Mavzu: Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz reja
MAVZU : MA’NAVIYATNING ULUG'LIGI
Download 436 Kb.
|
Ma\'naviyat soatlari ma\'ruza matnlari 2022 2023 o\'quv yili
MAVZU : MA’NAVIYATNING ULUG'LIGI
Reja: 1. Yuksak ma’naviyat—yengilmas kuch asari biz kutgan kitob. 2. Ma’naviyat tushunchasi va uning bugungi kunimizdagi tutgan o’rni. "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" kitobi umumiy tuzilishi, ma'no-mazmuni, ifoda uslubiga ko`ra sodda va ravon tilda, keng kitobxonlar uchun mo`ljallab yozilgan asardir.Bu kitob tuzilishiga ko’ra muqaddima, to’rta bob va xotima qismidan tashkil topgan. Birinchi bob “Ma’naviyat—insonning ulg’ayish va kuch –qudrat manbaidir”, ikkinchi bob “Mustaqillik—ma’naviy tiklanish va yuksalish”, uchinchi bob “Ma’naviyatga tahdid—o’zligimiz va kelajagimizga tahdid”, to’rtinchi bob esa “Vatanimiz taraqqiyotining mustahkam poydevori” deb nomlanadi. Ayni paytda u yoritilgan mavzusi, o’rtaga qo`yilgan muammo va masalalari, tadqiqot ob'ekti, ilmiy-nazariy xususiyatlari nuqtai nazaridan g`oyat keng qamrovli, shu bilan birga, o`ziga xos noyob asar ekanligini ko`pgina misollar orqali ko`rish mumkin. Avvalo, shuni ta'kidlash kerakki, insonning nafaqat ichki olami, balki jamiyat va davlat hayoti bilan bog`liq ijtimoiy-siyosiy faoliyatidan tortib, uning shaxsiy turmush tarzi, harakat va intilishlarini qamrab oladigan ma'naviyat hodisasining o`zi shu paytgacha ilmu fanda chuqur va fundamental asosda yoritilib, tadqiq etilmagan. Ma'lumki, Sharq va G`arb olamida davlat yoki jamiyat, odil hukmdor, xalq va millat, dunyoning o`tkinchiligiyu ruhning abadiyligi to`g`risida, inson haqida, iqtisodiyot, falsafa, madaniyat, adabiyot va san'at haqida - xullas, odamzotning taqdiriga bevosita daxldor bo`lgan masalalar bo`yicha ko`plab asarlar yaratilgan. Lekin ma'naviyat fenomenini dunyoviy nuqtai nazardan, ilmiy va amaliy jihatdan har tomonlama tadqiq etadigan mukammal asar bizda shu paytga qadar yaratilmagani - ayni haqiqat. Bu haqda gapirganda, buning bir qancha ijtimoiy-tarixiy, ilmiy-nazariy sabablari borligini ta'kidlash o`rinlidir. Birinchidan, inson hayotining uzviy qismi bo`lgan, uning uchun suv va havo kabi doimiy ehtiyojga aylanib ketgan ma'naviyat hodisasi hech qachon hozirgidek jiddiy xavf ostida qolmagan edi. Bugungi kunda ma'naviyatga qarshi qaratilgan tahdid va xatarlar - bu avvalambor insoniyatning o`ziga qarshi qaratilgan keskin tahdid va tajovuz ekani tobora ayon bo`lib bormoqda. Bu xatarlarning qanchalik dahshatli ekanini ochib berish uchun odamzot aqlini tanigan zamonlardan boshlab qatrama-qatra, misqollab to`plab, asrab-avaylab kelayotgan ilohiy mo`'jiza - ma'naviyatning asl mohiyatini ko`rsatish, tahlil etish g`oyat o`tkir zaruratga aylanmoqda. Chunki bashariyat hayotini, o`zining qudrati, aql-zakovati bilan bunyod etgan buyuk sivilizatsiya yutuqlaridan hozirgi vaqtda tasarrufida bo`lgan yalpi qirg`in qurollari yoki oddiy nodonlik tufayli yuz berishi mumkin bo`lgan texnologik, ekologik falokatlar, axloqiy buzilishlar orqali judo bo`lishi hech gap emas. Bunday halokatning oldini olish uchun insoniyatni ogoh etish, avvalo, uning ma'naviy-ruhiy dunyosini uyg`otish hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Ikkinchidan, biz 70 yildan ziyod vaqt mobaynida materiya va moddiy qadriyatlar asosiy o`ringa qo`yilgan, ma'naviy hayot inkor etilgan ateistik tuzumni va uning fojialarini boshdan kechirdik. Binobarin, ma'naviyatning inson va jamiyat hayotida qanday muhim o`rin tutishiga, bu masalaga e'tibor bermaslik qanday mash'um oqibatlarga olib kelishi mumkinligiga hayotning achchiq tajribalari asosida ishonch hosil qildik. Endi ana shu o`tmish asoratlaridan qutulib, asl milliy o`zligimizga qaytayotganimiz, o`zimizning ezgu maqsadlarimizga erishish, turli tahdid va xurujlarga mustahkam qarshi turish yo`lida ma'naviyatdan qudratli qurol sifatida foydalanish zarurati avvalambor bu hodisani har tomonlama tushunish va anglashni kun tartibiga jiddiy vazifa qilib qo`ygani tabiiy, albatta. Uchinchidan, ma'naviyat hodisasiga xolis va haqqoniy baho berish, uning jamiyat va davlat hayotidagi o`rni va rolini har tomonlama chuqur yoritish uchun inson bu mo`'jizani hamisha hayotining ustuvor qadriyati sifatida ulug`lab kelgan buyuk xalq va millatga mansub bo`lib, ana shu muqaddas zamindan oziqlanib yashagan bo`lishi alohida ahamiyat kasb etadi. Zero, xalqimizning ongu tafakkurida ma'naviyat so`zi nihoyatda ulkan va serqirra ma'noga ega bo`lib, u bilan bog`liq ijtimoiy mazmun va amaliy faoliyat mezonlari hayotimizning barcha sohalarini belgilaydi va bu tushunchaning mohiyatini ochib berish uchun asos bo`la oladi. To`rtinchidan, ma'naviyatning tarkibiga kiradigan insoniylik, adolat, haqiqat, halollik, mehr-oqibat, vafo va sadoqat, dinu diyonat, an'ana va qadriyatlar haqida yangi-yangi asarlar yaratilmoqda. Lekin ularning barchasini o`zida birlashtiradigan inson va xalq ma'naviyati haqida yaxlit asar yozish, uning xususiyat va alomatlarini ochib berishga uncha-muncha odam jur'at qilolmaydi. Qolaversa, ko`pchilik shu paytga qadar ana shu juz'iy hodisalarning o`zi ham ma'naviyatni aks ettiradi, ma'naviyatning nima ekanini shular timsolida bilib olish mumkin, binobarin, bu keng miqyosli tushunchani maxsus tadqiq etish shart emas, degan biryoqlama qarash bilan kifoyalanib yurar edi. Ana shu va shunga o`xshash boshqa ko`plab ob'ektiv va sub'ektiv omillar mujassam bo`lgandagina ma'naviyat hodisasini teran tahlil etish va shu asosda bugungi va ertangi hayotimiz uchun juda muhim saboq va xulosalar chiqarish mumkin ekanini "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" kitobi yaqqol isbotlab turibdi. Muallifning ko`p yillik kuzatishlari, fikr va mulohazalari mahsuli bo`lgan, har tomonlama teran ilmiy va hayotiy qarashlarga asoslangan ushbu kitob to`rt bobdan iborat bo`lib, unda ma'naviyat sohasiga oid qonun va kategoriyalar, tushuncha va tamoyillar yaxlit bir tizim sifatida tahlil etilgan. Aytish mumkinki, shu asosda ma'naviyatning mazmun-mohiyati, uning inson va jamiyat, millat va davlat taraqqiyotidagi o`rni va ahamiyati haqida yaxlit ilmiy-falsafiy, nazariy-metodologik ta'limot yaratilgan. E'tiborga sazovor yana bir jihati shundaki, kitobda ko`tarilgan muammolar, ilgari surilgan g`oya va qarashlar, turli masalalar yuzasidan bayon qilingan fikr-mulohaza va xulosalar nafaqat bir millat, jamiyat yoki davlat, balki butun bashariyatga xos bo`lgan umuminsoniylik va bag`rikenglik tamoyillari asosida yoritib berilgan. Ma'naviyat tushunchasining ma'no-mazmuni va u bilan bog`liq masalalar dunyodagi barcha xalqlar va mintaqalar uchun umumiy bo`lgan global muammo sifatida tavsiflangani ham bu fikrni tasdiqlaydi. Eng muhimi, muallif ushbu soha bilan bog`liq muammolarning tub sabab va ildizlari haqida fikr yuritar ekan, bugungi real hayot talablarini doimo e'tibor markazida tutadi, asosiy maqsad inson va uning ma'naviyatini asrash ekanini qayta-qayta ta'kidlaydi. Bu boradagi fikrlarini ko`plab misollar orqali isbotlab, kuchaytirib boradi. Ayniqsa, istiqlol yillarida yurtimizda ma'naviy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish bo`yicha amalga oshirilgan ulkan ishlar hamda bajarilishi lozim bo`lgan vazifalar teran tahlil etilib, mamlakatimizning istiqboldagi taraqqiyotiga xizmat qiladigan yangi g`oya, fikr va xulosalar bayon etilgani kitobning amaliy ruhi va ahamiyatini yanada oshirgan. Asarda bugungi murakkab globallashuv davrida ma'naviyat sohasida vujudga kelayotgan o`tkir muammolar, xalqimiz ma'naviyatini asrash va yuksaltirish, ayniqsa yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli g`oya va mafkuralar ta'siridan saqlash va himoya qilish masalalariga alohida e'tibor qaratilgan. Download 436 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling