Mavzu: Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz reja
MAVZU: JANNAT ONALAR OYOG’I OSTIDA
Download 436 Kb.
|
Ma\'naviyat soatlari ma\'ruza matnlari 2022 2023 o\'quv yili
MAVZU: JANNAT ONALAR OYOG’I OSTIDA
REJA: 1. Ona buyuk, ona mo’tabar 2. Dunyoni bir qo’lida tebratgan ona Yer yuzidagi milliardlab odamlar turfa tillarda gaplashadi. Lekin ularning hammasi ayol va onaga, sevikli yorga atalgan inju tilaklarini faqat bir tilda – yurak, qalb qo‘ri deyilmish zabonda izhor qiladilar. Va bundan cheksiz quvonadilar, eng aziz insonlarini beixtiyor sog‘inib, qumsab yashaydilar. Aslida shunday lahzalarda dil so‘ylaydi. Chehradagi samimiyat, nigohdagi yolqinni barchaga birdek yetkazish uchun tarjimon shart emas. Balki ayol zotini, ona siymosini ta’riflashga til ojizligi xususidagi iboraning paydo bo‘lgani, Alisher Navoiydek so‘z mulkining sultoni ham volida va yor vasfiga mukammal “tashbeh topa olmay o‘tgani” ham shundandir. Navoiy zamonidan buyon necha asr, qancha shoir o‘tdi. Ularning har biri eski mavzuni yangicha kuylashga, o‘ziga xos tarannum etishga intildi. Har bahorning ayollar bayrami ila boshlanishida o‘ziga xos falsafiy ma’no mujassam. Ko‘klam kelishi bilan purviqor tog‘lardagi qorlar erishi natijasida zilol jilg‘alarning shivirlashi, toshdan-toshga urilib qiqirlashi qirq o‘rim sochlariga gulchechak taqqan jajji qizaloqlarning kulgusiga o‘xshaydi. Bunda beg‘uborlik bor, poklik va musaffolik bor. Xalq maqolida tog‘ning ko‘rki qor bilan, erning ko‘rki yor bilan, deya talqin qilinishida ana shu qiyos – biri o‘rnini boshqasiga bo‘shatib berish hodisasi aks etgan bo‘lsa ne ajab. Qahraton izg‘irinini istamas qalblarda bahor yellari bois tabiat yanglig‘ uyg‘onish kuzatiladi, orziqqan ko‘ngillarda daraxt novdasi yanglig‘ muhabbat kurtak yozadi. Yurtboshimiz iborasi bilan aytganda, biz betakror yurtimiz, go‘zal o‘lkamiz, barchani o‘ziga maftun etadigan fusunkor tabiatimizni ayollarimizga xos bo‘lgan qalb saxovati, hayo va iffat, vafo va sadoqat tuyg‘usi bilan, sabr-bardosh va mehr-muruvvat fazilatlari bilan uzviy bog‘liq holda, bularni Ollohning o‘zi bizga bergan tengsiz va xosiyatli ne’matlar deb tasavvur qilishimiz tabiiydir. Hozirgi kunda davlat va jamiyat qurilishi, ishlab chiqarish tarmoqlari, ilm-fan, madaniyat va tibbiyot sohasi, ayniqsa, farzandlarimizni barkamol insonlar etib tarbiyalash, milliy urf-odat va qadriyatlarimizni saqlashda, oila, mahalla va mehnat jamoalarida mehr-oqibat, sog‘lom turmush tarzi, hamjihatlik muhitini mustahkamlashda muhtarama onalarimiz, munis ayollarimiz va qadrdon opa-singillarimizning fidokorona xizmat qilayotgani xalqimizning baxti, jamiyatimizning boyligi. Shu ma’noda mamlakatimizda ayollarning jamiyatdagi nufuzi va mavqeini yanada oshirish, onalik va bolalikni muhofaza etish, xotin-qizlar uchun yangi-yangi ish o‘rinlari yaratish, birinchi galda xonadon bekalari duch keladigan uy-joy va kommunal xizmatlar bilan bog‘liq muammolarni hal etish bo‘yicha ko‘p ish qilinayotganini, ta’bir joiz bo‘lsa, bu boradagi islohotlar izchilligi ta’minlanayotganini alohida ta’kidlash joiz. Bolaligimda ko‘pni ko‘rgan keksalardan o‘zbek ayoliga haykal qo‘ymoq kerak, degan gapni eshitganim xotiramda qolgan. Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning ana shu orzusi ham ro‘yobga chiqdi. Prezidentimizning bevosita tashabbusi va rahbarligida bir emas bir nechta muazzam haykal o‘rnatildi. Xotira xiyobonidagi motamsaro ona, Mustaqillik maydonidagi baxtiyor ona… Yaqindagina qad rostlagan “Vatanga qasamyod” haykalida ham vatanparvar va barkamol avlod tarbiyachisi bo‘lgan ona siymosi aks etgan. Bu muhtasham badiiy majmuada tasvirlangan xalqimizning munosib o‘g‘loni davlatimizning betakror timsoli bo‘lmish bayrog‘imizni ko‘ziga to‘tiyo qilib, Vatan himoyasi uchun, ota-bobolarimiz xoki yotgan qutlug‘ zaminning har qarich tuprog‘ini asrash uchun tayyorman, deb tiz cho‘kib qasamyod qilmoqda. Ana shu mard va jasur farzandga oq sut bergan, bag‘rida ko‘tarib voyaga yetkazgan, Vatan timsoli bo‘lgan munis va mo‘tabar ona bamisoli o‘z qo‘rg‘oni oldida turib, harbiy xizmatga otlangan jondan aziz bolasiga oq fotiha berib, unga oq yo‘l tilamoqda. Nazarimda, chuqur ma’noga ega bu kompozitsiyadagi ona siymosi ishonch osmoniga uchirgan dilbandiga tiniq tonglar ila salom aytayapti. Mehrga kon bag‘riga salomat qaytishini so‘rayapti. Shunda uning boshini oqqush misol mayin silashini, qavmu qarindosh, qo‘ni-qo‘shnini chorlab to‘y qilishini o‘ylayapti. O‘zbegim onalari hamisha shunday qilgan. O‘g‘liga tishlatib qolgan nonni uyning to‘rida saqlaydi. Nasibasi tortib tursin deydi. Avloddan- avlodga o‘tib kelayotgan milliy qadriyat, oqibatga yo‘g‘rilgan an’ana bu. Ona bir qo‘li bilan beshikni, ikkinchisi bilan dunyoni tebratadi, ayolning sarishtasi – ro‘zg‘orning farishtasi, jannat onalar oyog‘i ostidadir… Ularning qay birini keltirmang ta’rifingiz kamday tuyulaveradi. Ayol zotining sir-sinoatga to‘laligi, onaning buyukligi ham shundadir. Menga oydan oydin baxtlar tilagan Bolam deb erkalab boshim silagan Qalbimga nur ziyo poklik ulagan Siz dunyo turguncha turing onajon Suyangan tog’im ham ishongan bog’im Yigitlik g’ururim qalbim ardog’im Munisim mo’tabar chashmi charog’im Siz dunyo turguncha turing onajon Sochimga qor qo’nsa ko’nsin ishim yo’q Bahorga bog’langan gulga hushim yo’q Sizdanda ulug’roq aziz kishim yo’q Siz dunyo turguncha turing onajon O’n sakkiz ming olam aroman yonib Yagona orzuyim uzra yuzlanib Madhingizga she’rim bitsam zavqlanib Siz dunyo turguncha turing onajon Download 436 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling