Mavzu: Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Yangi O‘zbekiston orzusi. Yangi O‘zbekiston fenomeni
Download 248.06 Kb. Pdf ko'rish
|
1-topshiriqning javobi
Mavzu: Yangi O‘zbekiston strategiyasi. 1.Yangi O‘zbekiston orzusi. Yangi O‘zbekiston fenomeni. Bu yorug‘ dunyoga kelgan har bir inson orzu-umidlar bilan yashaydi, kelajak haqida turli-tuman rejalar tuzadi, xayrli niyatlar qiladi. Xuddi shunday har bir xalqning ham tinch-totuv yashash, farovon hayot, barqaror taraqqiyot bilan bog‘liq orzulari bo‘lishi tabiiy. Jahon xalqlari siyosiy lug‘atlarida "Amerika orzusi", "Britaniya orzusi", "Rossiya orzusi", "Yaponiya orzusi", "Xitoy orzusi" degan tushunchalar mavjudligi buni yaqqol tasdiqlaydi.Ular besabab va tasodifan shakllanmagan. Ushbu tushunchalarning har biri o‘sha xalqning umumiy orzu-umidlari, ular yashayotgan davr va kelajakka doir maqsad-muddaolarni ifoda etadi.Muayyan xalq yoki hudud aholisining asrlar davomida shakllangan va umumijtimoiy orzularini ifodalaydigan bunday tushunchalar zamirida nihoyatda teran ma’no- mazmun mujassam ek ani shubhasiz. Bugungi kunda Yangi O‘zbekiston strategiyasi xuddi shunday hayotbaxsh xususiyat kasb etmoqda, xalqimizni yorug‘ kelajakka chorlab va yangilanishga safarbar qilib, umumiy maqsadlar yo‘lida birlashtirib turadigan yaxlit ma’naviy asos va mezonga aylanib bormoqda. O‘z kuch va imkoniyatlarimizga bo‘lgan ishonch bizni Yangi O‘zbekistonni barpo etish va Yangi Uyg‘onish davri poydevorini yaratishdek ulug‘ maqsad yo‘lida birlashtirib, yanada kuchli va mustahkam qilmoqda.Bizning zimmamizga tushgan ana shunday ulkan, tarixiy missiyani muvaffaqiyatli ado etish, jonajon Vatanimizni yanada taraqqiy ettirishga qaratilgan og‘ir va mashaqqatli, shu bilan birga, g‘oyat sharafli intilishlar ulkan amaliy harakat va natijalarga aylanib bormoqda.Shu jihatdan, Yangi O‘zbekiston - barchamizning ezgu orzumiz, mehnatkash, tinchliksevar xalqimizning orzusi!Unda xalqimizning azaliy umid- niyatlari, yuksalish sari intilishlari o‘ziga xos tarzda aks etmoqda. Yangi O‘zbekiston orzusi ham, jahondagi milliy taraqqiyot g‘oyalarini o‘zida jamlagan boshqa favqulodda hodisalar kabi, asrlar davomida shakllanib va sayqallanib kelmoqda.Bu orzuda mujassam bo‘lgan xalqimizning istagi, xohish- irodasi insonparvar va taraqqiyparvar g‘oyalarda o‘z ifodasini topganiga qadim tariximiz guvoh. Davrlar nafasi va xalqning ehtiyoj hamda manfaatlari, intilish hamda orzu-havaslariga monand ravishda u, goh ezgulik va adolat, goh qudratli davlat va adolatli shoh, goh komil inson va ma’rifatli jamiyat bilan bog‘liq olijanob g‘oyalarda namoyon bo‘lgani ma’lum. U dastlab, qadimgi davrlarda "Avesto"da o‘z talqinini topgan hayotiy g‘oyada mujassam edi, desak to‘g‘ri bo‘ladi. Ayni shu orzu "Ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal" tamoyilining xalq tafakkuri va turmush tarzidan mustahkam o‘rin olishiga sabab b o‘ldi. Shu tariqa ezgulik va insonparvarlikni himoyalash xalqimiz mentaliteti va ma’naviyatining muhim tarkibiy qismiga, hayotiy faoliyatining asosiy yo‘nalishiga aylandi. O‘zbekiston tushunchasida mujassam bo‘lgan xalq orzusi tarixiy taraqqiyotning barcha davrlarida millatning yetuk vakillarini uni ro‘yobga chiqarish yo‘lida amaliy harakatlarga undab keldi. Qadimiy Turon hududida sak-massagetlarni ruhlantirib, dushmanlarga qarshi ayovsiz jangga boshlagan,To‘marisning kuchiga kuch qo‘shgan qudrat, ku ch xalq orzusiemasmidi? Istilochilarning yovuz qo‘shinlariga yolg‘iz qarshi chiqish uchun afsonaviy Shiroqqa, aslida esa, nomlari olis tarix sahifalarida unut bo‘lgan qahramon bobolarimizga jasorat va qahramonlik hissini bergan ham ana shu manba emasmidi?Yengilmas Aleksandr Makedonskiyga qarshi butunSo‘g‘d va Baqtriyani safarbar qila olgan Spitamenga azmushijoat bag‘ishlagan ham xalq orzusi emasmidi? Bu asriy orzu xalqimiz erishgan Birinchi Renessansga va ilk o‘rta asrlardagi Ma’rifiy Uyg‘onish davriga asos bo‘lgan, uning ma’naviy poydevori sifatida xizmat qilgan desak, yanglishmagan bo‘lamiz. Ajdodlarimiz armonlari o‘sha davrda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Mansur Moturidiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi mutafakkir bobolarimiz hayoti, faoliyati, asarlarida o‘z talqinini topgan adolat va adolatparvarlik g‘oyalarida mujassam bo‘ldi.Bu oliy havas Mahmud Zamaxshariy va Najmiddin Kubroni uyg‘otdi, ushbu buyuk allomalarning g‘oyalarida, asarlari va xayrli amallarida aks etdi.Bu azaliy intilish Jaloliddin Manguberdini tarbiyaladi, uni haqiqiy vatanparvar, yovqur bahodir shaxsga aylantirdi. Garchand u boy berilgan saltanatni asrab qololmagan bo‘lsa-da, el-yurt mustaqilligi va ozodligi yo‘lida kurashgan mard inson, milliy qahramon sifatida asrlar osha xalkimizning tarixiy xotirasida abadiy saqlanib qoldi. Xalq orzusi Aziziddin Nasafiy, Abu Mu’in Nasafiy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Xoja Ahmad Yassaviy, Zangi ota, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahror Valiy kabi aziz avliyo bobolarimizni tarbiyaladi, ularning kamoloti va ezgu faoliyatida o‘ziga xos ma’naviy tayanch bo‘ldi.Bu orzu Sohibqiron Amir Temur bobomizni jahon sahnasiga olib chiqdi va Temuriylar Renessansi, Ikkinchi Uyg‘onish davri g‘oyalari va xalqimizning bunyodkorlik faoliyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Markazlashgan qudratli davlat va qonun ustuvor bo‘lgan adolatli jamiyat g‘oyasida mujassam bo‘ldi.Aynan xalq armonini ro‘yobga chiqarishga bo‘lgan intilish Amir Temur ibn Tarag‘ay Bahodir davrida nafaqat mamlakat mustaqilligini ta’minlash, balki qudratli davlat barpo etish, iqtisodiyot, madaniyat, san’at va ilm-fan sohalarini rivojlantirishga xizmat qildi. Xalqimizning orzu- intilishlari Mirzo Ulug‘bek, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, Davlatshoh Samarqandiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi Ikkinchi Uyg‘onish davrining buyuk siymolarini uyg‘otdi, ularning asarlari va faoliyatida o‘z talqinini topgan odil podsho, adolatli jamiyat, komil inson g‘oyalarida namoyon bo‘ldi.O‘sha davrlarda bu orzu komillikka eltadigan iymon va e’tiqodni millat vakillari uchun muqaddas qadriyatga aylantirdi. Natijada komillik va ma’rifat sari intilish tuyg‘usi xalqimiz mentalitetidan mustahkam va bir umrlik joy oldi.Davr farzandlarini yuksak fazilatli insonlar etib tarbiyalash o‘sha zamon ma’rifatparvarlarining hayotiy va fuqarolik e’tiqodiga aylandi. Bu orzu Mashrab va Komil Xorazmiy, Munis va Ogahiy, Berdax va Ajiniyoz, Ahmad Donish singari ma’rifatparvarlarni uyg‘otdi. Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Nodira va Dilshodi Barno, A nbar Otin asarlarida o‘z ifodasini topgan bilim va ma’rifatga intilish g‘oyalarida mujassam bo‘ldi. Bu orzu Behbudiy va Avloniy, Hamza va Munavvarqori, Fitrat va Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy va Usmon Nosir kabi minglab jadid bobolarimizni uyg‘otdi. Ularning x alq erkinligi va saodati yo‘lidagi ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amallari uchun ulkan ma’naviy omil bo‘ldi.Bu orzu ma’naviyat va ma’rifatni odamni nafaqat komillikka, erkin va farovon turmushga yetaklovchi, balki xalqni milliy mustaqillikka eltuvchi beqiyos kuch sifatida anglab yetish imkonini berdi.Bu ulug‘ orzu asrlar davomida xalqimizni ezgu amallar sari yo‘llab, uning iymon- e’tiqodini g‘ayriinsoniy g‘oyalardan, millatni turli tahdidlardan muhofaza qilib, o‘ziga xos ma’naviy qalqonga aylandi.Shu tariqa uzoq o‘tmishdan hozirgi davrgacha milliy tafakkurimiz negizida shakllanib kelgan, turli g‘oya va amaliy harakatlarda o‘z ifodasini topgan el-yurtimizning orzu-umidlari bugungi kunda Yangi O‘zbekiston tushunchasida jamuljam bo‘ldi. Irodasi, shaxdu shiddati bu yuk xalqimizning bunday yorug‘ va teran orzusi jamiyatimizning yangi qiyofasini yaratish uchun yuksak marralarga intilayotgan xalqimizni Uchinchi Renessans g‘oyasi atrofida yanada jipslashtirmoqda. Bunga butun dunyo guvoh bo‘lmoqda.Bu yo‘lda ana shunday ulkan tarixiy asoslarga, xalqimizning azmu qaroriga tayanib faoliyat olib borsak, ko‘zlagan maqsadimizga albatta,yetamiz. Eng muhimi, bunday ezgu fikr va intilishlar yon-atrofdagi xalqlar va davlatlarga nisbatan asossiz da’volar yoki o‘z qobig‘iga o‘ralib olishga sabab bo‘ladigan proteksionizm va izolyutsionizm tamoyillaridan mutlaqo xolidir.Aksincha, Yangi O‘zbekiston orzusi va uning asosida ishlab chiqilgan strategiyada Markaziy Osiyodagi qo‘shnilarimiz, butun jahon hamjamiyati, uzoq-yaqindagi davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik, tobora globallashib borayotgan bugungi dunyodagi muammolarni birgalikda hal qilish, eng rivojlangan mamlakatlar safiga kirishdek amaliy sa’y-harakatlar mujassam. Imom Buxoriy bobomiz o‘z kitoblarida keltirgan muborak hadisda aytilganidek, "Barcha amallar niyatga qarab bo‘ladi". Ishonchim komilki, pok niyatlar bilan boshlagan xayrli ishlarimiz albatta ijobat bo‘lg‘ay.Bu boradagi eng asosiy yutug‘imiz - xalqimizning siyosiy tafakkuri va ijtimoiy faolligi yuksalib bora yotgani, atrofdagi voqealarga beparvo bo‘lmasdan, aksincha, islohotlarimizga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashayotganidir. Yangi O‘zbekiston strategiyasi, olijanob niyatlarni amalga oshirish, yangi hayot qurish yo‘lidagi beqiyos o‘zgarishlar xammamizdan fidoyilik va bunyodkorlikni, yanada katta jonbozlikni talab etmokda. Bugun kelgusi yillar uchun reja va dasturlarimizni aniq belgilab olar ekanmiz, mustaqillik davrida erishgan yutuqlarimizni yanada mustahkamlab, jamiyatimizning barcha sohalarini rivojlantirish ga alohida e’tibor qaratamiz. Barchamiz "Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!" degan yagona maqsad atrofida birlashib, mas’uliyat va javobgarlikni chuqur his etgan holda, fidokorona mehnat qilib, farzandlarimiz, kelgusi avlodlar uchun gullab - yashnagan, ozod va obod mamlakatni meros qilib qoldiramiz. Download 248.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling