Mavzu: yaylov o‘simliklari va uning ahamiyati reja


Download 182.5 Kb.
bet5/7
Sana01.04.2023
Hajmi182.5 Kb.
#1316951
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-Yaylov o‘simliklari va uning ahamiyati

Iqlim sharoiti. Adir yaylovlarining iqlimi kontinental, quruq va issiq bo‘lib, qishi ancha yumshoq, eng sovuq yanvar oyidagi o'rtacha havo harorati +2°C dan -5°C gacha, eng issiq bo‘ladigan iyul oyida esa o‘rtacha +6°C dan +0°C gacha o‘zgarib turadi. Havoning harorati +0°C dan yuqori bo‘lgan davrning davomiyligi 170-245 kun, foydali harorat yig‘indisi esa 3400-5400°C tashkil etadi.
Adir yaylovlarining iqlim sharoiti joylanish o‘rniga qarab ham o‘zgaruvchandir. Shimoliy hududlarda o‘rtacha yillik havo harorati qishda +9-11°C gacha, yoz oylarida esa +23-26°C boiadi, yog‘ingarchilik miqdori esa 150-300 mm ni tashkil etadi.
Markaziy hududlarda havo harorati o'rtacha yillik +12-13,6°C, yog‘ingarchilik miqdori 250-500 mm, janubiy hududlarda esa o'rtacha miqdori 250-600 mm dan iborat bo'ladi.
Tuproq sharoitlari. Adir yaylovlari asosan bo‘z tuproqlardan iborat bo'lib, tuproq paydo qiluvchi ona jinslari lyoss va lyossimon jinslar, ularning tagida esa qatlamli qum-shag‘al, qumli mayda zarralar keltirmalari tashkil qiladi.
Adir yaylovlarida tarqalgan bo‘z tuproqlar tipi, juda ko‘p xususiyatlari bilan farq qiluvchi och tusli bo‘z, tipik bo‘z va to‘q tusli bo‘z tuproqlar tip yerlariga bo‘linadi.
Och tusli bo‘z tuproqlar adir mintaqasining quyi qismida cho‘l mintaqasi tutashgan hududlarda tarqalgan boiib, dengiz sathidan 300­400 m dan 500-600 m gacha bo'lgan balandliklarni o‘z ichiga oladi.
Bu tuproqlarda atmosfera yog'inlari ta’sirida namlik 1 m gacha bo‘lgan chuqurlikda to‘planadi. Tuproqning 150-180 sm chuqurligida gips va suvda oson eruvchi tuzlar uchraydi.
Tipik bo‘z tuproqlar adir mintaqasining o‘rta qismlarida, dengiz sathidan 700-1200 m gacha boigan balandliklarda tarqalgan.
Atmosfera yog‘inlari tuproqni 1,5 m chuqurlikkacha bo‘lgan qatlamini namlay oladi. Gumusli qatlam qalinligi 55-80 sm tuproq qatlamning 130— 200 sm chuqurligida mayda kristall gips qatlam uchraydi. To‘q tusli bo‘z tuproqlar mintaqasining eng yuqori qismini dengiz sathidan 700-1500 m dan 1400-1600 m gacha bo‘lgan balandliklarni egallagan. Bunday
tuproqlar sharoitida atmosfera yog'inlari quyi hududlarga nisbatan ko‘p bo‘lganligi tufayli tuproqni 2 m chuqurligigacha bo‘lgan qatlami namlanadi. Gumusli qatlam qalinligi 80 sm dan ko‘p bo'ladi.
Yuqorida keltirilgan tuproqlar tarkibida o‘tloq - bo‘z, o‘tloq tuproqlar ham uchraydi.
Och tusli va tipik bo‘z tuproqlarning asosiy qismida tuproqlarning mexanik tarkibi yengil va o‘rta qumoqli, to‘q tusli bo‘z tuproqlarda esa og‘ir qumloqdan iborat bo‘ladi.
Bo‘z tuproqlarning agrokimyoviy ko‘rsatkichlari jadvalda keltirilgan.



Download 182.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling