Mavzu: Yaxlit yog’och to’sinni hisobi. Moyli bog’lanishdagi tarkibiy kesimli yog’och to’sin konstruktsiyalarini ko’ngdalang egilishdagi xisoblash. Moyli bog’lanishdagi tarkibiy kesimli yog’och konstruktsiyalarini bo’ylama egilishga
Download 273.08 Kb.
|
1 Mavzu amaliyot
Yaxlit yog’och to’sinni hisobi.
Yog‘ochning asosiy nuqsonlari - butoqlar va qiya qatlamlilik, ayniqsa ular cho‘ziluvchi sohada joylashgan bo‘lsa, elementlarning egilishga qarshiligini kamaytiradi. Qirrasi bilan o‘rnatilgan taxta va bruslardagi cho‘ziluvchi qirraga chiquvchi butoqlar ularning egilishga qarshiligining keskin pasayishiga olib keladi. Katta yog‘i bilan tayanuvchi massiv bruslar va taxtalardan tayyorlangan to‘sinlarda yog‘ochning nuqsonlari ularning egilishga qarshiligini ko‘p miqdorda pasaytira olmaydi, chunki butoqlar va boshqa kichik latlar bilan zaiflashgan qismlarining kamchiligi zaiflashmagan butun kesimlarning ishi evaziga to‘ldiriladi. Egiluvchi elementlar 1-guruh chegaraviy holatlar bo‘yicha mustahkamlikka, II-guruh chegaraviy holatlar bo‘yicha bikrlikka hisoblanadi. Hisoblarda siqilish va cho‘zilishda yog‘ochning elastiklik modullari teng, ya’ni Es=Echo‘z, kuchlanishlar epyurasi esa to‘g‘ri chiziqli deb olinadi (2.7-rasm). 2.7-rasm. Mustahkamlikka hisob tekis deformatsiyalanish shaklida ustivorligi ta’minlangan elementlar uchun quyidagi formula bo‘yicha bajariladi: bu yerda: - eng xavfli kesimdagi normal kuchlanishlar; M - hisobiy yuklardan hosil bo‘luvchi eguvchi moment; Wnt - netto kesim qarshilik momenti, uning qiymatini aniqlashda 200 mm uzunlikdagi uchastkada joylashuvchi barcha zaifliklar bitta kesimda yotadi deb olinadi; mb - kesim o‘lchamlarini hisobga oluvchi koeffitsient. Egiluvchi elementning mustahkamligi eng katta eguvchi moment bor joyda va eaiflashgan kesimlarda tekshiriladi. Xoda (doiraviy kesimli yog‘och) larni hisoblashda yog‘ochning «qochishi» hisobga olinadi, uning qiymati 1m uzunlikka 0,8 sm qabul qilinadi. Ko‘ndalang egilishda shuningdek, urinma kuchlanishlarni ham hisobga olishg kerak bo‘ladi. Bir oraliqli to‘g‘ri to‘rtburchak kesimli elementlarda uzunligining kesim balandligiga nisbati kichik bo‘lganda ular teng taqsimlangan yuklar ta’siridan buzilishi mumkin. nisbatning eng kichik qiymati quyidagi ifodadan aniqlanishi mumkin: , bu yerda: Ru - yog‘ochning egilishdagi; Rsk - yorilishdagi hisobiy qarshiliklari. Egiluvchi elementlarning urinma kuchlanishlarga mustahkamligi quyidagi formula bo‘yicha tekshiriladi: , Q - hisobiy ko‘ndalang kuch; Sbr - neytralp o‘qqa nisbatan brutto kesim siljuvchi qismining statik momenti; Jbr - brutto kesim inersiya momenti; b - kesim eni. Kesimining eni kichik elementlar tekis shakldagi deformatsiyalanish ustivorligiga quyidagi formula bo‘yicha tekshiriladi: , bu yerda: M - ko‘rilayotgan kesimdagi maksimal eguvchi moment; Wbr - brutto kesim qarshilik momenti;
bu yerda: lr - element tayanchlari orasidagi masofa; Kf - lr uchastkadagi eguvchi morment M epyurasi shakliga bog‘liq koeffitsient, 17-jadvaldan olinadi; Kpm - egilish tekisligidan chiqmaslik uchun element cho‘ziluvchi qirrasining oraliq nuqtalarida mahkamlangan bo‘lsa kiritiladi va quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: , bu yerda: - radian hisobidagi markaziy burchak, doiraviy elementning lr uchastkasini belgilaydi (to‘g‘ri chiziqli elementlar uchun =0); m - bir hil qadamda element cho‘ziluvchi qirrasining lr uchastkasidagi mahkamlangan nuqtalari soni (chetki nuqtalar hisobga olinmaydi). m>4 bo‘lsa, ning qiymati 1 ga teng qilib olinadi.
bu yerda k - yukning turiga bog‘liq koeffitsient: teng taqsimlangan yuk ta’sir etuvchi ikki tayanchli to‘sin uchun k=5/384; Rp - element uchun me’yoriy yuk, masalan, teng taqsimlangan yuk uchun ; Ye - materialning elastiklik moduli; Jbr - brutto kesim inersiya momenti.
bu yerda: f0 - siljish deformatsiyalarini hisobga olmasdan (1.12) formula bo‘yicha topilgan salqilik; S - (18-jadvaldan) hisob sxemasiga ko‘ra aniqlanuvchi koeffitsient. Egiluvchi elementlarning salqiligi QMQ da belgilab qo‘yilgan chegaraviy qiymatlardan oshmasligi kerak (19-jadval): yoki , bu yerda: - mos ravishda salqilik va nisbiy salqiliklarning chegaraviy qiymatlari. Download 273.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling