Mavzu: Yevropa hamjamiyatining yagona agrar siyosati. Reja


Yevropa yagona agrar siyosatida qishloq xo`jaligi mahsulotlari narxlarini qo`llab-quvvatlash mexanizmi


Download 46 Kb.
bet2/2
Sana20.10.2023
Hajmi46 Kb.
#1712105
1   2
Bog'liq
Yevropa hamjamiyatining yagona agrar siyosati.

Yevropa yagona agrar siyosatida qishloq xo`jaligi mahsulotlari narxlarini qo`llab-quvvatlash mexanizmi

Yevropa hamjamiyatiga a`zo davlatlar o`rtasida olib borilayotgan yagona agrar siyosat o`ziga xos mehanizimlar bilan tartibga solinib turiladi. Ularning asosini qishloq xo`jaligi mahsulotlarining narxlarini yagona bozorda qo`llab-quvvatlab turish tashkil etiladi.


Uning asoslaridan biri maqsadli narxlardir. Maqsadli narxlar bozori mahsulot eng kam ta`minlangan joylarda xohish asosida o`rnatilishi mumkin bo`lgan narxdir. Donchilikda shunday narx o`rnatilgan joy Germaniyaning Disburg shahri deb qabul qilingan.
Disburg shahri don bilan nisbatan yaxshi ta`minlanmagan zona hisoblanar ekan. Asosiy don ishlab chiqaruvchi zona deb Fransiyaning shimoliy qismida joylashgan Orme shahri qabul qilingan. Maqsadli narxlar har yili Yevropa Hamjamiyatining Vazirlar kengashi tomonidan o`rnatiladi va u barcha hisoblanganing asosida yotadi. Intervension narxlar maqsadli narhlardan past o`rnatiladi. Uning asosiy maqsadi ichkinarxlarning ma`lum miqdordan pasayib ketmasligini ta`minlashdir. Maqsadli narxlar bilan intervension narhlar bilan intervension narxlar o`rtasidagi farq donni Orme shahridan Disburg shahriga olib kellish bilan bog`liq xarajatlar miqdorida bo`ladi. Agarda bozorda narx intervension narxlardan past bo`lsa, intervension idoralar o`z ishini boshlaydi. YA`ni ular donni fermerlardan intervension narxlarda sotib ola boshlaydilar. Bozor narxi intervension narxdan yuqori bo`lgan taqdirda fermerlar o`z mahsulotlarini bozorda erkin sotadilar. Intervension idoralar sotib olgan mahsulotlarini zaraga bo`lsada, chetga eksport qiladilar. Shunday qilib, intervension narxlar Yevropa bozorida shakllanadigan narxlarning pastgi chegarasini belgilaydi. Intervension narxlar dunyo narxlaridan past bo`lishi katta salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. U holda chetdan mahsulotlar kirib kelishi kuchayadi. Shu sababli ikkinchi darajadagi himoya tartibi o`rnatiladi. Bu himoya tartibi ostona narxlari orqali amalga oshiriladi. Uni ba`zida minimal import narxlari deb ham yuritiladi. Ostona narxlari mahsulotni asosiy iste`mol qiluvchi zonaga uni jo`natadigan asosiy portdan olib kelish xarajatlarini maqsadli narxlardan ajratish natijasida aniqlanadi. Donchilikda asosiy don iste`mol qiladigan zona Disburg shahri, donni jo`natadigan asosiy port esa Rotterdam deb qabul qilingan. Ostona narxlari o`zgaruvchan import tarifini aniqlashning asosi hisoblanadi. O`zgaruvchan import tariflari ostona narxlari bilan dunyo narxlari o`rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Yevropa Hamjamiyati davlatlari qishloq xo`jaligi mahsulotlari importi bilan bir qatorda ularning eksporti bilan ham shug`illanadi. Qishloq xo`jaligi mahsulotlarining dunyo narxlari, odatda, Yevropa davlatlaridagidan ancha past. Bunday holda eksportni amalga oshirish ma`lum zararlar bilan bog`liq. Ushbu zararlarni qoplash uchun eksport bilan shug`ullanganlarga eksport subsidiyalari beriladi. Eksport subsidiyasi dunyo narxlari bilan intervension narxlar o`rtasidagi farq sifatida yuzaga chiqadi. Fermerlar eksport bilan shug`ullanishlari uchun maxsus tenderda ishtirok etadilar va uni yutib chiqqanlarga eksport bilan shug`ullanish huquqi beriladi. Faqat tenderda yutib chiqqanlargagina eksport subsidiyalari beriladi.
Bugungi kunda oziq-ovqat ishlab chiqarishni ko`paytirish alohida olingan bir davlatda ma`lum chegaralanishlarga ega. Alohida olingan davlatlarning imkoniyatlari cheklangan. Bir nechta davlatlarning o`zaro kelishgan holda ishlab chiqarishni tashkil etishlari albatta katta imkoniyatlarni ochadi. Birgalashib yagona bir siyosat orqali qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini yuritishning samaradorligini Yevropa hamjamiyati misolida ko`rish mumkin.
Bugungi kunda Markaziy Osiyo davlatlarining agrar sohadagi imkoniyatlarini kelishilgan holda amaliyotga qo`llash juda katta samara berishi mumkin. Keyingi yillarda bu borada katta ishlar amalga oshirilmoqda. Eng avvalo suv resurslaridan samarali foydalanish masalalari va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ko`paytirish masalalari hal etilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. O`zbekiston Respublikasining «Fermer xo`jaligi to`g`risida»gi qonuni. - T.: «Adolat», 1998. - 19b.

  2. O`zbekiston Respublikasining «Dehqon xo`jaligi to`g`risida»gi qonuni. - T.: «Adolat», 1998. - 16b.

  3. O`zbekiston Respublikasining «Davlat Yer fondining kadastri to`g`risida»gi qonuni. - T.: «Adolat», 1998. - 13b.

  4. O`zbekiston qishloq xo`jaligida islohotlarni chuqurlashtirishga oid qonun, hukumat qarorlari va me`yoriy hujjatlar to`plami. _ T.: «O`zbekistonqituvchi», 1998. - 231 b.

  5. “Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada ekinlashtirish sohasidagi ustivor yo`nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “Xalq so`zi” gazetasi, 15 iyun 2005 yil.

  6. “Tadbirkorik subyektlarini huquqiy himoya qilish tiziini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “Xalq so`zi” gazetasi, 16 iyun 2005 yil.

  7. “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “Xalq so`zi” gazetasi, 15 iyun 2005 yil.

  8. “Mikrofirmalar va kichik korxonalani rivojlantirishni rag`batlantiish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “Xalq so`zi” gazetasi, 20 iyun 2005 yil.

www.ziyonet.uz
Download 46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling