Mavzu: Yangi tarmoqqa kirish strategiyalari. Reja: Kirish Yangi tarmoqlarda raqobat strategiya


Depsinayotgan yoki tushkunlik xolatidagi korxonalar uchun strategiya


Download 94.25 Kb.
bet5/6
Sana18.06.2023
Hajmi94.25 Kb.
#1580050
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
22 Mavzu Yangi tarmoqqa kirish strategiyalari.

3.Depsinayotgan yoki tushkunlik xolatidagi korxonalar uchun strategiya.
Biznesning yaqin sohalaridagi strategik muvofiklik xisobiga erishilgan raqobat ustunligi individual ishlab chiqarishga qaraganda qushimcha saloxiyat beradi.
Raqobat ustunligining qushimcha manbasi aktsiyalar daromadliligi bo’yicha 2+2=5 samarasini olish imkonini beradi.
Turdosh tarmoqlarga diversifikatsiyalashning eng tarqalgan yo’llari quyidagilar:
Sotish imkoniyatlari va reklama faoliyatidan birgalikda foydalanishi mumkin bo’lgan tarmoqlarga kirish.
Turdosh texnologiyalardan foydalanish.
Nou-xau va tajribalarni bir faoliyat turidan boshqa faoliyat turlariga o’tkazish.
Yangi mahsulotga korxonaning nomi va istemolchilarning ishonchini o’tkazish.
Faoliyatning asosiy turini quvvatlash uchun yangi tarmoqlarda xarid qilish.
Yangi tarmoqka kirish kuyidagi uch shakldan birida davom etishi mumkin:
a) «yutib yuborish»;
b) yangi kompaniya tuzish;
v) kushma korxona tuzish.
Mavjud firmani «yutib yuborish» eng ommaviy usul bulib, yangi bozorga tezrok kirish ustunligiga ega. Shuningdek u texnologik koloklikni tugatish, ta’minotchilar bilan alokalar boglash, yangi tarmoqda raqobatbardoshlikka erishish kabi tusiklarni engish uchun yordam beradi. Kup tarmoqlarda zarur axborot bazasini rivojlantirish, uzini resurslar bilan ta’minlash va jiddiy raqobatchi obrusini egallash uchun firmalarga bir necha yil kerak buladi.
«Noldan boshlash» diversiyasi tanlangan tarmoqda «bosh» kompaniya boshchiligida yangi kompaniya tuzishni ifodalaydi. Bu kuyidagi xollarda jozibali xisoblanadi:
- bunda etarli vakt bulgan takdirda;
- yangi firmaning bozorni egallashga bulgan xarakatlariga raqobatchi firmalar reaktsiya bildirmaydilar.
Bunday yul bilan bozorga chikish boshka kompaniyani sotib olishdan arzonga tushadi.
Firma samarali faoliyat kursatish uchun etarli tajribaga ega buladi.
Yangi ishlab chikarish kuvvatlarini tashkil etish tarmoqdagi talab va taklif muvozanatiga salbiy ta’sir kursatmaydi.
Maksadli tarmoqda nisbatan katta bulmagan firmalar bulganligi uchun yosh kompaniyalarga yirik raqobatchilar bilan raqobat kilishiga tugri kelmaydi.
Kushma korxonalar tuzish quyidagi xollarda foydali samara berishi mumkin.
Kushma korxona - bu yakka tartibda biror bir narsani kilish xavfli yoki tejamsiz ekanligida yaxshi usuldir.
Kushma korxonalar resurslarni birlashtirish yanada kuchlirok raqobat ustunliklariga ega bulgan tarkibni yaratadigan takdirda kulaydir.
Xorijiy xamkorlar bilan kushma korxonalar ba’zida import kvotalarini,tariflarni milliy-siyosiy manfaatlar va madaniy tusiklarni engib utishning yagona imkoniyati bulib xisoblanadi.
Turdosh tarmoqlarga diversiyalash strategiyasi.
Diversiyalash variantlarini izlash jarayonida kompaniya turdosh tarmoqlarni tanlashi mumkin. Bunday paytda tarmoqqa diversiyalash strategik muvofiklikdan kelib chikib amalga oshiriladi. Strategik muvofiklik turli firmalar uxshash ishlab chikarishga ega bulgan takdirda mavjud buladi. Bu esa kuyidagilar uchun imkoniyat yaratadi:
a) maxorat va tajribani bir korxonadan boshka korxonaga utkazish;
b) ishlab chikarish xarajatlarini pasaytirish maksadida turlicha bulgan ishlab chikarishni yagona tizimga birlashtirish.
Strategik muvofiklikka asoslangan alokalar ishlab chikarish soxasida, personal maxoratiga bulgan talablarda, mineral resurslar va ta’minotchilarning manbalarining yagonaligida, detallar va komponentlarni birgalikda ishlab chikarish uchun saloxiyatda, uxshash ishlab chikarish usullari va boshkaruv nou-xaularida, marketing va maxsulot sotishda bir xil yondoshuvlarni kullashda, bir xil ulgurji xaridorlar va chakana dilerlarda, sotuvdan keyingi xizmat kursatish saloxiyatida, shuningdek umumiy savdo markasidan foydalanishdan olingan sinergitik samarada namoyon buladi.
Turdosh tarmoqlarga diversiyalash xakikatda jozibali kurinadi. U mavjud ishbop faollik darajasini saklab kolish, maxorat va tajribani urgatish xisobiga raqobat ustunligidan foydalanish, shuningdek investitsiyalash xavfini turdosh tarmoqlardagi firmalar bilan bulishish imkoniyatini beradi.
Qachonki ikkita korxonaga raxbarlik kilish, ularning aloxida faoliyat kursatishiga nisbatan arzonga tushsa,shundagina turdosh diversiyalashda faoliyat mikyoslaridagi tejamkorlik mavjud buladi.
Turdosh tarmoqlar urtasidagi strategik muvofiklik kuyidagilar xisobiga raqobat ustunligi uchun saloxiyatni vujudga keltiradi:
a) ancha past ishlab chikarish xarajatlari.
b)bir tarmoqdan ikkinchisiga asosiy malaka va tajriba, texnologik xususiyatlar, boshkaruv nau-xaularni samarali uzatish.
v)umumiy tovar markasidan foydalanish imkoniyatlari.
Biznesning yakin soxalaridagi strategik muvofiklik xisobiga erishilgan raqobat ustunligi individual ishlab chikarishga karaganda kushimcha saloxiyat beradi.
Raqobat ustunligining kushimcha manbasi aktsiyalar daromadliligi buyicha 2+2=5 samarasini olish imkonini beradi. Turdosh tarmoqlarga diversiyalashning eng tarkalgan yullari kuyidagilar: Sotish imkoniyatlari va reklama faoliyatidan birgalikda foydalanishi mumkin bulgan tarmoqlarga kirish.
Turdosh texnologiyalardan foydalanish.
Nou-xau va tajribalarni bir faoliyat turidan boshka faoliyat turlariga utkazish.
Yangi maxsulotga firmaning nomi va iste’molchilarning ishonchini utkazish. Faoliyatning asosiy turini kuvvatlash uchun yangi tarmoqlarda xarid qilish.
Shu bilan birga, yuqori texnologiyali yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, hududlarni raqobatdosh va eksportga yo‘naltirilgan zamonaviy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga yanada faol jalb qilish, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport, ijtimoiy infratuzilma va logistika xizmatlarini jadal rivojlantirishni ta'minlash uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni kengaytirish maqsadida respublikada 14 ta erkin iqtisodiy zonalar va 96 ta kichik sanoat zonalari tashkil etilgan.
Ma'lumot o‘rnida: Bugungi kunda erkin iqtisodiy zonalarning 3 tasida umumiy qiymati 486 mln.dollarlik 62 ta loyihalar amalga oshirilgan, 4,6 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilgan.
Shu bilan birga, tashkil etilgan kichik sanoat zonalarida 731,6 mlrd.so‘mlik 1 201 investitsiya loyihalri amalga oshirilgan, 11 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilgan.
Bugungi kunda, respublikamizda mavjud tabiiy xom ashyo resurslaridan maksimal darajada foydalanish orqali kelgusida iqtisodiyot va sanoat tarmog‘ini diversifikatsiya va isloh qilish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirish zarur:
Birinchidan - O‘zbekiston iqtisodiyotini yanada diversifikatsiya qilish hamda uning raqobatbardoshligini mustahkamlash;
Ikkinchidan - sanoatda sohasida yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan yangi bosqichga o‘tish;

Download 94.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling