O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
BIOLOGIYA FAKULTETI
3-bosqich 301-guruh talabasi Raxmatullayeva Shaxzodaning
O’simliklar fiziologiyasi faol moddalari
fanidan tayyorlagan
KURS ISHI
Mavzu: Yarovizatsiya va fotoperiodizm
Tayyorladi: Raxmatullayeva Sh
Qabul qildi: Soliyeva D
Yarovizatsiya va fotoperiodizm. Reja: - 2.1 Yarovizatsiya jarayoniga harorat ta’siri
- 2.2 Yarovizatsiyaning molekulyar mexanizmlari
- 2.3 Tarixi va rivojlanishiga hissa qo’shgan olimlar
- 2.4 Tanqidiy fikrlar
- 2.5 Fotoperiodizm jarayoni va o’simliklar guruhlanishi
- 2.6 Jarayon davrlari va amaliy ahamiyati
- Xulosa
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Muhitning tirik organizm, populyatsiya, tabiiy jamoalarga ta’sir ko’rsatadigan fizik-kimyoviy, biologik shart-sharoitlari ekologik omillar deyiladi.
Ekologik omillar abiotik, biotik, antropogen omillarga ajratiladi.
Abiotik omillar-anorganik tabiat tarkibiy qismlari sanaladi.
Ular 4 guruhga bo’linadi:
a) iqlim omillari-yorug’lik,harorat, namlik, havo tarkibi, atmosfera bosimi, shamol tezligi;
b)edafik omillar-tuproqning xususiyatlari (namligi, zichligi, mineral tarkibi, organik moddalar miqdori);
d)topografik omillar-joy relyefi;
e) fizik omillar-yerning tortish kuchi, magnit maydoni, ionlashtiruvchi va elektromagnit nurlanishlar;
Biotik omillar-tirik tabiat omillari kiradi. Biotik omillar fitogen (o’simliklarning ta’siri), zoogen (hayvonlarning ta’siri), mikogen (zamburug’larning ta’siri), mikrobiogen (mikroorganizmlarning ta’siri) kabi turlarga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |