Mavzu: Yevropa hamjamiyatining yagona agrar siyosati. Reja


Download 46 Kb.
bet1/2
Sana20.10.2023
Hajmi46 Kb.
#1712105
  1   2
Bog'liq
Yevropa hamjamiyatining yagona agrar siyosati.


Mavzu: Yevropa hamjamiyatining yagona agrar siyosati.


Reja:


1. Yevropa hamjamiyati yagona agrar siyosatining zarurati, ahamiyati va rivojlanishi
2. Yevropa yagona agrar siyosatida qishloq xo`jaligi mahsulotlari narxlarini qo`llab-quvvatlash mexanizmi
3. Xulosa.
4. Foydalanilgan manbalar.
Yevropa hamjamiyati yagona agrar siyosatining zarurati, ahamiyati va rivojlanishi
Ikkinchi jahon urishidan keyin Yevropa davlatlari uchun integratsiyalashuv jarayoniga havfsizlikni ta`minlaydigan eng asosiy omil sifatida qarala boshlandi. Shu maqsadda 1948 yilda Yevropa Iqtisodiy Kooperatsiyasi Tashkiloti (YEITS) tuzildi. Natijada Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg yagona bojxona ittifoqini vujudga keltirdilar. Yevropa davlatlarining iqtisodiy integratsiyalashuvida Marshal rejasida katta ahamiyat kasb etdi. Uning natijasida 1948-1952 yillarda AQSH va Kanada davlatlaridan Yevropaga 25 mlrd. AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb etildi. 1951 yilda Yevropa ko`mir va po`lat hamjamiyati vujudga keldi. Uning natijasida ko`mir va po`lat uchun bojxona to`lovlari, kvotalar va subsidiyalar bekor qilindi.
Urishdan keyingi yillarda Yevropa qishloq xo`jaligi juda yomon ahvolda edi. Yevropa davlatlaridagi qishloq xo`jaliklari mahsulotlarining narxi AQSH va Kanadadagidan bir necha marta qimmat edi. Bu, o`z navbatida, Yevropa davlatlari uqun juda katta muammolarni tug`dira boshladi. bu muammolarni yechish zarurati qishloq xo`jaligi imkoniyatlarini kengaytirish, uning mahsulotlari Yevropa davlatlari o`rtasida erkin harakatlanishini ta`minlash fikri kuchaya bordi. Yevropa davlatlari arzon import mahsulotlaridan himoyalanish va o`zlarining qishloq xo`jaligini mustahkam asosga qo`yishga kirishdilar. Bunday fikrlar natijasida 1957 yilda Yevropa davlatlaridan 6 tasi Rim shahrida Rim shartnomasini imzoladilar. Bu shartnoma Yevropa hamjamiyati tashkil etilishiga asos soldi. Rim shartnomasining 38- 47- moddalari Yevropa yagona agrar siyosatining asosiy tamoyillarini belgilab beradi. Ushbu hujjat bo`yicha Yevropa yagona agrar siyosatining maqsadlari quyidagicha belgilandi:

  • ishlab chiqarish omillaridan optimal foydalanish, qishloq xo`jaligining rivojlanishiga texnikaviy yordam ko`rsatish orqali qishloq xo`jaligshi mahsulotlari yetishtirishni ko`paytirish;

  • qishloq joylarda yashaydiganlarga yaxshi turmush darajasida yaratish, ayniqsa, qishloq xo`jaligida mehnat qilayotganlar daromadini oshirish evaziga ularning turmush darajasini keskin oshirish;

  • bozorni barqarorlashtirish;

  • qishloq xo`jaligi mahsulotlarining kafolatli ta`minotini vujudga keltirish;

  • qishloq xo`jaligi mahsulotlarining iste`molchilar uchun maqbul baholarini vujudga keltirish;

Yevropa ittifoqi Vazirlar kengashi 1962 yilda don mahsulotlari uchun yagona Yevropa bozorini shakllantirish bo`yicha qator hujjatlar qabul qildi. Ushbu hujjatlarda yagona don bozorini tartibga solib turish mezanizmlari ishlab chiqarildi. Ular xozirgi kunda ham Yevropa agrar siyosatining asosini tashkil etadi.
Dehqonchilik va qoramolchilik mahsulotlariga bo`lgan narx dunyo darajasiga yaqinlashtirilishi kerak (hatto 90-yillarda ham Yevropa davlatlarida qishloq xo`jaligi mahsulotlarining ishlab chiqarish narxi AQSH va Kanadadagi darajadan ancha baland edi.);
Fermerlarga narxlarni tushirganlari uchun zararni qoplaydigan to`lovlar to`lashni tashkil etish;
Zararni qoplash to`lovlari ishlab chiqarishdan yerlarni ozod qilgan va 1 ga yerga chorva mollarining maksimal biriktirilishini ta`minlagan fermerlarga berish;
Fermerlarning ekologik masalalarini to`g`ri hal etishda qatnashishlari, erta pensiyaga chiqishlarini qo`llab-quvvatlash.
1997 yilda Yevropa Hamjamiyati Komissiyasi “2000 yil kun tartibi: qishloq xo`jaligi” hujjatini e`lon qildi.

Download 46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling