Mаvzu: Yer osti suvlarining turlari, hosil bo'lishi va tarkibi
Download 1.58 Mb.
|
22 ma\'ruza Yer osti suvlarining turlari, hosil geologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Immobilizovan holatidagi suv
Erkin oquvchan suvlar - gravitatsion, kapillyar va immobilizovan suvlar holatida bo'ladi.
Gravitatsion suvlar - tog’ jinslari bo'shliqlari, g’ovaklari va yoriqlari bo'ylab harakat qiladi va Yer osti suvlari oqimini vujudga keltiradi. Kapillar suv - paydo bo'lishi va holati gravitatsion suvning qalinligi, qaysi tog’ jinslari qatlamlarida mavjudligi bilan chambarchas bog’liq holda yuz beradi. Chunki bu suv doimo gravitatsion (Yer osti) suv oqimi qatlamining ustki qismidan (chegarasidan) tog’ jinslari g’ovaklari bo'ylab kapillar, gidrostatik kuchlar ta'siri ostida, ma'lum balandlikkacha ko'tarilgan holatda bo'ladi. Kapillar ko'tarilish balandligi tog’ jinslarini tashkil etib turuvchi mineral zarralar diametriga, zarralar oralig’idagi kapillar g’ovaklar o'lchamlariga qarab turlicha bo'lishi mumkin. Yirik donali qumlarda bu qiymat asosan 2-3 dan 13 sm gacha, mayda va mayin donali qumlarda 30-60 dan 105,5 sm gacha, qumoq tuproqlarda 120-160 sm, gilli jinslarda 300-400 sm ga etadi. Ba'zi bir adabiy ma'lumotlarda (Sedenko, 1979) gil jinslardagi kapillar ko'tarilish hatto 6-12 m balandlikka etishi ko'rsatiladi. Kapillar suvlari gilli, jumladan, lyoss va lyossimon jinslar tarqalgan hududlardagi mavjud “aeratsiya zonasini”, ya'ni grunt suvlari satxi bilan Yer yuzasi orasidagi jins qatlamlarining namligi oshishiga, ularning mustahkamlik va diformatsiyalanish xususiyatlari o'zgarishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Shuningdek, gurunt suvlari kapillar suv xolatida Yer yuzasiga Yaqinlashishi va bug’lanish jarayonining vujudga kelishi oqibatida aeratsiya zonasidagi jins tarkibidagi suvda Yaxshi eruvchan tuzlarni Yer yuzasiga olib chiqib yotqizilishiga va sho'rlanishiga ham sababchi bo'ladi. Immobilizovan holatidagi suv - gil jinslardagi mavjud bir-birlariga nisbatan mustaqil bo'lgan g’ovaklardagi suv bo'lib, biron-bir mexanik kuch ta'sir etguncha o'z holatini o'zgartirmaydi. Mexanik kuch ta'sirida esa zarralarning harakati natijasida uning strukturasiga putur etadi, jins karkasi buziladi. Immobilizovan suv gravitatsion suv holatiga o'tishi ham mumkin. Lyoss jinslarida yuz beradigan tiksotropiya jarayoni ana shu suv holatining o'zgarishi oqibatida yuz beradi. Tabiatda ba'zi minerallarni fizik-kimyoviy xossa va xususiyatlari bilan bog’liq bo'lgan suv turlari ham uchraydi. Bu suvlar seolit, kristallizatsion va konstitutsion holatidagi suvlardir. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling