Mavzu: yaponiya meydzi tiklanishi davridagi islohotlar


Mavzuning o’rganilganlik darajasi


Download 45.48 Kb.
bet2/6
Sana19.06.2023
Hajmi45.48 Kb.
#1611300
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
abdulla 2 (7)

Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston harbiylarining jangovar operatsiyalardagi ishtiroki va jasorati, mamlakat ichkarisidagi fidokorona mehnati ikkinchi jahon urushi g’olibona tugallanishining bevosita tarkibiy qismi bo’ldi. Urushning boshlanishi. O’zbekiston moddiy va madaniy kuchlarning fashizmga qarshi urushga safarbar etilishi. G’alaba yo’lida o’zbek xalqi farzandlarining jasorati va fidokorona mehnati. O’zbekiston fan va madaniyati urush yillarida. O’zbek xalqining baynalminalligi va yuksak gumanizmi.
Kurs ishining obyekti. Ushbu kurs ishining obyekti ikkinchi jahon urushi yillarida o’zbek xalqining fashizm ustidan qozonilgan g’alabaga qo’shgan hissasini tadqiq etish.
Kurs ishi mavzusining predmeti. Ushbu kurs ishining predmeti Ikkinchi jahon urushiga turtki bo’gan omillar O’zbekiston sanoati qishloq xo’jaligining ahvoli o’zbekistonliklarning frontdagi jasorati va qahramonliklari, hamda O’zbekistonning urush girdobiga tortilishini ochib berishdan iborat etib belgilanadi.
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Men o’z kurs ishimda O’zbekistonning ikkinchi jahon urushi davridagi holati urushda O’zbekiston aholising xususan jangchilarimizning ko’rsatgan mardonavorliklari haqida umumiy tushuncha berishni o`z oldimga maqasad qilib qo`yaman.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. kirish, ikki bob, xulosa foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib, jami 26 sahifani tashkil etadi.

I BOB. O’ZBEKISTON IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA.
1.1 Ikkinchi jahon urushining boshlanishi hamdaO’zbekistonning urush girdobiga tortilishi.
Ikkinchi jahon urushi 1939-yilning 1-sentabridan 1945-yilning 2-sentabrigacha, ya'ni 6 yil davom etdi. Bu urush dunyoning 61 davlatini o'z domiga tortdi. Ularda dunyo aholisining 80 foizi yashar edi. Armiya saflariga jami 110 mln. kishi safarbar etildi.
Ikkinchi jahon urushining boshlanishida fashistlar Germaniyasi va militaristik Yaponiyadan tashqari urushdan avvalgi Buyuk Britanita (Angliya), Fransiya va SSRning siyosiy yetakchilari zimmasida ham katta javobgarlik bor edi.
1939-yil 23- avgustda I.V.Stalinning taklifi bilan Maskvada SSSR va Germaniya o’rtasida 10 yil muddatga hujum qilmaslik to’g’risida bitim imzolandi.BU bitim tarixda Molotov-Ribbentrop pakti nomi bilan mashhur.Bitimning maxfiy qismida ikkala davlatning bo\lajak chegaralari va ta’sir doirasi belgilab olindi. Polsha, Boltiqbo’yi va Finlandiyada Sovet ittifoqining ta’sir doirasi kuchaytirildi.
1939-yil 1-sentabrda Adolf Gitler boshchiligidagi Germaniya davlati Polshga hujum qildi. Bu hujum bilan Ikkinchi jahon urushi boshlandi.3-sentabr kuni Fransiya va Angliya davlatlari Germaniyaga qarshi urush e’lon qildi 17-sentabrda SSSR va Germaniya o’rtasidagi hujum qilmaslik to’g’risidagi bitimning maxfiy moddalariga muvofiq SSSR qo’shinlari Polsha hududiga bostirib kirdi. Polshani bosib olish jarayoni boshlandi. 19-sentabr kuni Qizil armiya qo’shinlari Vilnyusni bosib oldi.22-sentabrda Brest-Litovskda Polshani tor mor keltirish operatsiyasining tugatilishi sharafiga sovet va nemis qo’shinlarining qo’shma parade o’tkazildi. 28-sentabrda SSR va Germaniya o’rtasida do’stlik va chegaralar to’g’risida shartnoma imzolandi. So’ngra Qizil armiya qismlari G’arbiy Ukraina va G’arbiy Belarusiya hududini bosib oldi va ular rasmiy ravishda SSSRga qo’shildi. 1940-yil iyulda qizil armiya Latviya Litva va Estoniya hududlarini bosib oldi hamda Latviya Litva va Estoniya respublikalari majburiy ravishda Sovet Ittifoqi tarkibiga kirdi.
1939-yil 30-noyabr - 1940-yil 12-martda sovet-fin urushi bo’lib o’tdi. Urush SSSRning qo’shini Finlandiyaga hujumi bilan boshlandi. Bu voqeadan keyin 1939-yil 14-dekabrda Millatlar ligase SSSRni agressiyachi1 mamlakat deb e’lon qilib uni liga a’zoligidan chiqardi.
Toshkent piyodalar bilim yurti bitiruvchilari bo’lgan dviziya komandiri A.Tolstov , diviziya boshlig’i V.Ruskix, o’zbekistonlik jangchilar a.Magalov, Tupikov, F.Utishev va boshqalar bu janglarda qatnashdilar. 1941 yil 22 iyun kuni tong saxarda gitlerchilar germaniyasi oʻzaro hujum qilmaslik haqidagi shartnoma boʻlishiga qaramay toʻsatdan SSSRga bostirib kirdi sovet Ittifoqi xalqlari uchun ogʻir sinovdan iborat urush boshlandi. O’sha kuni mamlakatda harbiy xolat joriy etilganligi haqida farmon eʼlon qilindi. Urush butun mamlakat xojaligi uning hayotini tubdan oʻzgartirib yubordi. 1941-yil 30-iyunda SSSR XKS raisi va MK Bosh sekretari I.V.Stalin raisligida Davlat Mudofaa Qoʻmitasining tuzilishi bilan mamlakatdagi butun siyosiy harbiy va xo’jalik hokimiyati uning qoʻliga oʻtdi bundan tashqari estalin 19-iyulda SSSR Mudofaa xalq komissiya 8 avgustda SSSR Qurolli kuchlari Oliy Bosh qoʻmondoni lavozimini egalladi urushning dastlabki kunlarda qabul qilingan maxsus qarorlar va koʻrsatmalarda mamlakatning katta xavf ostida qolgani uni himoya qilish uchun u zudlik bilan barcha iqtisodiy maʼnaviy kuchlarni mudofaa manfaatiga boʻysundirish xalq xoʻjaligini toʻliq harbiy izga solish lozimligi qayd etildi uzoq davom etgan urush qiyinchiliklari O’zbekiston mehnatkashlarini ham ogʻir axvolga soldi.
Ikkinchi jahon urushi davrida Respublikaga rahbarlik qilgan Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti birinchi sekretari Usmon Yusupov oʻzbekistonliklarni fashizmga qarshi kurashga safarbar qilishga bosh-qosh boʻldi 23-24 iyun kunlari Samarqand, Buxoro, Namangan, Fargona, Nukus, va respublikaning boshqa shaharlarida koʻp ming kishilik mitinglar bolib o’tdi har kuni frontga jo’nash istagi bilan harbiy komissarlikka kelib turgan arizalar oqimi oʻzbekistonliklarning milliy vatanparvarlik ruhi yuksakligining yaqqol namunasi boʻldi mazkur arizalarni turli kasbdagi va xar xil millatga mansub kishilar erkaklar va ayollar yoshlar va keksalar partiyali va partiya sizlar berar edi. Arxiv hujjatlarining dalolat berishicha, urushning dastlabki kunlarida respublikaning shahar va tuman harbiy komissarlikk kungillilar dan 14 mingdan ortiq ariza tushgan.
O’zbekiston aholisi anʼanaviy vatanparvarligining ajoyib namunalaridan biri frontga umumxalq yordami koʻrsatish edi. Oʻzbekistonliklar urushning dastlabki kunlaridanoq mudofaa jamgʻarmasini tashkil etish harakatida faol ishtirok etdilar. Mudofaa jamgʻarmasiga ishchilar kolxozchilar ziyolilar 1 kunlik ish haqlari kommunistik shanbaliklarda ishlab topilgan pullar fuqarolarning shaxsiy jamgʻarmalari qimmatbaho boyliklar, davlat zayomlari, buyumlar va oziq-ovqat mahsulotlari topshiradilar Umuman urushning dastlabki kunlarida respublika aholisidan 30 million birlik miqdorida pul obligatsiya va qimmatbaho boyliklar tushdi ozbekiston aholisi urush yillarida mudofaa jamgʻarmasiga jami 449,9 rubl pul 22 kilogramm oltin va kumush topshirdi. O’zbekiston iqtisodiyoti va harbiy vaziyatdan kelib chiqib zudlik bilan front manfaatiga boʻysundirildi. Front orqasi tumanlari qatorida Oʻzbekistonga ham alohida ahamiyat berildi urushning dastlabki kunlarda nemis qoshilari shiddat bilan mamlakat ichkarisiga harakat qilmoqda edi.Front yaqinidagi shahar va qishloqlardan aholi sanoat korxonalari, muassasalari va boshqa moddiy boyliklarni Sharqqa koʻchirish boshlandi. Chunonchi O’rta Osiyo va Qirgiziston respublikalariga evakuatsiya2 qilingan 308 korxonaning 100 dan ortig’i O’zbekistonga joylashtirildi. Keltirilgan korxonalarni nihoyatda qisqa muddatda ishga tushirishga erishild. 1941-yil oxirigacha shunday korxonalardan 50 tasi ishga tushirildi. Masalan Maskova viloyati Ximki shahridan koʻchirib keltirilgan zavod asosida 1941-yil oktyabrda toshkent aviatsiya zavodi barpo etildi zavod uchun qiruvchi samolyotlar ishlab chiqargan. Xalq xoʻjaligini qayta qurishga doir tashkiliy ishni Respublika rahbarlari boshqaradilar. Urush davrining juda mushkul haddan tashqari keskin sharoitlarda ular javobgarlikdan qoʻrqmay eng murakkab vazifalarni tezlik bilan va mustaqil ravishda hal qilib bordilar. O’zbekiston rahbariyati Markazning zulmini yengib xalq komissiyaliklari va korxona direktorlarining huquqlarini kengaytirdilar boshqaruv apparatini qisqartirdilar.
Respublikamizdagi barcha sanoat korxonalari urush boshlanganidanoq qayta qurilib, madofaa uchun zarur mahsulotlar ishlab chiqarishga o’tkazildi. Qurol-yarog’lar va o’q dorilar ishlab chiqarish rejalari, O’zbekistonning xom ashyo va moddiy resurslarini front ehtiyojlariga va avvalo respublikada og’ir sanoat vujudga keltirishga safarbar qilish choralari ko’rildi. Respublika rahbariyati korxonalarning samaradorligini oshirish maqsadida ularning huquqlarini kengaytirdilar, murakkab vazifalarni markaz bilan kelishmasdan tezkorlik bilan hal qilishdan qo’rqmadilar. Urushning birinchi kunlaridanoq O’zbekiston aholisi moddiy resurslarini safarbar qilish, jangovar holatga keltirish tadbirlari ko’rildi. Front uchun zahira va komandirlar tayyorlandi. Bu ishni amalga oshirishda urushning boshida O’zbekistonga ko’chirib keltirilgan harbiy akademiyalar va bilim yurtlari alohida o’rin egalladilar. O’rta Osiyo Harbiy okrugi bo’yicha urush boshlangandan keyin 1,5 yil ichida 109 ta harbiy qo’shilma tuzildi. Ular orasida O’zbekistonda tuzilgan milliy harbiy qo’shilmalar ham bor edi. 1941-yil noyabridan 1942-yil martigacha O’zbekistonda 9 ta alohida o’qchi brigada va 5 ta (otliq) diviziya tuzildi. Bundan tashqari O’zbekistonda madofaa jamg’armalari uchun mablag’ to’plash tashkil qilindi. Urushning dastlabki kunlaridayoq bu jamg’armalarga respublika aholisining 30 mln so’m mablag’i tushdi. Shunday qilib, urushning dastlabki davridayoq O’zbekistonda xalq xo’jaligi harbiy izga o’tkazildi, milliondan ortiq kishi harbiy xizmatga chaqirildi. Butun xalq, barcha moddiy va ma’naviy boyliklar fashizmga qarshi kurashga safarbar qilindi. Sovet ittifoqi g’arbidagi ko’pgina katta sanoat va qishloq xo’jaligi rayonlarining fashistlar tomonidan bosib olinganligi mamlakat xalq xo’jaligini og’ir ahvolga solib qo’ydi. Respublikamizdagi barcha sanoat korxonalari urush boshlanganidanoq qayta qurilib, madofaa uchun zarur mahsulotlar ishlab chiqarishga o’tkazildi. Qurol-yarog’lar va o’q dorilar ishlab chiqarish rejalari, O’zbekistonning xom ashyo va moddiy resurslarini front ehtiyojlariga va avvalo respublikada og’ir sanoat vujudga keltirishga safarbar qilish choralari ko’rildi. Respublika rahbariyati korxonalarning samaradorligini oshirish maqsadida ularning huquqlarini kengaytirdilar, murakkab vazifalarni markaz bilan kelishmasdan tezkorlik bilan hal qilishdan qo’rqmadilar. Urushning birinchi kunlaridanoq O’zbekiston aholisi moddiy resurslarini safarbar qilish, jangovar holatga keltirish tadbirlari ko’rildi. Front uchun zahira va komandirlar tayyorlandi. Bu ishni amalga oshirishda urushning boshida O’zbekistonga ko’chirib keltirilgan harbiy akademiyalar va bilim yurtlari alohida o’rin egalladilar. O’rta Osiyo Harbiy okrugi bo’yicha urush boshlangandan keyin 1,5 yil ichida 109 ta harbiy qo’shilma tuzildi. Ular orasida O’zbekistonda tuzilgan milliy harbiy qo’shilmalar ham bor edi. 1941-yil noyabridan 1942-yil martigacha O’zbekistonda 9 ta alohida o’qchi brigada va 5 ta (otliq) diviziya tuzildi. 1941-yil iyul oyining o’zida Ursatevsk stansiyasida 300 dan ortiq, Samarqandda 200 dan ko’proq, “Tashselmash zavodi” da 220, Andijon parovoz deposida 120 dan ortiq xotin qizlar frontga ketgan o’z otalari, akalari va yerlarining o’rniga ishga kirib mardonavor mehnat qildilar. Kadrlar muammosi bundan tashqari fabrika-zavod ta’limi maktablarida, hunar-bilim yurtlarida, qisqa muddatli turli kurslarda oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida ham hal qilindi.



Download 45.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling