Yarim о‘tkazgichlarning xususiyatlari
Barcha qattiq jismlar о‘zlarining solishtirma о‘tkazuv-chanliklariga kо‘ra metallar, dielektriklar (izolyatorlar) va yarim о‘tkazgichlarga bо‘linadi. Metallarning solishtirma о‘tkazuvchanligi 10 2 dan 10 4 Sm gacha bо‘lgan oraliqda о‘zga-radi, dielektriklar uchun bu oraliq 10 24 dan 10 12 gacha bо‘lsa, yarim о‘tkazgichlarda 10 11 dan 10 1 Sm gacha qiymatlarni tash-kil etadi. Yarim о‘tkazgichlarning eng harakterli jihatlaridan biri ularning solishtirma о‘tkazuvchanliklarining temperatura kо‘tarilishiga bog‘liq holda ortishida namoyon bо‘ladi. Ammo bu xususiyat temperatura о‘zgarishining har qanday oralig‘ida ham yuzaga kelavermaydi yoki har qanday yarim о‘tkazgichda ham kuzatilavermaydi.
Yarim о‘tkazgichlarning xususiyati ularning о‘tkazuvchan-ligini tashqi ta’sirlar (temperatura, yoritilganlik, radioaktiv nurlanish) ostida, shuningdek uncha katta bо‘lmagan miqdorda aralashma atom kiritish (legirlash) natijasida о‘zgartirish imkonining mavjudligidadir. Ularning bu xususiyatlaridan qattiq jism elektronikasida yarim о‘t-kazgichlardan amalda foydalanish asosini tashkil etadi.
Kimyoviy tarkibiga kо‘ra yarim о‘tkazgichlar faqat bitta kimyoviy element atomidan iborat elementar, ikki va undan kо‘proq kimyoviy elementlar atomlaridan iborat bо‘lgan kompozitsion, yoki murakkab holda bо‘ladi. Ulardan birinchisiga davriy sistemaning IV guruh elementlari ger-maniy va kremniy, ikkinchi guruhiga III va V, hamda II va VI guruhlar elementlarining mos holda A III BV va A II BVI kо‘rinishdagi shartli belgilar bilan ifodalanuvchi aralashmalari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |