bo’lishlari kerek. Ilm yo’q joyda qoloqlik, jaholat va albatta to`g`ri yo`ldan adashish bo`ladi . Umid bilan suqulgan tayoq, bir kun berar meva-yu yaproq, deganlaridek, keling yurtdoshim Vatanimizni faravon hayotini ta’milash uchun bir musht bo’laylik, yangi O’zbekistonni birga quraylik !
Download 26.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling