Mavzu: yaponiya meydzi tiklanishi davridagi islohotlar
O’zbekiston sa’noati va qishlq xo’jaligi front ximztida
Download 45.48 Kb.
|
abdulla 2 (7)
1.2 O’zbekiston sa’noati va qishlq xo’jaligi front ximztida.
1941-yil sentyabr-dekabr oylarida Respublika hukumati xalq xo’jaligini harbiy izga solish, qaysi korxona qachon ishga tushirilishi togrisida ichki resurslarni tola safarbar etish togrisida aniq vazifalarni belgilab berdi. Kadrlar, sanoat xom ashyosi yo’qilgi, stanoklar, uskunalar keskin yetishmasligiga qaramay, 1941 yil dekabriga kelib Toshkentdagi 63 ta respublika hududidagi 230 ta sanoat korxonalari mudofaa mahsulotlarini ishlab chiqara boshladi koʻchirib kelingan zavodlar ham quvvatini oshirib bordi. 1941-yil 14-dekabrda harbiy korxonalar xodimlari urushga safarbar qilinganlar qatoriga qoʻshildi va shu korxonalarga biriktirildi. Mehnat intizomini buzganlar qattiq jazolanadigan boʻldi. Oʻzboshimchalik bilan korxonalar korxonadan ketib qolganlarga 5 yildan 8 yilgacha jazosi belgilandi. O’zbekistonda 1942-yilda yangi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 2 baravar koʻpaydi. 1943 yilda esa sanoat uning respublika xalq xoʻjaligidagi salmoqqa 75% gacha ortd. Harbiy ishlab chiqarish quvvatini oshirib borish zaruriyati sanoat qurilishini tobora kuchaytirishni talab qilar edi. Urush yillarida oʻzbekistonda 7 ta yirik gidroelektr stansiyasi, jumladan Oqqovoq, Qibray Farhod va Solor GESlari qurildi, yangi koʻmir va neft konlari ochildi eskilardan koproq foydalanadigan boʻlindi. 1941 yil martda Bekobodda O’rta Osiyoda dastlabki zamonaviy metallurgiya kombinati O’zbekiston metallurgiya zavodining birinchi navbatda ishga tushirildi.Urush davrida harakatdagi armiya zarur narsalarning hammasini: texnika, qurol-yarogʻ, oʻq-dori, oziq-ovqatlarni uzluksiz olib turdi. O’zbekiston Ittifoqining asosiy jangovor aslahaxonalaridan biri sifatida 2000 dan ortiq samolyot, 22 million dona minomyot,3 500 ming dona snaryad hamda millionlab dona gimnastyorka,4 sanitar poizdlar, paxtali ust-bos, etik va askarlar uchun boshqa kiyimlar va mahsulotlarini frontga yetkazib berildi. O’gir mehnat yuki asosan ayollar, qariyalar va oʻsmirlar yelkasiga tushdi, ammo, hech kimni toʻxtatmadi frontni oz vaqtida taʼminlash muhim boʻlib qolaverdi. Oʻzbekistonliklar front orqasining nihoyatda og’ir sharoitlarida Sovet Ittifoqi xaqlari bilan birga dushman ustidan gʻalabani fidokorona mehnatlari bilan taʼminlab bordilar va tarixida misli koʻrilmagan xalq jasoratini namoyon qildilar. Barcha qiyinchliklarga qaramay frontni zarur mahsulotlar bilan taʼminlash uchun fidokorona mehnat qildilar. 1941-yili davlatga 1,6 mln tonnadan ziyod paxta topshirildi. Sabzavot va poliz ekinlari, meva pilla, jun, go‘sht topshirish majburiyatlari oshigʻi bilan bajarildi. Don va texnik ekinlarni koʻpaytirish harakati natijasida 1942-yil bahorda qoʻshimcha 220 530 gektar yer o‘zlashtirildi. Urush yillarida paxta yetishtirishni osonlashtirish eng muhim vazifa qilib qoʻyilgan. Kolxozchi dehqonlar va butun O‘zbekiston mehnatkashlarning kuchlari bilan Yuqori Chirchiq, Shimoliy Farg'ona, Soʻx Shohimardon, Uchqo'rg'on kanallari Kosonsoy va Rudasoy suv omborlari qurildi. Kattaqo'rg'on suv ombori suvga toʻldirila boshlandi Samarqand, Farg'ona, Toshkent viloyatlarida qand lavlagi uchun unumli yerlar ajratilib, 1943-yili 1,5 million sentnerdan ortiq lavlagi davlatga topshirildi. Qand lavlagini qayta ishlovchi Zirabuloq Krasnogvardeskdeysk Qoʻqon va Yangiyo'l qand zavodlari qurildi. Urush yillarida O'zbekiston butun mamlakatda ishlab chiqariladigan qanday chorak qismini berar edi. Shunday qilib urush yillarida Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi aholi eng murakkab va ogʻir sharoitlarda mehnat qilib 4 million tonnadan ziyod paxta xomashyosi 82 miliyon pud don va boshqa mahsulotlarni davlatga yetkazib berdi bu fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaga qoʻshilgan munosib hissa edi. 1939 yil 23 avgustda A.Gitler va I.Stalinning fatvosi bilan Germaniya tashqi ishlar vaziri Ribbentrob va SSSR tashqi ishlar Xalq komissari V.Molotov o’rtasida 10 yil o’zaro hujum qilmaslik to’g’risidagi shartnomaning tuzilishi xarakterlidir. Jahon jamoatchiligi bu shartnomani har ikki davlat tomonidan dunyoni o’zaro bo’lib olish maqsadlarini ko’zlab tuzilgan shartnoma sifatida qabul qildi. Chunki shartnoma tuzilgandan so’ng Germaniya o’zning asosiy raqibi SSSRdan qo’lini bo’shatib oldi va oradan ko’p muddat o’tmasdan sentyabrda Polsha hududlariga bostirib kirdi. Ikkinchidan, shartnomadagi mutlaq sir va maxfiy tutilgan moddalarga ko’ra SSSR Germaniyani nafaqat ma'naviy tomondan balki moddiy jihatdan qo’llab quvvatlagan, amalda o’ziga qarshi oyoqqa turayotgan Germaniyani qurollantirgan edi. Buni V.M.Molotov bilan Shulenburg o’rtaisda 1939 yil 28 sentyabrda tuzilgan va 1941 yil 10 yanvarda imzolangan mutlaqo maxfiy shartnoma isbotlaydi. Shartnomaga ko’ra Germaniya tomoni Boltiq bo’yi davlatlari hududlariga (Litva hududining bir qismidan tashqari) bo’lgan da'vosidan voz kechishi lozimligi qayd etiladi. Buning evaziga SSSR Germaniyaga 7.500.000 oltin dollar, yoki 31 million 500 ming n emis markasi miqdorida haq to’lashga rozi bo’ladi. 31.5 million nemis markasi miqdoridagi summaning sakkizdan bir qismi yoki 3.937.500 german markasiga SSSR tomoni uch oy muddat davomida rangli metallar yetkazib berish, 27.562.500 german markasini 1941 yil 11 fevralgacha oltin hisobida to’lashi shart qilib qo’yildi. Urush O'zbekistondagi har bir oilani moddiy jihatdan ham qiyin ahvolga solib qoʻydi. Shaharlarda oziq-ovqatga kartoshka tizimi tashkil etilib, ishchi va xizmatchilarga kuniga 400-500 grammdan oila aʼzolariga 300-400 grammdan non berildi. Rahbar xodimlar esa maxsus oziq-ovqat bilan taʼminlanib turildi. Qiyinchiliklar jamiyatning ijtimoiy ruhiy holatida keskinlikni vujudga keltirdi biroq, fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaga ishonch aslo susaymadi. Xususan urush yillari oʻzbek qishloqlarda ahvol juda ogʻir bolgan. Kolxozlarda kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun majburiy ish kuni normasi 1,5 marta oshirilgan. belgilangan muddat belgilangan mehnat normani bajara olmagan kolxozchilar shafqatsiz jazolangan. Qishloqlarda turli kasalliklar va ochiliklar natijasida minglab kishilar hayot bilan vidolashgan. Urush yillarda ocharchilik yirik sanoat markazlariga ham tarqalgan. Urush yillarida aholi tarkibida harbiy xizmatchilar oilalalari evakuatsiya qilinganlar, urush nogironlari, yetim bolalar deb nomlangan yangi ijtimoiy guruhlar paydo boldi. O'zbekistonga 1 million nafardan ortiq kishi jumladan 200 000 bola evakuatsiya qilindi. Turli millatga mansub yetim bolalarni oʻzbek xalqi o‘z farzandiday ardoqlab ularni voyaga yetqazdi. Masalan toshkentlik oddiy temirchi Shoahmad Shomahmudovlar oilasi 15 bolani, Kattaqolrg‘onlik urush nogironi Hamid Samadov 13 bolani, samarqandlik kolxozchi ayol Fotima Qosimova 10 bolani olib tarbiyaladi. Respublikaga urush davrida 30 dan ortiq harbiy gospital joylashtirildi. Jarohatlanganlarning talaygina qismi jangovor safga qaytarildi urush nogironlarning koʻpchiligi ishga joylashtirildi. Urush yillarida milliy siyosatda kechirib bo'lmas zo’ravonlikka yo‘l qoyildi. Totalitar tuzum rahbarlarining farmoyishi bilan kavkaz xalqlari, (chechenlar, ingushlar qorachoylar, mesxeti turklar, bolqorlar va b.) qirim tatarlari va Volgaboʻyi nemislari 1943-1944 yillarda zudlik bilan mamlakatning sharqiy hududlariga koʻchirilib yuborildi. Qirimdan 151 604 nafar qirim tatarlari, Gruziyadan 110 000 nafar mesxeti turklari, Shimoliy Kavkazdan 175 000 nafar chechenlar, 20 ming nafardan ortiq ingushlar, 4500 nafar bolqor va greklar O‘zbekiston SSSRga koʻchirildi. Mahalliy aholi jabrdiydalarga xayrixohlik bildirdi va samimiy yordam berdi. O'zbekistonning iqtisodiy va mehnat resurslari frontga safarbar etildi. Bu davrda O'zbekistonda yangi mehnat rejimi joriy qilindi, ya'ni ish kuni uzaytirildi, dam olish kunlari va mehnat ta'tillari bekor qilindi. O'zbekiston sanoatchilari 1941 yil oxirigacha 300 ga yaqin korxonani jangovar texnika, qurollar, o'q-dori ishlab chiqarishga moslashtirib qayta qurdilar. Bu korxonalarda frontga safarbar etilgan erkaklar o'rnini keksalar, xotin-qizlar egalladi. Urushning dastlabki paytlaridayoq 20 mingga yaqin toshkentlik xotin-qizlar sanoat korxonalari va qurilishlarda, 1700 ga yaqin respublika xotin-qizlari ko'mir koni shaxtalarida ishlashga yo'l oldi. Ishlab chiqarishni ishchi va mutaxassislar bilan ta'minlash choralari ko'rildi. Respublika oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari, fabrika-zavod ta'limi maktablarining faoliyati urush davri talablariga mos kadrlar tayyorlashga yo'naltirildi. Yakka tartibda va brigada tariqasida hunar o'rgatish ishlari yo'lga qo'yildi. Respublikamiz qishloqlarining aholisi frontni va front orqasini oziq-ovqat, sanoatni xom ashyo bilan ta'minlash uchun oyoqqa turdi. Xullas urush yillarida oʻzbek xalqining bagʻrikengligi, mehmondo‘stligi sabr-toqati va bardoshni yana bir marta namoyish etib, dunyo xalqlarini hayratga soldi.O'zbekiston sanoatchilari korxonalarni harbiy izga tushirishdek ishlarni ko'chirib keltirilgan korxonalarni joylashtirish va ishga tushirishdek yanada og'irroq ishlar bilan qo'shib olib bordi. Toshkentda zudlik bilan joylashtirilgan “Rostselmash” zavodi “Katyusha” va minomyot snaryadlari, aviatsiya zavodi jangovar samolyotlar, Kolchuginskdan keltirilgan kabel zavodi harbiy aloqa mahsulotlari etkazib bera boshladi. Respublika bo'yicha 1941-yil oxirlariga kelib 300 ta sanoat korxonasi faqat harbiy mahsulot ishlab chiqara boshladi. O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasining plenumida respublika sanoatini harbiy izga solish, ko'chirib keltirilgan asbob-uskunalarni joylashtirish sohasidagi ishlarga yakun yasalib, korxonalarda qurol-yarog'lar ishlab chiqarishni keng yo'lga qo'yish vazifasi ilgari surildi. Buning uchun etarli darajada metall qirquvchi stanoklar va aniq o'lchovchi instrumentlar ishlab chiqarishni tashkil etish, nodir metallar qazib olishni kuchaytirish hamda qora va rangli metallurgiya sanoatini yaratish, elektr energetika bazasini kengaytirish, neft qazib olishni 2-3 baravar oshirish, ko'mir qazib olishni kuchaytirish, yirik qurilish materiallarini ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, qisqa muddatda 30 ming malakali ishchilar tayyorlash tadbirlari belgilab berildi. Ko'chirib keltirilgan korxonalar tarixda misli ko'rilmagan qisqa muddatlarda 4-5 oyda, ayrimlari hatto 1-2 oy davomida qurib bitkazilib, front uchun harbiy mahsulotlar bera boshladi. Urush yillarida respublikada neft ishlab chiqarish 4 marta ko'paydi va 1945-yilda 478 ming tonnadan ortdi. energetika va yoqilg'i sanoatining o'sishi mashinasozlik sanoatining rivojlanishiga qulay baza yaratdi. G'arbdan ko'chirib keltirilgan zavodlar bazasida 16 ta stanoksozlik, to'qimachilik va mashinasozlik korxonalari tashkil etildi. Urushdan oldingi respublikamizdagi ko'pgina zavodlar ham turli asbob-uskunalar, mashinalar, jangovar texnika ishlab chiqarishga moslab qayta qurilgan edi. Bu korxonalarning asosiy xom ashyosi metall bo'lganligi bois unga bo'lgan talab tobora oshib bora boshladi.Urush yillarida qurilish materiallari sanoati, to'qimachilik va poyabzal sanoati, oziq-ovqat sanoati, mahalliy sanoat tarmoqlarini rivojlantirish tadbirlari amalga oshirildi. Faqat 1943-yilda 12 ta yog' zavodi, 3 ta paxta tozalash zavodi, 4 ta qand va 4 ta konserva zavodlari qurilib ishga tushirildi. Urush yillarida O'zbekistonda 280 ta yangi sanoat korxonalari qurilib ishga tushirildi. Sanoatning yangi tarmoqlari – aviatsiya, stanoksozlik, og'ir mashinasozlik, qora va rangli metallurgiya hamda boshqa tarmoqlari vujudga keldi. Toshkent SSSRning eng katta sanoat markazlaridan biri bo'lib qoldi.Urushda g'alabaga erishish transport ishi bilan bog'liq edi. 1943-yil 25-yanvarda “Toshkent temir yo'li ishi to'g'risida” maxsus qaror qabul qilindi. Temir yo'l harbiy holatga o'tkazildi, unda ishlovchilar safarbar etilgan deb hisoblandi, harbiy xizmatchilar kabi qattiq intizomga rioya etish majbur qilib qo'yildi. Poezdlar harakatining qo'shinlar va harbiy yuklarni birinchi navbatda o'tkazib yuborishini ko'zda tutuvchi harbiy grafik joriy etildi. Toshkent temir yo'l transportchilari ko'chirib keltirilayotgan korxonalarning asbob-uskunalarini va millionlab kishilarni G'arbdan SHarqqa, jangovar texnika va qurol-yarog'larni SHarqdan G'arbga o'z vaqtida to'xtovsiz o'tkazib turish topshirig'ini bajardi. Muxtasar aytganda, urush yillarida o'zbek xalqi mehnatkashligi, fidoiyligi bilan g'alabaga mislsiz hissa qo'shdi. Download 45.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling