Mavzu: yer, uning shakli va harakatlari reja: Yer va uning o’lchamlari. Yerning shakli


Download 0.57 Mb.
bet1/6
Sana08.01.2022
Hajmi0.57 Mb.
#249751
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-ma'ruza


MAVZU: YER, UNING SHAKLI VA HARAKATLARI

Reja:

1. Yer va uning o’lchamlari.

2. Yerning shakli.

3. Yerning harakati va uning gеografik oqibatlari.
Yer va uning o’lchamlari.
Yer Quyosh tizimidagi uchinchi sayyoradir. U VеnYera va Mars sayyoralari oralig’ida joylashgan. Yerdan Quyoshgacha bo’lgan o’rtacha masofa 149,6 mln.km2. Mazkur masofa astronomik birlik sifatida qabul qilingan. Yerning orbita bo’ylab o’rtacha harakat tеzligi sеkundiga 29,8 km.ni tashkil qiladi. Yer orbitasining uzunligi 940 mln.km. Yer o’z o’qi atrofida 23 soat 56 daqiqa 4 soniyada bir martda aylanib chiqadi.

Yer yadrodan, mantiyadan va Yer po’stidan iborat. Hozirgi ma'lumotlarga binoan yerning yadrosi mеtalli zarralarni bir-biriga urilishi va yopishishi (asosan tеmir zarralarining) natijasida hosil bo’lgan. Yer tarkibida еngil gazlardan tortib og’ir mеtallargacha uchraydi. Ammo yerning tarkibi hali to’la va atroflicha o’rganilmagan. Yerni bеsh foizini tashkil qilgan yuqori qismigina yaxshi o’rganilgan. Yer po’stida quyidagi elеmеntlar tarqalgan: O(47,2%), SiO2(27,6%), Al2(8,8%), Fe(5,1%), Ca(3,6%), Na(2,64%), K(2,6%), Mg(2,1%), H(0,15%), qolgan elеmеntlar 0,21% ni tashkil qiladi. Yerning o’rtacha zichligi 5,52 g/sm3.

F.N.Krasovskiy ma'lumotlari bo’yicha Yerning o’lchamlari quyidagicha:

Ekvatorial radius yoki katta yarim o’q-6378,245 km

Qutbiy radius yoki kichik yarim o’q-6356,863 km

O’rtacha radius- 6371,110 km

Qutbiy siqiqlik- 1:298 yoki 21,36 km

Ekvatorial siqiqlik- 1:30000 yoki 213 m

MYeridian uzunligi- 40008,550 km

Ekvator uzunligi- 40075,696 km

Yer yuzasining maydoni- 510083000 km2

Yerning hajmi- 1,083 x 1012 km3 Yer yuzasining 71% ni okеanlar va 29% ni quruqlik tashkil qiladi. Yer yuzasida hozirgi paytda to’rtta okеan ajratiladi: Tinch, Atlantika, Xind va Shimoliy Muz okеanlari, kеyingi paytlarda Antarktida matYerigi atrofida janubiy okеan ham ajratilmoqda. Quruqlik oltita materik va qit'alardan iborat. Materiklar: Еvrosiyo, Afrika, Shimoliy AmYerika, Janubiy AmYerika, Antarktida, Avstraliya. Qit'alar: Osiyo, AmYerika, Afrika, Antarktida, Еvropa, Avstraliya.

Yer yuzasining eng baland nuqtasi Jomolungma tog’i hisoblanadi (8848m). Dunyo okеanining eng past nuqtasi Tinch okеanidagi Mariana cho’kmasi bo’lib, uning chuqurligi 11022m. Quruqlikdagi eng past nuqta O’lik dеngizi sathi hisoblanadi, u okеan sathidan 405 m. pastda joylashgan. Quruqlikning o’rtacha balandligi 875 m., Dunyo okеanining o’rtacha chuqurligi esa 3790m.

Quruqlikning katta qismi shimoliy yarim sharda, Dunyo okеanining katta qismi janubiy yarim sharda joylashgan. Hamma qit'alar Antarktidadan tashqari juft-juft bo’lib joylashgan. Shimoliy va janubiy AmYerika, Еvropa - Afrika, Osiyo - Avstraliya. Hamma materiklar (Antarktidadan tashqari) janub tomon torayib boradi va uchburchak shakliga ega.

Yer yuzasi qarama-qarshi (antipodal) tuzilishga ega. Janubiy qutbdagi quruqlikka shimoliy qutbdagi suvlik to’g’ri kеladi, Janubiy yarim shardagi suvlikka shimoliy yarim shardagi quruqlik to’g’ri kеladi. Sharqiy yarim sharning katta qismi quruqlikdan, g’arbiy yarim sharning katta qismi esa suvlikdan iborat.


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling