Mаvzu: Yer po’stining mineral tarkibi


Ulanish tekisligi turlari


Download 1.66 Mb.
bet4/8
Sana08.11.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1758611
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9 ma\'ruza Yer po\'stining mineral tarkibi

Ulanish tekisligi turlari
jadval 7.

Ulanish tekisligi turlari

Hosil bo'lishi

Misollar

O'ta mukammal (etilgan)

Mineral juda osonlik bilan (masalan, tirnoq bilan) ayrim plastinkalarga yoki varaqlarga ajraladi. Oynadek silliq yuza hosil qiladi

Slyuda, talk, xloritlar, gips

Mukammal

Mineral ulanish tekisligi bo'ylab osongina bo'laklarga ajrab ketadi (ayniqsa bolg’a bilan sekin urganda)

Kalsit, galit, dala shpatlari

O'rtacha

Mineral ulanish tekisligini va boshqa tomoni bo'ylab noto'g’ri sinish yuzasini hosil qiladi

Avgit, rogovaya obmanka

Nomukammal (etilmagan)

Mineral ulanish yuzasi bo'ylab kamdan-kam parchalanadi. Noto'g’ri sinish ko'proq

Kvars, nefelin, apatit

Sinishi. Mineralni sindirganda yoki bo'lganda hosil bo'ladigan yuzaga sinish deb aytiladi. U bir necha xil bo'ladi. Yuzasi chig’anoqlar yuzasiga o'xshab, kontsentrik, to'lqinsimon, botiq yoki qabariq bo'ladigan chig’anoqsimon sinish, yuzasi bir tomonga qaragan zirapchasimon sinish (tolali gips, asbest); yuzasi g’adir-budir bo'lib mayda chang bilan qoplangan tuproqsimon (kaolinit, li­monit) tekis sinish (magnetit), mayda kristall agregatlarda uchraydigan donador sinish (marmar) turlarida uchraydi.


Rasm 7. Xlorit (Ural).


Rasm 8. Asbest.


Yaltiroqligi. Minerallar sirti yorug’lik nurlarini ma'lum darajada qaytaradi. Ba'zi minerallarning yuzasi xira, boshqalarniki esa yaltiroklik mineral yuzasiga tushgan yorug’lik oqimini orqaga qaytarish xususiyati.
Minerallarning yaltiroqligi ularning sindirish ko'rsatkichiga (n) bog’likdir:
metalldek (n = 3,0) - pirit, galenit;
yarimmetalldek (n = 2,6-3,0) - magnetit, ilmenit;
metalldek yaltiramaydigan (n =2,6) ya'ni;
a) olmosdek - kassiterit, sfalerit;
b) sadafdek - tal’k, slyuda;
v) shishadek - dala shpatlari, kal’tsit;
g) yog’dek - nefelin, kvars (sinishida).
Mineral donalaridan tashkil topgan agregatlarning yaltiroqligi agregatdagi donalarning joylanish shakliga va uning katta-kichikligiga bog’liqdir:
ipakdek - gips, (selenit), asbest;
mumdek - serpentin, xaltsedon;
xira, tuproqdek - kaolinit, limonit.

Rasm 9. Talk (Ural).


Rasm 10. Galenit-sfalerit.


Rasm 11. Tog’ xrustali.




Tiniqligi. Minerallar plastinkachalarining nurni nechog’lik Yaxshi o'tkazishiga qarab tiniq, yarimtiniq, xira va tiniqmas bo'ladilar. Tiniq minerallarga tog’ xrustali, gips, osh tuzi; yarimtiniq minerallarga opal, xalsedon minerallari, yupqa plastinkalaridan nur o'tadigan, shunda ham tagidagi jismlar bilinar-bilinmas ko'rinadigan xira minerallarga dala shpatlari va hech nur o'tkazmaydigan, tiniqmas minerallarga pirit, gematit, magnetit va boshqa minerallar misol bo'la oladi.

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling