O’simliklarga zarar keltiruvchi hashorotlar


Download 172.72 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi172.72 Kb.
#1533310
  1   2   3
Bog'liq
Nabijanova Nasiba

O’SIMLIKLARGA ZARAR KELTIRUVCHI HASHOROTLAR

Nabijanova Nasiba

KiRISH

I bob

O’simliklarga zarar keltiruvchi hashorotlarning biologik xususiyatlari va tarqalishi

  • O’simliklarga zarar keltiruvchi hashorotlarning tarqalishi
  • O’simliklarga zarar keltiruvchi hashorotlarning qarshi kurash
  • II bob

    O’simliklarga zarar keltiruvchi hashorotlarga qarshi kurash, biologik kurash

  • O’simliklarga zarar keltiruvchi hashorotlarga qarshi kurash
  • O’simliklarga zarar keltiruvchi hashorotlarga qarshi biologik kurash

Foydalanilgan adabiyotlar

O’simliklarga zarar keltiruvchi hashorotlarning biologik xususiyatlari va tarqalishi

  • Jahon bo`yicha har yili qishloq xo`jalik ekinlarining mahsulotini 30% dan ortig`i zararkunanda, kasalliklar va begona o`tlar zararidan nobud bo`lmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda yuqoridagi zararli organlar ta’sirida 20-25 % hosil nobud bo`lsa, kam rivojlangan davlatlarda 40% hatto 50 % gacha nobud bo`lmoqda. Quyida ana shu zararkunandalarning turlari haqida so`z yuritiladi.Nematodalar, ya'ni yumaloq chuvalchanglar tuproqda va o'simliklarda hayot kechiruvchi mikroskopik shaklga ega, rangsiz qurtlardir. Meva bog'laridagi tuproqning haydalma qatlamida 100 sm3 da 4000-5000 ta nematoda uchraydi. Butun dunyoda g'o'zada 150 tacha, O'zbekistonda 100 dan ortiq nematoda turi mavjud boiib, ulardan 20-25 tasi parazitlik bilan hayot kechiradi.
  • Qishloq xo'jaligi ekinlarida bir necha turdagi nematodaiar parazitlik qiladi. Ular issiqxonalardagi sabzavot ekinlaridan bodring, baqlajon, qovun, qovoq, g'o'za, kanop, geran, zig'ir, kartoshka kabi o'simliklarga katta zarar yetkazadi. Masalan, Heterodera rostochiensis Woll - kartoshkaning sista hosil qiluvchi, Meloidogyne incognita Chitw - gall nematodasi, Ditylenchus destructor Thome - poya nematodasi ekinlarni dalada va mahsulotni saqlash jarayonida nobud bo'lishiga sabab bo'ladi. Keyingi yillarda Heterodera arenae Woll - sulining sista hosil qiluvchi nematodasi bug'doy hosildorligini 6-8 s/ga pasaytirib yubormoqda. Ditylenchus dipsaci Kuhn-poya nematodasi qulupnay, qand lavlagi, xmel, no'xat kabi o'simliklaming hosilini kamaytiradi.
  • Fitopatogen nematodaiar, kelib chiqishiga ko'ra, poyada, ildizda, barglarda va urug'da parazitlik qiluvchi turlarga bo'linadi. Nematodaiar morfologik tuzilishi, biologiyasi, patogenligi va kasallik belgilarini keltirib chiqarishiga qarab bir-biridan farq qiladi. Barcha fitoparazit nematodaiar tanasining old qismida og'iz apparati bo'ladi. Ular xartumi vositasida hujayralar devorini teshib, o'simlik ichkarisiga kirib, hujayra ichidagi oziqani shimib oziqlanadi va o'ziga xos so'lak ajratib chiqaradi. So'lak o'simliklar hujayrasi va to'qimalariga turlicha ta'sir ko'rsatadi.

  • Download 172.72 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling