Mavzu: Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz reja
MAVZU : OG’USIZ HAYOT SARI
Download 436 Kb.
|
Ma\'naviyat soatlari ma\'ruza matnlari 2022 2023 o\'quv yili
MAVZU : OG’USIZ HAYOT SARI.
REJA: 1. Narkotik va toksik moddalar haqida. 2. Giyohvandlik va uning oqibatlari. 3. Giyohvandlikning ijtimoiy havfi . 4. Giyohvand qancha umr ko’radi ? Narkomaniya- grekha “norke”-tirishib qolish, sezgini yoqolishi “maniya”-vasvasa, vasvoslik, savdoiylik bilan kechadigan ruhiy holat so’zlaridan olingan. Demak ,u mazmun-mohiyatiga ko’ra ona tilimizdagi bangilik, giyohvandlik degan sozlarga to’gri keladi. Boshqacha qilib aytganda narkomaniya narkotik moddalarga giyohlarga organish , bangilik, giyohvandlik, narkotik dori vositalari narkotik moddalarni doimo va borgan sari kop miqdorda qabul qilishga moyillik shakliga kuzatilgan kasallikdir. Nasha, geroin, kakain, gashish, marixuana boshqalarga organib, ularni is’temol qilmasdan turolmaslik, xumor tutadigan darajaga yetish, ozini tutolmaslik tushuniladi. Nasha-tutgullilar oilasiga mansub bir yillik tub tolali, moyli, ikki uyli osimlik Yevropa va Osiyoda 3,Ozbekistonda 2 turi uchraydi. Nashaning erkagi, urgochisi mavjud. Ildizi-oq ildiz, poyasi qirrali boyi 4m. gacha borishi mumkin. Barglari panjasimon, cheti arra tishli, tukli. Changchi gulli osimlik- erkagi, urgochi gulli osimlikka nisbatan kam bargli, gullari mayda ko’rimsiz. Nasha chetdan changlanuvchi , issiqsevar va namsevar osimlik, mevasi bir urug’li osimlik sifatida foydalaniladi. Tolasidan arqon, tor, dag’al mato, brizent tayyorlanadi. Hind nashasi nomi bilan yurutuvchi turi esa tibbiyot amaliyotida ishlatilmaydi va barcha mamlakatda uni ostirish ta’qiqlab qo’yilgan. Umuman, nasha tarkibida bosh miya ta’sir etuvchi bir qator moddalar mavjud. Chunki uning shirasidan tayyorlangan modda uni iste’mol qilishiga kayf beradi. Hind nashasida kannabion, glyukozid, kandvandlikka olib keluvchi vpsitalar tayyorlanib, turli nomda: gashish,bang, gonja,mirixuana deb ataladi. Nasha osimligining tana va barglaridan yigib olingan shirasi-quyuq massa gangish deb nomlanadi. Nasha inson organizmida qanday ta’sir korsatadi? Olimlardan J. Zoxidov, V. Petrunklarning ma’lumotiga qaraganda nasha chekilganda uning ta’sida bir necha minut ichida boshlanib, 3soatdan 12soatgacha davom etishi mumkin. Bu giyohvand modda bilan zaharlanish ikki bosqichdan iborat:oziqlanish va so’nish. Ko’knor-ko’knorlarga mansub osimlik turkumi vakili sut shirasi mavjud bir yillik yoki kop yillik osimlik. Gullarni yakka va yirik-yirik oq yoki kokish tusli, uzun gulbandlarga joylashgan. Mevasi kosakcha, poyasi tik o’suvchi, silliq serbarg odatda yuqori qismi shoxlangan boladi Ildiz oldi top bargli qisqa bandli elippsimon yirik arrasimon qirrali, uzunliki 20-25sm. Barglari poyadandsiz ketma-ket joylashgan. Bir tub osimlik bittadan yigirmattagacha gul hosil qilishi mumkin. Ko’knor iyun-iyul oylarida gullaydi, mevasi iyul oxirlari, sentabr boshlarida pishadi. Urug’i mayda buyraksimon, ustki tomonida mayda chuqqurchalari bolib, turli tuslarga boyalgan. Ko’knorning barcha qismida alkoidlar bor. O’sib kelayotgan avlodning har tomonlama rivojlanishida mahalla, maktab mas’ul ekan , voyaga yetmaganlarning giyohvandlik va tpoksikomaniya vositalarining zararli ta’sirida saqlash borasida birgalikda harakat qilib, barcha imkoniyatlaridan foydalanishlari mavjud. Shu bilan birga o’quvchilar o’rtasida giyohvandlik va toksimaniyaning oldini olish butun ta’lim-tarbiya tizimining ajralmas qismi bolib, bu jarayon faqat giyohvandlikka qarshi qaratilmasdan balki tarbiyaning umumiy masalalariga ham yonalishlari darkor. Har bir shaxsning axloqi,yurish-turishi eng kamida boshqalarga zarar yetgazmasligi lozim. Giyohvandlikka mubtalo bolganlar yetkazayotgan zararni esa hech narsa bilan o’lchab bolmaydi. Giyohvandlik ijtimoiy xavfi zararlari nimadan iborat? -giyohvandlar ob’yekti yomon xizmatchilar hisoblanadilar, chunki ularning jismoniy va ruhiy ahvoli qoniqarli emas, vaqti-vaqti bilan ularning organizmida vujudga keladigan giyohvandli xuruji esa ularning mehnat qobilyatini butunlay to’xtatadi. -giyohvandlar oz oilasi uchun chidab bolmaydigan sharoitni vujudga keltiradi. Jumladan, oila a’zolari, qarindoshlarini xotirjam yashashlariga imkon bermaydi. -giyohvandlar ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan juda tez qariydilar. Ayniqsa, giyohvand modda sifatida ba’zi kimyoviy vositalarni iste’mol qilish natijasida ruhiyatining tez buzilishi sodir bo’ladi va ma’lum vaqt davomida giyohvand, toksikoman deyarli hayvonlarcha hayot kechiradi. Giyohvandlik-inson organizmining ta’sirchan moddalarga organib qolishini anglatadi. Demak, navbatdagi”huzurbaxsh samaraga” ega bolish uchun foydalanilayotgan narkotik moddalar me’yori ma’lum darajada oshirilishini talab qilinadi. Giyohvandlik balosiga turli yo’llar bilan yo’liqish mumkin. Ba’zi shaxslarga giyohvandlikka tasodifan, bilmay nodonlik tufayli yoliqadilar. Jumladan, ayrim ogriqni yengillashtiruvchi dori-darmonlar uyqu bagishlovchi vositalarni is’temol qilish yoki oz bilganicha davolanish natijasida giyohvandlik dardiga mubtalo bo’lishi mumkin. Giyohvandlikka undovchi shaxslar dastlab yoshlarni narkotik moddalar bilan siylashadi:tatib chekib korishni taklif qiladilar. Narkotiklar ular qaysi turga mansub bolishiga qaramasdan odamni dastlabki paytlarda yengil, huzurbahsh kayfiyat olamiga “parvoz”qildiradi keyin esa bora-bora tubanlik girdobiga tortib ketadi. Giyohvandlikka berilgan kishi endi narkotik moddani qanday usul bilan bolmasin topishga harakat qiladi. Giyohvand moddalar takror is’temol qilganda inson bosh miyasiga nevrokimyoviy va biokimyoviy jarayonlarda jiddiy ozgarishlar yuz beradi. Shu tariqa organizm uchun “zaruriy”omilga aylanib qoladi. Shu boisdan ham narkotik moddalarga berilgan, organib qolgan kishi unga “ipsiz boglanadi”. Agar giyohvand ignaga otib narkotik moddani tomir orqali organizmga kirsa, 5-10yilgacha yashasha mumkin. Bu moddaning kop qismi-90 foizini kasallik davolanish bilan otkazadilar. Yaqin qarindoshlari, dostlarini yoqotadilar va ijtimoiy insoniylik qiyofasidan mahrum boladilar. Biroq bu muddat narkotik moddani sotib olishga doimo qurbi yetadigan, ularni oz-ozdan qabul qiladigan vaqtida davolanib turadigan, salomatligi hayoti uchun xavf soladigan darajagacha yetib bormaydigan bemorlar uchun taalluqlidir. So’nggi yillarda paydo bolgan “ekstozi”nomi bilan ataladigan va boshqa bir talay sintetik narkotik vositalar yoki ilgaridan ma’lum bolgan LSD narkotik moddalari hayot rishtalarini ular bilan birinchi tanushuvdan 7-8oy dan so’ng uzib qo’ya qoladi. Statistik ma’lumotlar shuni ko’rsatmoqdaki,yer yuzida tayyorlanayotgan giyohvand moddalardan tushadigan daromadning 90 foizi”Ajal urug”ini tashuvchilariga 6%zaharli yetishtiruvchilariga , 2%yashirin fabrika egalariga 2% esa savdo vositachilariga tegishli ekan. Hatto dunyodagi eng rivojlangan davlat AQSH da giyohvandlikka ruju qoyganlardan har yili 14ming nafari halok bolmoqda. Yana 35,8 har yili OITSkasalligini yuqtirib olmoqda va tarqatmoqda. Ma’lumki, barcha islom ahlining sosiy diniy ta’limot manbai bo’lmish Qur’oni Karimda Alloh taolo payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomni butun bashariyatga O’zi tarafidan elchi qilib yuborishining qator sabablaridan biri sifatida toza-pok narsalarning halol ekanligini va nopok narsalarning haromligini ularga bildirish vazifasi deb ko’rsatgan (A’rof surasining 157-oyati). Ushbu va boshqa oyati karimlardagi ilohiy ko’rsatmalarga asoslanib Payg’ambarimiz alayhissalom: “har bir mast qiluvchi narsa harom” dedilar (Imom Muslim rivoyati). Yana bir hadisi sharflarida ogohlantiradiki: “Har kim o’zini o’zi zahar bilan o’ldirsa qiyomat kuni jahannam o’ti bilan azoblanadi”(Imom Termiziy rivoyati).Islom dini insonga zarar keltiruvchi narsalarni, ayniqsa, eng ulug’ ne’mat sanalmish aqlini ketkazuvchi yoki uni zaiflashtiruvchi har qanday narani harom deb hisoblaydi.Ilmiy tekshirish natijalariga qaraganda, qora dori og’iz yoki burun orqali inson tanasining ichkarisiga kirgach, u avvalo ichaklarga so’riladi hamda qorindagi qon aylanish yo’li bilan jigarga yetib boradi, Jigar uni o’ksidlab harorat, suv va korbanat angidiritga aylantiradi va umumiy qon aylanish jarayoniga qo’shilib ketishga yordam beradi.Natijada ,jigarning hujayralari undan ta’sirlanib serroz kasalligiga yo’liqadi.Giyohvand moddalarning oksidlari halaqit bergani uchun yig’ilib qolgan boshqa zararli moddalar qon aylanishi bilan muhim markaziy asab sistemasiga qadar yetib boradi. Asab hujayralari ishdan chiqib, yaroqsiz holga kelgach, insonda ko’rish, eshitish, hid olish, fikr yurutish, issiq-sovuqni,qattiq-yumshoqni, achchiq-chuchukni sezish xususuyatlari yo’qoladi. Asab hujayralari, ma’lumki, hayot maddasi sanalmish protoplazmadan tarkib topgan bo’ladi. Qora dori yetib borib u bilan muloqot qilgan paytda shu hayot moddasi qattiq iztirobga tushadi. Giyohvandlikning jamiyatga yetkizgan zararlari juda ko’pdir. giyohvandlikka mubtalo bo’lgan kimsa avvalo o’ziga , so’ng oilasiga,kasbiga yoki o’qishiga nisbatan qiziqish, ahamiyat va parvo hislari qolmaydi. Ayniqsa, ishlab chiqarish va taraqqiyotning asosiy kuchi sanalmish yosh avlodning giyohvandlikning birinchi navbatdagi qurboni bo’lishi- bu juda achinarli holdir.Ishlab chiqarishda ishlovchi giyohvadlarda, jumladan, quyidagi salbiy holatlar kuzatiladi: Ish jarayonida arzimagan sabablar bahonasi bilan janjal ko’tarish,urushish va zarda qilish. Ishga kech qolish. Giyoh iste’mol qilishga ketadigan vaqt uchun yo ish bilan giyohvandlikni bir vaqtda bajarish imkoniyatini yo’qligidan ish tashlash. Texnik jihozlarni noto’g’ri boshqarish natijasida buzib qo’yish yoki zarar yetkazish va boshqalar. Tarix saboqlaridan ma’lumki mustamlakachi davlatlar qaysi bir kichik mamlakatni bosib olishni istasa, faqat aslaha bilangina emas balki, o’sha xalqning, ayniqsa, yoshlarining aql-idrokini,iroda va hamiyatini susaytiradigan, ma’naviy va axloqiy tushkunlikka tushiradigan vositalarni qo’llashgan. Shunday vositalarning ichida eng kuchlisi – giyohvandlik moddalaridir.Mamlakat uchun yana bir hatarli jihati shundaki,giyohvandlikka ruju qoygan kimsalar bu “qimmatbaho’matohni muntazam harid qilib turish uchun pul va mablag’ga muhtoj bo’ladilar.Moddiy boylikni qo’lga kiritish uchun esa ular nafaqat vatanlarini, balki imonlarini ham arzonga sotib yuborishga tayyor bo’ladilar..Zero, yoshlar kelajakdagi rahbarlar, olimlar, mutaffakirlar,siyosatchilar,iqtisodchilar va hokozo kishilardir.Aholining bu qavati qanchalik giyohvandlikka ko’p berilgan bo’lsa, jamiyatning kelajagi shunchalik hatar oistida bo’ladi.tajribalar shuni ko’rsatadiki,giyohvandlikka ilk bor qadam qo’yish yoshlari ko’proq 11 yosh bilan 17 yoshlar o’rtasida kuzatiladi.Shu yoshda ularni jilovlanib olinsa, fojiyaning oldini olingan bo’ladi. Ma’lumki,oila- jamiyatning asosiy hujayrasi. U sog’lom bo’lsa jamiyat ham sog’lom, agarda u kasallansa, jamiyatning poydevariga darz ketadi, natijada, uning ustiga qurilgan bino qulashga moyil bo’ladi.Giyohvandlikning oilaga keltiradigan zararlari asosan quyidagilardan iborat: Nosog’lom avlodni dunyoga kelishi. Oila a’zolarining ichida qaysi biri giyohvandlikka mubtalo bo’lgan bo’lsa, uning kasb-u koriga, yani ishlab ishlab chiqarishga salbiy zarar yetkazadi. Giyohvand odam oilasiga yaxshi namuna bo’lish o’rniga yomon sifatlarda namoyon bo’ladi. Oila boshlig’i giyohvand bo’lgan taqdirda u bu yomon odatni oila azolariga o’tkazadi. Giyohvandlik bilan tanilgan oila manzili doimo rasmiy tashkilotlar tomonidan nazoratda, taftish va tintuvda bo’lib turadi. Bunday notinch va noosoyishta oila a’zosi o’rtasida doimiy nizo, tortishuv, janjal bo’lgani sababli ularning turmushida hech qanday halovat bo’lmaydi. XOTIMA Alloh taolo Qur’oni Karimda mo’min-musulmonlarning o’zaro bir – birlarini ezgulik, hayrli va savobli ishlarga yuborib, yovuzlik, yomonlik va gunoh ishlardan qaytarib turishlikni farz qilgan. Janob payg’ambarimiz Muhammad(s.a.v.) hadislaridan birida: “Ey,ummatlarim,agar sizlar bir-birlaringizni yaxshilikka yuborib, yomonlikdan qaytarib turishlikni tark etsalaringiz, boshingizga shunday bir balo va ofat keladiki, u yaxshi-yomonga barobar fojea bo’ladi” deb ogohlantirganlar. Giyohvandlik ofatidan xalqimizni va kelajak avlodni halos etish va ularni moddiy va manaviy barkamollik sari yo’naltirishdek umumbashariy xayrli ishlarimizda Allohning o’zi hammalarimizga madadkor bo’lsin ! Download 436 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling