Mavzu:Yemirilish qonuni, Radioaktiv yemirilish. Tuzuvchi: Ne’matov Bunyod Reja: 1 Radioaktiv yemirilish. 3 Hulosa Radioaktiv yemirilish. - Radioaktivlik (radio... va activus — taʼsirchan) — kimyoviy element beqaror izotopining elementar zarralar yoki yadrolar chiqarib oʻz-oʻzidan boshqa element izotopiga aylanish qobiliyati. Tabiiy sharoitlardagi izotoplarda boʻladigan radioaktiv tabiiy radioaktiv, yadro reaksiyalari vositasida olinadigan izotoplarning radioaktivi sunʼiy radioaktiv deyiladi. Sunʼiy va tabiiy R. orasida hech qanday farq yoʻq. Ikkala holda yuz beradigan radioaktiv yemirilish jarayoni bir xil qonunlarga boʻysunadi.
- Radioaktivlik hodisasini birinchi marta 1896 yilda A. A. Bekkerel kashf qilgan. U uran tuzlaridan nomaʼlum nurlar chiqishini, bu nurlar xuddi rentgen nurlari kabi har xil moddalardan oʻtishini, fotografiya plstinkasini qoraytirishini birinchi boʻlib aniqladi va ularni radioaktiv nurlar deb atadi. Tez orada toriyning radioaktivligi aniqlandi. 1898 yilda esa M. Sklodovskaya Kyuri va P. Kyurilyar ikkita yangi radioaktiv element (poloniy va radiy) ni kashf etdilar. E. Rezerford va yuqorida nomlari zikr etilgan olimlarning kuzatishlari natijasida radioaktiv moddalar oʻzidan uch xil koʻrinishdagi (a, r va u)nurlarni chiqarishi aniqlandi va bu nurlarning tabiati oʻrganildi: anurlar ikkita musbat zaryadga ega boʻlgan geliy atomining yadrosidan iborat; nurlar manfiy zaryadga ega boʻlgan elektronlardan iborat; unurlar rentgen nurlariga oʻxshaydigan elektromagnit nurlanishdir.
- Radioaktivlikning maʼlum boʻlgan asosiy turlari quyidagilardan iborat: 1) sxemirilish; 2) remirilish (shu jumladan, Ktutish); 3) protonli R.; 4) ogʻir yadrolarning spontan ravishda boʻlinishi. Radioaktiv yemirilish natijasida hosil boʻlgan yadrolar radioaktiv boʻlishi va ularning yemirilishidan hosil boʻlgan yangi yadrolar ham yana radioaktiv boʻlishi mumkin va h.k. Tabiatda uchta radioaktiv kator mavjud ekanligi aniqlangan boʻlib, ular uran, toriy va aktinouran elementlaridan boshlanadi. Uchchala holda ham oxirgi mahsulot qoʻrgʻoshin izotoplari, yaʼni birinchi katorda oxirgi mahsulot 206Rv, ikkinchisida 2O8Rv va uchinchisida 207Rv boʻladi. Radioaktiv yemirilish nazariyasi koʻrsatadiki, dt vaqt ichida yemiriladigan yadrolarning soni dN radioaktiv yadrolarning umumiy soni TV ga proporsional boʻlib, radioaktiv yemirilish eksponensial qonun boʻyicha kechadi:
- N=Noe~x"; bunda N —t paytdagi yemirilmagan yadrolar soni, No — boshlangʻich paytdagi yemirilmagan yadrolar soni va ^.yemirilish doimiysi; yadroning ichki tuzilishiga bogʻliq boʻlgan oʻzgarmas miqdor. Radioaktiv yemirilishning eksponensial qonuni statistik qonun boʻlib, faqat juda katta sondagi atomlar uchun oʻrinlidir. Boshlangʻich paytdagi yadrolar miqdori yarmisining yemirilishiga ketadigan vaqt moddaning yarim yemirilish davri T deyiladi. U yemirilish doimiysi X bilan quyidagicha bogʻlangan: T=0,603 X. Radioaktiv qatorlarni boshlab beruvchi uran nU, torii ^Th va aktinouran 92i elementlarining yarim yemirilish davrlari, mos ravishda 4,51109 yil, 1,391010 yil va 7,13YU8 yilga teng .
- Radioaktivlik, asosan, kyuri yoki uning ulushlari orkali ifodalanadi. Aktivlik 1 kyuri sifatida radioaktiv moddaning bir sekundda 3,710’° ta yadrosining yemirilishi qabul qilingan.
Yemirilish qonuni - Alfa (α) - yemirilishning kashf etilish va uni o‘rganish tarixi Ernest Rezerford nomi bilan bog‘liq. α-yemirilish, α-zarra degan nomlari ham u taklif etgan. Bu voqea radioaktivlik kashf etilgandan keyin bir oz vaqt o‘tgach sodir bo‘ldi. O‘shanda Rezerford uran tuzlarining nurlanishini endi tekshira boshlagan edi. Tajribalar bu nurlanish bir jinsli emasligini ko‘rsatdi. Uning bir qismini yupqa alyuminiy folga yutar, boshqa qismi esa undan bemalol o‘tib ketar edi. Olim ularni mos ravishda α-va β-nurlar deb atadi. Biroz keyinroq nurlanishning yana bir tarkibiy qismi aniqlandi, u yunon alifbosining uchinchi harfi bilan γ-nurlar deb ataldi.
- -zarralar Rezerford uchun uzoq yillar davomida atom yadrolarini tekshirish uchun yagona qurol bo‘lib qoldi. α-zarralarining tabiatini aniqlashda ham u birinchi bo‘ldi. α-zarra har ikki elektronini yo‘qotgan geliy- 4 atomi yadrosi ekanligini aniqlandi:
- Ikkita proton va ikkita neytrondan iborat geliy-4 yadrosi eng oddiy va barqaror yadrolardan biridir. Undagi zarralar shunchalik mustahkam bog‘langanki, boshqa yadrolar energetik jihatdan α-zarralarga va ancha yengil yadroga parchalanib ketishi mumkin edi. Biroq bunday bo‘lmadi. Faqat og‘ir elementlar: uran, radiy, toriy va ba'zi boshqa elementlar radioaktiv yemiriladi.
- Yadrolarning α-yemirilishga qarshi mustahkamligi g‘oyat qiziqarlidir, uni aniqlashda ham Rezerford ishtirok etdi. U birinchi bo‘lib, α-yemirilish mumtoz fizika qonunlariga ko‘ra mavjud bo‘lishi mumkin emasligiga e'tibor berdi. Haqiqatan ham, α-zarrani og‘ir yadro chiqaradi va u bunda 10 MeV dan ortiq bo‘lmagan kinetik energiyaga ega bo‘ladi. Endi zarra shunday energiya bilan orqaga, yadro ichiga kirmoqchi bo‘lganini faraz qilaylik, deb o‘yladi Rezerford. Bu mumkin emas ekan. U yadroga yaqin kela olmaydi va yadro kuchlari ta'siri sohasiga kira olmaydi, chunki bunga elektrostatik itarish kuchi xalaqit beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |