Mavzu: Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz! Reja: O‘zbekistonda mustaqillikning 31 yilligi shiori. Asriy orzularning yorqin tantanasi


Nega bunday fikr yurityapmiz? Ochig‘i, kurashni rivojlantirish ishlari


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana25.03.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1294971
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
711-22 Toxirov Ibrohimjon2

Nega bunday fikr yurityapmiz? Ochig‘i, kurashni rivojlantirish ishlari 
bundan 20 yillar muqaddam boshlangan bo‘lsa-da, ushbu sport turining 
mamlakatdagi vakolatli tashkiloti – O‘zbekiston kurash federatsiyasining na 
mablag‘i, na muqim maskani bor edi. Nodavlat notijorat tashkiloti sifatida faoliyat 
ko‘rsatar, bu joyda mehnat qilgan xodimlar oylab, ba’zan yillab maoshsiz qolib 
ketar, bu esa kadrlar qo‘nimsizligiga, milliy sport turi rivojiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatardi. Bugun-chi? 
Bugun O‘zbekiston kurash federatsiyasi o‘z boshqaruv organiga, viloyat, 
tuman bo‘limlaridan iborat, moddiy va ma’naviy ta’minotga ega kuchli sport 
federatsiyalardan biriga aylandiki, bu milliy sportimizni nafaqat yangi rivojlanish 
bosqichiga ko‘tarilishiga balki, yurtimizda “Polvonlari ko‘p yurt – qudratli bo‘lur”, 
“Kurash milliy g‘ururimiz” tamoyillari asosida tizimli tarzda joylarda kurash klublari 
va to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilishiga ham zamin yaratdi. Shu sababli 
hududlardagi o‘nlab yosh trenerlar ishli bo‘ldi, ming-minglab o‘smir yoshlar sport 
mashg‘ulotlari bilan qamrab olindi. 
Bundan tashqari, O‘zbekiston kurash federatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan 
rejaga asosan yurtimizning barcha go‘shalarida “Prokuror kubogi”, “Hokim kubogi”, 
“Mahallamiz polvonlari” kabi musobaqalar, chempionatlar tashkil etilishi asnosida 
xorijiy mamlakatlarda kurash bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini 
uchun” xalqaro turnirlar o‘tkazila boshlandi. 


711-22 Toxirov Ibrohimjon 
Joriy yil davomida Germaniya, Bolgariya, Turkiya, Fransiya kabi davlatlarda 
o‘tgan kurash musobaqalari orqali milliy san’atimiz, xalq amaliy san’ati, 
hunarmandchilik durdonalari, milliy taomlarimiz keng jamoatchilikka armug‘on 
etildi. Ming-minglab xorijliklar o‘zbekona lutfdan, mehmondo‘stlikdan bahra oldi. 
Jonajon vatanimizga chet mamlakatlarda qiziqish, hurmat oshdi. 
Ayni holatlarning o‘zi Mustaqilligimizning, asriy orzularimizning yorqin 
tantanasi bo‘ldi. Bu, yurtimizda “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” 
g‘oyasining hayotbaxsh ekanligining yana bir ifodasidir. 
Yuqorida aytganimiz, inglizlar mustaqil bo‘lgani, yaponlar qat’iyat ko‘rsatgani 
tufayli o‘z qadriyatlarini umumbashar mulkiga aylantira oldi. 
Bugun biz, o‘zbekistonliklar ham kurashni sport turi sifatida jahonning eng 
ommaviy jismoniy mashg‘ulotlaridan biri bo‘lishi uchun katta yo‘lga 
chiqqanlardanmiz. Bu yo‘l, uning dovonlari naqadar mashaqqatli ekanligi hech kimga 
sir emas. Ammo manzil nurli va viqorli. Eng muhimi, uning poydevori Yangi 


711-22 Toxirov Ibrohimjon 
O‘zbekiston tamoyili asosida mustahkamlanmoqdaki, bu yangi g‘alabalarni, yangi 
yuksalishlarni boshlab kelishi, shubhasiz. 
Zotan, davlatimiz rahbari e’tirof etganlaridek, “...poydevor qancha mustahkam 
bo‘lsa, xalqimiz ham, davlatimiz ham shuncha kuchli bo‘ladi. Faqatgina mana 
shunday zaminga tayangan holda biz yurtimizda Uchinchi Renessans asoslarini barpo 
eta olamiz”. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling