Mavzu: yetuklik davri psixologiyasi


Download 17 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi17 Kb.
#215169
Bog'liq
8-seminar


8-seminar

Xasanova Soraxon XTA 18/2

Mavzu: YETUKLIK DAVRI PSIXOLOGIYASI.

Yoshlik davri 23-28 yoshlardan iborat bo‘lib, bu darvning o‘ziga xos bo‘lib, bu davrning o‘ziga xos xusuiyatlaridan biri ijtimoiy hayotning barcha jabaxalarida kamolga erishgan shaxs sifatida faol ishtirok qilish va ishlab chiqarishda mexnat faoliyatini amalga oshirishdan iboratdir. YOshlarning mexnat faoliyati quyidagi uchta muhim belgisi bilan boshqa Yosh davrlardan farqlanadi:

Mutaxassislikning moxiyatiga, ishlab chiqarish shart-sharoitiga, mehnat jamoasi a’zolarining xususiyatiga moslashish (ko‘nikma)- mexnat faoliyatining dastlabki yillari (ta’minan1 yildan 3 yilgacha) jamoada o‘z o‘rnini topish va qadr qimmatga erishish;

Mutaxassis sifatida o‘zini takomilashtirish uchun ijodiy izlanishni amalga oshirish yoki kasb-korlik maxoratini egallash;

Maxorat sirlaridan foydalanish, tashabbus ko‘rsatish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda ijtimoiy etuklikni namoyish qilish yoki ijod faoliyatidagi barqaror ijod bosqichida bir tekis 10 yillab ishlab sifatli maxsulot yaratish namunasini ko‘rsatish.

YUqoridagi bosqichlar barcha kasbkor egalariga xos bo‘lsa-da, lekin ishlab chiqarishga ertaroq va kechroq kirib kelgan odamlar o‘rtasida Yosh jixatdan tafovut mavjud bo‘ladi. Masalan, kasb-xunar kollejlarini tamomlagan yigit-qizlar o‘z mexnat faoliyatini oliy ma’lumotli yoshlardan oldin boshlaydilar, biroq ular ham mazkur bosqichlarni bosib o‘tishlari shart.

Xozirgi mutaxassislarning ko‘pchiligi o‘quv yurtlaridagi nazariy bilimlar bilan amaliy ko‘nikmalar o‘rtasida uzilish mavjudligi sababli mustaqil faoliyatning dastlabki kunlaridan boshalab qator qiyinchiliklarga duch keladilar. Bu qiyinchiliklar o‘z moxiyatiga ko‘ra 3 xildir:

a) ijtimoiy qiyinchiliklar: notanish muhitni shart-sharoitlari, shaxslararo munosabatlarlar, mexnat jamoasining saviyasi, undagi kishilarning xarakter xislatlari, ishlab chiqarish jamoasining qadriyatlari, ma’naviyati, anxanalari va xakazo;

b)bilim va bilimga oid qiyinchiliklar: maxsus o‘quv yurtida olgan bilimlaridagi uzilishlar, saviyaning cheklanganligi, ijodiy izlanish faoliyatining zaifligi, tashabbuskorlikning etishmasligi va boshqalar;

v) mutaxassislik bilan bog‘liq o‘ziga xos qiyinchiliklar, ishlab chiqarishning moxiyati, xususiyati, texnologiya, qurilmalar, asboblar, amaliy ko‘nikmaning bo‘shligi yoki ular bilan etarli darajada tanishmaganlik, kasbning iqtisodiy negizini to‘la anglab etmaslik, xavfsizlik texnikasi muammolari oldida lol qolish.



Bu qiyinchiliklarni engish davridagi insonniing ruxiy xolatlari, jarayonlari, va xususiyatlarida miqdor hamda sifat o‘zgarishlari ro‘y beradi.
Download 17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling