Mavzu: Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Yangi O‘zbekiston orzusi. Yangi O‘zbekiston fenomeni


Download 248.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana04.02.2023
Hajmi248.06 Kb.
#1161327
1   2   3
Bog'liq
1-topshiriqning javobi

2. Yangilanayotgan O‘zbekiston 
Biz Yangi O‘zbekistonni mard va olijanob xalqimiz bilan birgalikda barpo 
etamiz, degan ulug‘vor niyatni o‘z oldimizga qo‘yganmiz. Bu borada "Jamiyat - 
islohotlar tashabbuskori"degan yondashuv kundalik faoliyatimizga tobora 
chuqur kirib bormoqda.Inson har tomonlama erkin va farovon yashaydigan 
yangi davlatni barpo etishdek buyuk xalq harakati tobora kengaymoqda. 
Bunday qudratli safda bo‘lishning o‘zi katta baxt, katta sharafdir.Bugun yaxshi 
niyatlar bilan juda katta marralarni o‘zimizga belgilab olmoqdamiz. Oldimizda 
har qachongidan ham muhim vazifalar turibdi. Albatta, ularga erishish oson 
kechmaydi.Hayotimizning turli sohalarida muammo va kamchiliklarimiz ham 
yetar
li. Biz bularning barchasini o‘zimizga yaxshi tasavvur etamiz. Yo‘limizda 
katta g‘ov bo‘lib turgan to‘siqlarni yengib o‘tish uchun boshlagan 
islohotlarimizni og‘ishmasdan davom ettiramiz. Shu nuqtai nazardan 
qaraganda, yangi davrda yanada katta safarbarlik 
bilan ishlashimizga to‘g‘ri 
keladi.Hayot oldimizga yana ko‘plab sinov va muammolarni qo‘yishi mumkin 
va biz har qanday kutilmagan holatga tayyor turishimiz zarur. Lekin qanchalik 
sermashaqqat va murakkab bo‘lmasin, demokratik islohotlar yo‘lidan hech 
qachon ortga qaytmaymiz. Oldinga, faqat oldinga qarab boramiz. Va biz bunga 
har tomonlama qodirmiz. Chunki bugungi xalqimiz - kechagi xalq emas. 
Bugungi O‘zbekiston ham - kechagi O‘zbekiston emas.Shu bois, demokratik 


islohotlar yo‘li - biz uchun yakkayu yagona va eng to‘g‘ri yo‘ldir. Bu borada biz 
har kuni izlanishdamiz, xorijdagi ilg‘or tajribalarni chuqur o‘rganib, hayotimizni, 
ish uslubimizni takomillashtirishga harakat qilmoqdamiz. 
Ta’kidlash joizki, 73 yil avval qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon 
deklaratsiyasi dunyoda demokratiya va insonparvarlik tamoyillarini qaror 
toptirish yo‘lida yangi imkoniyatlar ochdi.Biz bu borada mamlakatimizda inson 
huquqi va erkinliklari demokratik jamiyatning eng oliy qadriyati sifatida 
namoyon bo‘lishi uchun barcha choralarni ko‘rmoqdamiz. Fuqarolarimizning 
emin-erkin yashash, uy-joy va yer-
mulkka ega bo‘lish, sog‘liqni saqlash, bilim 
olish kabi tabiiy huquq va erkinliklarini ta’minlash sohasida katta islohotlarni 
amalga oshirmoqdamiz.Biz ana shunday muhim ishlarni qat’iy davom 
ettiramiz. Bizning ustuvor vazifamiz - 
inson salohiyatini ro‘yobga chiqarishga 
har tomonlama ko‘maklashish, uning asosiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini 
himoya qilishdan iborat. Bu jamiyatda tinchlik va barqarorlik, farovon hayotni 
ta’minlashning asosiy shartidir. 
Afsuski, bugungi kunda barchamiz mazkur ijobiy jarayonga to‘sqinlik 
qilayotgan murakkab va ziddiyatli tendensiyalar mavjudligiga guvoh bo‘lib 
turibmiz. Bu o‘rinda so‘z jahonda, jumladan, Janubi-Sharqiy Osiyodan tortib 
Yaqin Sharqqacha b
o‘lgan makonda qurolli to‘qnashuvlar kuchayib, o‘zaro 
ishonchsizlik va nizolar, millatlararo va konfessiyalararo ixtiloflar chuqurlashib 
borayotgani, barqaror taraqqiyotga qarshi boshqa global tahdid va xatarlar 
paydo bo‘layotgani haqida bormoqda.Ilojsiz holda o‘z yurtini tashlab 
ketayotgan kishilar va qochoqlar soni tobora ortib borayotgani,
jahonningko‘plab mintaqalarida ta’lim va tibbiy yordamdan foydalanish 
imkoniyati yo‘qligi, odam savdosi va majburiy mehnat, ayollar va erkaklar 
uchun teng huquq 
va imkoniyatlarni ta’minlash, qashshoqlik va ochlikka 
barham berish bilan bog‘liq muammolar murakkab tus olayotganiga dunyodagi 
barcha sog‘lom fikrli insonlar tomoshabin bo‘lib qarab turmasligi zarur. 
Shu ma’noda, bizning qat’iy ishonchimizga ko‘ra, jami 4,5 milliarddan ziyod 
aholi istiqomat qilayotgan Osiyo mintaqasining kelajagi ko‘p jihatdan 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 2030 yilga qadar barqaror taraqqiyot 
sohasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga tayyor bo‘lishga, 
shuningdek, inso
n huquqlarini himoya qilish bo‘yicha samarali mintaqaviy 
mexanizmni shakllantirishga bog‘liq. 
Biz o‘z oldimizga O‘zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni 
maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma’rifat va 
innovatsiya orqali erisha olamiz. Buning uchun, avvalo, islohotlarning amaliy 
natijadorligini oshirish, joylarda yangi tashabbuslarni ilgari surishda 
aholimizning yanada faol, yanada tashabbuskor bo‘lishiga erishmog‘imiz 


lozim.Ayni paytda islohotchi bo‘lib maydonga chiqadigan, strategik fikr 
yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalashimiz zarur. Shu 
boisdan ham bog‘chadan boshlab oliy o‘quv yurtigacha - ta’limning barcha 
bo‘g‘inlarini izchil isloh qilmoqdamiz.Nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz 
a’zolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-ma’rifat, yuksak 
madaniyat kerak. Ilm yo‘q joyda qoloqlik, jaholat va albatta, to‘g‘ri yo‘ldan 
adashish бўлади. 
Eng katta boylik - bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros - bu yaxshi tarbiya, 
eng katta qashshoqlik - 
bu bilimsizlikdir! Shu sababli hammamiz uchun ilg‘or 
bilimlarni o‘zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo‘lish 
uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak. 
Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot 
texnologiyalarini egallashimiz shart va zarur. Bu bizga rivojlanishning eng 
qisqa yo‘lidan borish imkonini beradi. Chunki, intellektual va madaniy 
salohiyatning qanday noyob boylik, nodir iste’dod egalarini tarbiyalab kamolga 
yetkazishda hal qiluvchi aha
miyatga ega ekanini unutishga haqqimiz yo‘q.El-
yurtimiz dunyoda koronavirus pandemiyasi va uning oqibatida kelib chiqqan 
global iqtisodiy inqiroz sharoitida, tahlikali bir davrda barcha sinov va 
qiyinchiliklardan yanada kuchli va irodali bo‘lib chiqmoqda. Xalqimiz o‘zining 
hayoti va baxti-iqboli Vatanimizning taqdiri va kelajagi bilan chambarchas 
bog‘liq ekanini chuqur his etmoqda. 
Jonajon O‘zbekistonimiz o‘z taraqqiyotining yangi davriga qadam qo‘ydi. 
Erishgan natijalarimiz tarixga aylanib, oldimizda yangi-
yangi o‘zgarishlarni 
amalga 
oshirish 
bo‘yicha 
ulkan 
vazifa 
va 
imkoniyatlar 
paydo 
bo‘lmoqda.O‘zbekiston 
orzusi 
amaliyotga, 
real 
voqelikka 
aylanmoqda.Ammobu osonlikcha, o‘z-o‘zidan bo‘ladigan ish emas. Yangi 
jamiyatni barpo etish, avlodlarimiz uchun yorug‘ kelajakni yaratish ehtiyoji 
barchamizdan ulkan mas’uliyat talab qilayotgani shubhasiz. 
Eng asosiysi, xalqimiz shuni yaxshi bilishi kerak: oldimizda uzoq va 
mashaqqatli yo‘l turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz o‘qib-o‘rgansak, 
ishimizni mukammal va unumli bajarsak, zamonaviy bilimlarni egallab, 
o‘zimizni ayamasdan mehnat qilsak, albatta hayotimiz va jamiyatimiz 
o‘zgaradi.Hech shubhasiz, o‘z kuchimiz va imkoniyatlarimizga bo‘lgan 
ishonchni yanada mustahkamlab, Yangi O‘zbekiston poydevorini yaratishdek 
ezg
u maqsad yo‘lida birlashib harakat qilishgina bizni nurli manzillarga 
yetkazadi.Bu intilishlarning ulkan amaliy ishlarga aylanib, Yangi O‘zbekistonni 
barpo etishda har birimizning faol ishtirokimiz, chuqur mas’uliyat tuyg‘usi bilan 
yashash bugun davr talabiga aylandi. 


Muayyan xalq yoki davlat hayoti uchun g‘oyat muhim ahamiyat kasb 
etadigan biror-
bir fenomen yoki u haqdagi tushuncha va tamoyillar o‘z-o‘zidan, 
osongina paydo bo‘lmaydi va tasodifan dunyoga kelib qolmaydi.Shu ma’noda, 
har qanday hodisa, tushun
cha yoki atamaning o‘ziga xos shakllanish jarayoni 
bor. Yangi O‘zbekiston fenomeni ham bundan mustasno emas.Ushbu 
tushuncha mamlakatimizning zamonaviy qiyofasini shakllantirish, yurtimizda 
demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish, Uchinchi Renessans 
poydevorini yaratish borasidagi islohotlarimizning tayanch g‘oyasini ifoda 
etadi.Ana shu g‘oya asosida yurtimizda Yangi O‘zbekiston -Uchinchi 
Renessans sari"degan shior ilgari surilayotgani ham bejiz emas. Yangi 
O‘zbekiston, avvalo, xalqimiz o‘z milliy taraqqiyotining yangi davriga qadam 
qo‘yganini, jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallayotgani, bu borada 
oldimizda ko‘plab yangi imkoniyatlar paydo bo‘layotganini anglatadigan 
tushunchadir. 
Yangi O‘zbekiston- mamlakatimiz mustaqilligini yanada mustahkamlash, 
erkinlik va ozodlikning yangi davri, bunyodkorlik va farovonlik yo‘lining yuqori 
bosqichidir. 
Yangi O‘zbekiston - bu "Xalq manfaati hamma narsadan ulug‘"degan ezgu 
g‘oya amaliy ishlar bilan o‘z tasdig‘initopayotgan zamondir. Yangi-yangi uy-
joylar, zamonaviy korxonalar, ta’lim, tibbiyot, madaniyat va sport maskanlari, 
obod qishloq va shaharlar yurtimiz chiroyiga chiroy qo‘shayotgan tarixiy bir 
davrdir. 
Yangi O‘zbekiston - "Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa 
xizmat qilish
i kerak" degan hal qiluvchi tamoyil amaldao‘z tasdig‘ini topayotgan 
mamlakat. 
Yangi O‘zbekiston - kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, madadga muhtoj 
insonlar va oilalarga chinakam ko‘mak va yordam berish, mehr-oqibat 
ko‘rsatish hayotimiz qoidasiga aylanib borayotgan ijtimoiy makondir. 
Yangi O‘zbekiston - jahon hamjamiyati bilan, eng avvalo, yaqin 
qo‘shnilarimiz bilan do‘stlik va hamkorlik eshiklari keng ochilayotgan, 
mamlakatimizning jozibador demokratik qiyofasi yaratilayotgan bugungi 
betakror zamondir. 
Yangi O‘zbekiston - o‘zgarib, kuch-qudratga to‘lib borayotgan, dunyo ahli 
e’tirof etayotgan yangilangan jamiyat, dunyoga yuz tutayotgan erkin bir 
o‘lkadir. 
Ayni paytda bu borada ham insoniyat to‘plagan tajriba, ayniqsa, o‘tgan asr 
o‘rtalaridagi tanazzul holatidan chiqib, bugun eng rivojlangan mamlakatlar 
qatoridan o‘rin olgan davlatlar erishgan yutuqlarni, ular amalga oshirgan 
islohotlarni o‘rganish ko‘plab masalalarga javob topishda qo‘l kelishi 


mumkin.Chindan ham, XX asr oxiriga kelib rivojlangan davlatlar darajasiga 
yetgan mamlakatlar sermashaqqat islohot va o‘zgarishlar yo‘lidan bordi. 
Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Singapur kabi davlatlar "yangi dunyo 
mo‘jizalari"ni yaratdi.Bugun, bizning mamlakatimizda ham o‘z umrini yashab 
bo‘lgan eski qarashlar chekinib, yangi davr boshlandi, yangi voqelik bo‘y 
ko‘rsatmoqda. Ulkan imkoniyatlar, keng ko‘lamli islohotlar davri keldi.Shu 
nuqtai nazardan qaraganda, "Jamiyatimizning yangi qiyofasi" tushunchasi 
qotib qolgan voqelik yoki o‘zgarmas aksiomani anglatmaydi. 
Yangi O‘zbekiston tushunchasi uchun asos bo‘layotgan va unda o‘z 
aksini topayotgan eng muhim jihatlar va amaliy mezonlar quyidagilardan 
iborat: 
♦butun mamlakatimizda islohot va yangilanishlarningkeng ko‘lamda 
amalga oshirilayotgani, eng muhimi,raqobatbardosh vatashqi dunyo uchun 
ochiq ijtimoiy-iqtisodiymakonni barpo etishga sobitqadamlik bilan kirishilgani; 
♦mamlakatimizningbarqaror 
rivojlanishinita’minlash 
bilan 
bog‘liq 
zamonaviy 
qarashlargaasoslanadigan 
yangi 
jamiyatni 
barpo 
etish 
g‘oyasixalqimizningbarchaqatlamlaritomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani va 
el-
yurtimizningbu g‘oyaatrofida jipslashayotgani; 
♦bu tarixiy jarayonda dasturilamal bo‘lib xizmatqilayotgan, mamlakatimizni 
rivojlantirish strategiyasinito‘liq amalga oshirish mas’uliyati butun xalqimiz 
tomonidan chuqur his etilayotgani; 
♦ushbu maqsad yo‘lida aholining barcha qatlamlari,hokimiyatning vakillik 
va ijro organlari, fuqarolikjamiyati institutlarining imkoniyatlari keng 
ishgasolinayotgani; 
♦ mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi 
inson, uning hayoti, huquq va erkinliklari, qadr-qimmati, ehtiyoj va 
manfaatlariga qaratilgani; 
♦ "Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi"degan принцип 
асосида барчанинг мулк хуқуқини ҳурмат қилиш, шахс, жамият ва давлат 
манфаатлари уйғунлиги тамойили жорий этилган кучли фуқаролик 
жамияти, конституциявий парламент демократияси, эркин бозор 
иқтисодиёти 
мамлакатимиз 
ва 
халқимиз 
равнақининг 
асосига 
айланаётгани; 
♦ Yangi O‘zbekistonni erkin va baxtli odamlar yashaydigan qudratli va 
salohiyatli davlatga aylantirish, bu borada mamlakatimizning dunyodagi 50 ta 
rivojlangan, iqtisodiyoti barqaror o‘sayotgan, inson kapitali yuqori bo‘lgan 


raqobatbardosh demokratik davlatlar qatoriga kirishini ta’minlashga harakat 
qilinayotgani; 
♦ yangi jamiyatning navqiron avlodi, fuqarolik mas’uliyati va zamonaviy 
dunyoqarashga ega bo‘lgan barkamol yoshlar hayotga kirib kelayotgani va 
ularga munosib hayot sharoitlari, keng imkoniyatlar yaratilayotgani. 
Bir so‘z bilan aytganda, jamiyatimizning yangi qiyofasi ana shunday 
serqirra islohotlar jarayonida barpo bo‘lmoqda, uning zamonaviy demokratik 
imidji bosqichma-bosqich shakllanib bormoqda. Lekin bu osongina amalga 
oshmasligi, yangi jamiyat binosi bir kun yoki bir yilda tiklanib qolmasligi aniq. 
Inson manfaatlari ustuvor bo‘ladigan erkin va farovon hayot o‘z-o‘zidan 
shakllanmasligi shubhasiz.Yangi O‘zbekiston- tasodifiy hodisa, shunchaki 
dunyoga keladigan va o‘tkinchi bir ijtimoiy voqelik emas. 
Bugungi kunga kelib, ushbu tushuncha jamiyatimiz hayoti, xalqimiz qalbi va 
ongidan chuqur joy olib, islohotlar jarayoniga katta ta’sir ko‘rsatmoqda.Shu 
munosabat bilan, insoniyat tarixi va xalqlar taraqqiyotiga xos bir qonuniyatni 
esdan chiqarmasligimiz lozim. Bunday murakkab jarayonlarda inkor, 
ya
ngilanish va vorislik tamoyillari o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 
Ikki yarim ming yil muqaddam buyuk Xitoy faylasufi va mutafakkiri Lao Szi 
"Dunyoda hamma narsa o‘sadi, gullaydi va o‘z ildizlariga kaytadi", debaytgan 
ekan. Bu dialektik haqiqat naqadar to‘g‘ri ekanini vaqtning o‘zi ko‘rsatib 
turibdi.Davr 

o‘tadi, 
odamlar 

qoladi.Insonlarorasidayangilikkaintiladiganshaxslar, islohotlarga daxldorligini 
chuqur his etuvchi vao‘zgarishlarning omilkor ishtirokchisiga aylanadiganlar 
ko‘pchilikni tashkil qiladi. Lekin eskilik qon-qoniga singib ketgan, butun vujudi 
bilan yangilikni istamaydigan konservatorlar ham saqlanib qoladi. 
Afsuski, bugungi davr ham bundan mustasno emas. Bunday kimsalar 
islohot va yangilanishlarga ochiqdan-ochiq qarshi chiqmaydi. Balki uni ichidan 
y
oki tashqaridan buzish, obro‘sizlantirishga urinadi.Arzimagan narsalardan, 
ya’ni, "pashshadan fil", kichik bir hodisa yoki juz’iy kamchiliklardan fojia 
yasashga, ba’zi bir uquvsiz rahbarlarning bilib-bilmay yo‘l qo‘ygan xatosidan 
butun O‘zbekistonni, rahbariyatni obro‘sizlantirish, islohotlar jarayonini 
qoralashga, uni ortga qaytarishga harakat qiladi.Donishmand xalqimizning o‘zi 
bu kabi urinishlarga qat’iy javob bermoqda. Yangi O‘zbekiston bunday kimsalar 
o‘ylagan yo‘ldan bormaydi, islohotlar jarayoni ortga qaytmaydi! 
Yaratilgan imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanmasdan, egri qadam bosadigan, 
el-yurtimizga isnod keltiradigan bunday kishilarning xatti-harakatlariga buyuk 
mutafakkir shoirimiz Zahiriddin Muhammad Bobur o‘z vaqtida baho berib 
aytganidek: "Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur, Har kimki jafo qilsa, jafo 
topqusidur".Bu fikrimizning mantiqiy davomi sifatida bugun jamiyatimizda 


"qonun - ustuvor, jinoyatga - jazo muqarrar" degan tamoyil qaror topmoqda. 
Tobora yangilanayotgan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar 
ochiqlik va oshkoralik zamoni, keng va chuqur yangilanish davrining timsoli 
sifatida amalga oshirilmoqda."Uchinchi Renessans poydevorini yaratish" 
g‘oyasi ham tasodifan va quruq yerda paydo bo‘lmagan, albatta. 
Yurtimizning nihoyatda boy qazilma va tabiiy resurslarga, qudratli iqtisodiy 
va insoniy salohiyatga egaligi bu boradagi hayotbaxsh rejalarga asos 
berayotgani shubhasiz. Ortimizda tog‘dek tayanch va suyanch bo‘lib turgan 
ko‘pmillatli xalqimiz - hayot yo‘llarida to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadigan mo‘tabar 
nuroniylarimiz, mehnatkash, oqila opa-
singillarimiz, ilg‘or va zamonaviy 
fikrlaydigan, dunyoda hech kimdan kam bo‘lmagan azmu shijoatli yoshlarimiz 
bor.Eng muhimi, jamiyatimizda tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik, 
bag‘rikenglik va mehr-oqibat muhiti hukm surmoqda.Biz ana shunday 
mustahkam zamingatayanib, mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga 
ko‘tarish maqsadida buyuk ishlarni boshlaganmiz.Erishilgan yutuqlarimizni 
mustahkamlab, yanada dadil va ulkan qadamlar tashlashimiz shart. Chunki 
yurtimizdagi islohot va o‘zgarishlar jarayoni, yuqorida qayd etganimdek, ortga 
qaytmaydigan tus olib, hal qiluvchi pallaga kirmoqda. 
Bugun natijadorlik hammamiz uchun bosh talab, asosiy mezonga 
aylanmoqda. Bu borada yaqin kelgusi yillar alohida ma
s’uliyat va sinov davri 
bo‘ladi. Endi kechagi yutuq va marralar bizni sira qoniqtirmaydi.Bu yo‘lda faqat 
amaliy samara bilan mustahkamlangan, o‘z mevasi, hosilini berayotgan
islohot odamlarningqalbiga, yuragiga kirib boradi. Va bunday islohotni, 
bunday shiddatli jarayonni hech kim, hech qanday kuch to‘xtata olmaydi. 
Eng asosiysi, islohotlarimiz natijasini yurtimizda yashayotgan har bir inson, 
har bir oila o‘z kundalik hayotida his etishi kerak.Barcha bo‘g‘indagi rahbarlar 
qog‘ozdagi hisobotlar, foiz va raqamlar ortidan quvmasdan, har qaysi fuqaro 
uchun, uning hayotiy ehtiyoj va orzu-
umidlarini ro‘yobga chiqarish uchun 
ishlashi 
shart.Shunda 
nuroniy 
keksalarimiz, 
muhtaram 
otaxon 
va 
onaxonlarimiz, hurmatli ayollarimiz, aziz farzandlarimiz, jajji nabiralarimiz - 
ko‘pmillatli butun xalqimiz bizdan rozi bo‘ladi.O‘zimiz orzu qilayotgan Yangi 
O‘zbekistonni yaratish uchun bu yo‘ldagi har bir maqsad va vazifaga, ularni 
amalga oshirishga aynan shu nuqtai nazardan yondashsak, har tomonlama 
to‘g‘ri bo‘ladi. 

Download 248.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling