Mavzu: Yevropa mutafakkirlari Platon
Download 38.82 Kb.
|
1 2
Bog'liqAziza 3
Mavzu: Yevropa mutafakkirlari Platon, Dekart va Yumning falsafaga oid qarashlari. REJA: G’arb falsafasining kelib chiqish tarixi. G‘arb falsafasida yangi zamondan boshlab sifat jihatidan bir biridan farq qiladigan ikkita davr. Qadimgi yunon falsafasi yunon madaniyatining eng yuqori gullash davrida vujudga kelgan. 1. O‘rta asrlar g‘arb falsafasi Yevropa tarixida o‘rta asrlar davri deyarli to‘la ming yilni (Rim imperiyasining parchalanish lahzasidan Uyg‘onish davrigacha) o‘z ichiga oladi. O‘rta asrlar yevropasi feodalizmning qaror topishi bilan belgilanadiki, u xristian dunyoqarashidan foydalandi. Ma'jusiylik dini va falsafasi, hamda bid'atchilarning adashishlariga qarshi kurashiga apologetlar (yunoncha apologiya-himoya) deb atalgan qadimgi antik davrning keyingi xristian yozuvchilari bel bog‘ladilar. Apologetlarning eng ko‘zga ko‘ringan vakili Kvint Tertullian (160-220) edi. Falsafa va xristianlikni bir biriga to‘g‘ri kelmasligiga dalillar keltirib, u shundan kelib chiqdiki, xristianlik falsafiy asosga ehtiyoji yuq. Isodan keyin hyech qanday bilimga qiziqishning keragi yo‘q, Injildan keyin esa hyech qanday tadqiqotning zaruriyati yo‘q. E'tiqodni oliy haqiqat sifatida tushunish falsafani ilohiyotga bo‘ysundirish uchun asos bo‘ldi. Platon qarashlarida jamiyat, davlat toʻgʻrisidagi taʼlimot markaziy oʻrinlardan birini tashkil qiladi. U davlat fuqarolarini 3 tabaqaga boʻlgan: 1-tabaqa — davlatni boshqarib turadigan donishmand hukmdorlar; 2-tabaqa — davlatni dushmandan himoya qiladigan harbiylar; 3-tabaqa — davlatni va yuqoridagi 2 ta-baqani moddiy jihatdan taʼminlab turadigan deqqonlar va hunarmandlar. Platon davlat boshqaruv shaklini oliy hokimiyat tanho amalga oshiriladigan monarxiyata, tor doiradagi cheklangan shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan aristokrashiyaga, butun xalq hokimiyatni boshqaradigan demokratiyaga ajratadi. Platon 4 asosiy fazilatni farq kiladi: donishmandlik, mardlik, akl bilan ish qilish va eng asosiysi — boshka fazilatlar oʻrnini toʻldiradigan va qoʻshilib ketadigan fazilat — adolat. P. ning ideal davlat toʻgʻrisidagi orzulari asosida adolat gʻoyasi yotadi. Uningcha, jamiyat barcha aʼzolarining odil jamiyatdagi qonunlarga boʻysunishi ijtimoiy ta-raqqiyotning asosiy garovidir. Qayerdaki qonunlar hokim ustidan hukmron boʻlsa, hokimlar esa qonunga qul boʻlsa, oʻsha davlat gullab yashnaydi. Agar davlat qonunlar ustidan yaroqsiz hokimiyatni oʻrnatib qoʻyadigan boʻlsa, u holda qonun hech qanday foyda bermaydi, aksincha, davlat uchun juda katta zarar keltiradi, deb taʼkidlaydi. Uning fikricha, iqtisodiyot polis (davlat)ning gullab yash-nashi yoki tanazzuli omili hisoblanadi. I. ch. siyosatni emas, siyosat i. ch. ni bo-shqarishi kerak. Jamiyatni barqaror holatdan chiqaradigan har qanday oʻzgarishlarga yoʻl qoʻyilmasligi zarur. Platonning estetik qarashlarida borliq, hayot «abadiy gʻoya»larning taqlidi, nusxasi; sanʼat esa borliq, hayotning taqlidi, yaʼni taklidga taqlid, degan xulosaga asoslangan. U xudolarga boʻlgan eʼtiqodni qoʻllab-quvvatlagan, xudosizlarni qrralagan, davlatni boshqaruvchilar xudojoʻy boʻlishlari kerak, deb hisoblagan. Falsafa tarixida Platon taʼlimoti turlicha qabul qilingan. Unga «ilohiy ustoz» (antik davr), xristian dunyoqarashining muboshiri (bobosi), sof sevgi faylasufi va siyosiy xayolparast (Uygʻonish davri) sifatida qaralgan. Platondan 30 ga yaqin katta va kichik asar qamda xatlari saqlanib qolgan. Asarlari dialog shaklida yozilgan. Ulardan muhimlari: «Apologiya» (Sokratni qimoya qilish), «Kriton» (qonunni hurmag qilish haqida), «Laxet» (mardlik haqida), «Xarmid» (aql bilan ish qilish haqida), «Menon» (notiqlik sanʼati mohiyati haqida), «Bazm» (eros haqida), «Fedr» (eydoslar haqidagi taʼlimot), «Fedon» (adolat haqida), «Davlat» (adolat haqida), «Teetet» (bilim haqida), «Timey» (kosmologiya), «Qonunlar», «Siyosatdon», «Fileb» va b. P. ning asarlari asrlar davomida Gʻarbda, Sharqda maʼlum va mashhur boʻlgan, koʻp tillarga tarjima qilingan, ularga sharxdar yozilgan. «Davlat» asariga Ibn Rushd, «Qonunlar»ga Forobiy sharhi eʼtiborga loyiq. Forobiyning sharhi «Talxi-su navomisi Aflotun» («Aflotun qonunlari mohiyati») deb ataladi. Bu asar 1993-y. «Fozil odamlar shaxri» kitobida nashr etilgan. 2002-y. Aflo-tunning «Qonunlar» asari Toshkentda uzbek tilida nashr etildi. Yozuvchi Omon Muxtorning «Aflotun» romani chop qilindi Apologetika orqasidan xristian mafkurachilarining asarlari bo‘lgan patristika paydo bo‘ldiki, uning mualliflari bid'atchilarga qarshi kurashga katta hissa qo‘shganliklari uchun avliyolik darajasiga ko‘tarildilar va cherkov otalari deb ataldilar. «Cherkov otalari» ning eng yirigi Avreliy A vgustin (354-430) edi. Avgustin falsafasining markazida Xudo turadi. Xudo oliy mohiyat bo‘lib, eng oliy ezgulikdir. Inson esa o‘zida tabiatning moddiy jismlarini –o‘simliklar va hayvonlarni birlashtiradi va aqliy ruh, hamda ozod irodaga egadir. Ruh xudoga yaqin bo‘lib, moddiy emas, zavol topmaydi va o‘z qarorlarida ozoddir. Ma'naviy hayotning asosi irodadir, ammo aql emas. Hayotning maqsadi va mazmuni baxt-saodatdadirki, unga Xudoni bilish bilan erishib bo‘ladi. Insoniy va ilohiy tarix voqyealari birlik va qarama-qarshiliklar orqali ro‘y beradi, ular o‘z ifodasini ikki saltanat (shaharlar) - Xudoning va yerning to‘qnashuvida topadilar. Xudo saltanatiga insoniyatning oz qismi, ya'ni o‘zining axloqiy-diniy xulqi bilan Xudoning rahmatiga va najotiga erishganlar kirdilar, yerdagi saltanatga esa, baraks, o‘zini yaxshi ko‘radigan, ochko‘z, xudbin kishilar kiradilarki, ular Xudoni unitadilar. Xudo saltanatiga mansublikning bosh garovi sifatida Xudo va cherkov oldida itoat va bo‘ysunish xizmat qiladi. O‘rta asrlardagi falsafiy tizimlarining ko‘pchiligi idealistik yo‘nalishga ega ediki, uni xristianlikning asosiy diniy aqidalari taqozo qilar edi. Bunday diniy aqidalar orasidayagona Xoliq - Xudoning shaxsiy shakli haqidagi atomizmning qat'iy ravishda rad etuvchi aqida, hamda Xudo tomonidan dunyoni «hyech narsadan» (kreatsionizm) yaratilganligi to‘g‘risidagi aqida eng muhim ahamiyat kasb etgan edi. Bu aqida nafaqat Xoliq -Xudoning g‘oyaviy dunyosi bilan yerdagi hayotning moddiy dunyosi, hamda dunyoning mutlaq oti shaxs irodasiga tobeligi o‘rtasida o‘tib bo‘lmas chegara barpo qilar, balki dunyoni zamonda (dunyoning ibtidosi va intihosi) chegaralab qo‘yar edi. Petr Domianining o‘tkir ifodasicha, falsafa - «ilohiyatning xizmatkori» deb e'lon qilingan edi. Bu shuni bildirar ediki, falsafa o‘zining butun qudratli dastgohi bilan xristianlikning diniy aqidalarini tasdiqlash uchun xizmat qilishi lozim edi. Ana shunday falsafa «sxolastika» (lotincha-maktab yoki olim) nomini oldi. Taxmin qilinar ediki, haqiqat apriori (avvaldanoq) injil matnlarida berilgan va uning asoslash uchun barcha mantiqiy natijalarni to‘laligicha keltirib, qiyosiy tizimdan foydalanish zarur. Bu vazifani hal qilish uchun sxolastika qadimgi merosga, ayniqsa Arastuning mantiqiy ta'limotiga tayandi. Sxolastikani tizimga solishda dominikanlar Ordenining vakili Akvinalik Foma (1225-1274) muhim hissa qo‘shdi. U o‘ziga maqsad qilib xristianlik aqidalarini aqlga muvofiq ravishda ishlab chiqishga bel bog‘ladi. Arastu shunday asosni yaratgan ediki, unga tayangan Foma xristianlik tushunchasi bo‘lgan g‘oyaviylik va moddiylik nisbatini avvaldan berilgan shakl qoidasi (tartib qoidasi) bilan beqaror va to‘la barqaror bo‘lmagan modda qoidasi (borliqning eng zaif ko‘rinishi) o‘rtasidagi nisbatni qoidaga aylantirdi. Yakka ko‘rinishdagi hodisalar dunyosi, Akvinalik Foma nuqtai nazaricha shaklning birinchi qoidasi va moddaning qo‘shilishidan tug‘iladi. Insonning ruhi esa, shakl tashkil qiluvchi qoida bo‘lib, o‘zining yakka tarzda namoyon bo‘lishini faqat badan bilan qo‘shilgan holatdagina qo‘lga kiritadi. Ushbu xulosaviy qoida xristianlik sxolastikasining eng keskin masalalaridan birini murosasizlik jihatdan yakunladi. Shakllanayotgan xristianlik, sxolastika kabi, idealistik tizim bo‘lib, o‘zining moddaga bo‘lgan munosabatini talqin qilishda chuqur tashvishda edi, negaki Xudoning uchinchi ko‘rinishi bo‘lgan Iso Masih, inson siymosida namoyon bo‘lgan edi, ya'ni o‘zida ham ilohiy (g‘oyaviy), va ham insoniy (moddiy-jismiy) tabiatni birlashtirgan edi. Ilohiylik va insoniylikning qo‘shilishi yolg‘on borliq sifatida moddani to‘la inkor etishga, uni «hyech nima» (uni «hyech nimadan» yaratilganligini aqida talab qilar edi) deb e'lon qilishga imkon bermas edi. Shuning uchun Akvinalik Foma tomonidan moddani «borliqning eng zaif ko‘rinishi» sifatida talqin qilinishi cherkov tomonidan vujudga kelgan uslubiy va mantiqiy boshi berk ko‘chadan chiqish sifatida qabul qilindi. Natijada modda sxolastikada tobelik holatida bo‘lsa ham, qisman mavjud bo‘lish huquqini qo‘lga kiritdi. G‘oyaviylik va moddiylik haqidagi eng keskin bahs realistlar (lot. realis–haqiqiy, ashyoviy) va nominalistlar (lot. nomen–ism, nom) o‘rtasidagi mashhur munozarada namoyon bo‘ldi. Gap universaliy (lot. - umumiy) umumiy yoki tur deb atalgan tushunchalarining tabiati haqida borar edi. Realistlar (Ioann Skott Eriguna, Kenterberiylik Anselm, Akvinalik Foma) Arastuning umumiylik yagonalik bilan bog‘liq ravishda mavjud bo‘lib, uning shaklidir degan qoidasiga asoslanadilar. Akvinalik Fomada universaliylar uch xil ko‘rinishda mavjud edilar: «ashyolargacha» ilohiy aqlda; «ashyolarning o‘zida» ularning mohiyati sifatida; va «ashyolardan so‘ng» abstrakt fikrlash natijasi sifatida inson aqlida. Bunday Hukm yuritish falsafa tarixida «umumiy» faqat ashyolardan tashqarida mavjud bo‘ladi degan «o‘ta keskin realizm» dan farqli o‘laroq, «mo‘tadil realizm» nomini oldi. O‘ta keskin realizm o‘zining ildizlari bilan Aflotun ta'limotiga borib taqalar edi va o‘zining idealistik sxolastikaga yaqin bo‘lib ko‘rinishga qaramasdan cherkov tomonidan aynan shuning uchun qabul qilina olmas ediki, modda xristianlik tomonidan Iso Masihning ikki tabiatidan biri sifatida oqlangan edi. Nominalistlar esa (Rosselin, Per Abelyar) «umumiy» ning ob'ektiv mavjudligini rad etib, universaliylar faqat tafakkurdagina mavjud deb hisoblar edilar. Ular umumiyning borligini faqat muayyan yakka ashyolardagina emas, balki uni «ashyolargacha» ham mavjudligini rad etar edilar va bu esa moddaning oldin kelishligi haqidagi shiorni qabul qilish bilan barobar edi. Rosselin fikricha, universaliylar faqat ashyolarning ismlaridir. Faqat yakka olingan narsalar mavjuddir. Rosselin va boshqalarning nominalistik qarashlari cherkov tomonidan mahkum etildi. 2
1. Prinsipial, qat'iy ratsionalizm. Aynan ana shu xususiyati bilan antik davr kosmotsentrizmi, o‘rta asr teotsentrizmi, uyg‘onish davri antropotsentrizmidan farq qiladi. Fikrlovchi individ, uning aqlining muqaddaslashtirilishi, borliqning etaloniga aylantirilishi klassik ratsionalizmning mohiyatini tashkil etadi. 2. Epistemologik optimizm, insonning bilish qobiliyatiga nisbatan cheksiz ishonch. Bilib bo‘lmaydigan narsalar yo‘q, hatto xudoni ham bilish mumkin, haqiqatga to‘la hajmda erishsa bo‘ladi, degan fikr ana shu optimizmning asosida yotadi. 3. Progress g‘oyasining asoslanishi. Bu g‘oyaga muvofiq aql-zakovatga ega inson ijtimoiy hayotni o‘z maqsadlarini tashkillashtirish va shu asosda baxt-saodatga erishishga qodir. Tarix insonparvarlik, adolat, erkinlik sari harakatlanadi; bu ayniqsa XVIII asr fransuz ma'rifatparvarlari ijodida yaqqol ifodalangan O‘z-o‘zini anglash g‘oyasining ilgari surilishi. Bu g‘oyaga muvofiq, inson aql kuchi ila o‘z mohiyatini, borliqda tutgan o‘rnini tushunib yetadi, (nemis mumtoz falsafasida bu markaziy falsafiy masalalardan biri sifatida tahlil etiladi). 4. Gollandiyada (1566-I609) va Angliyada (I640-I688) bo‘lib o‘tgan ilk burjua revolyusiyalari, ularning G‘arbiy yevropa mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy va mafkuraviy jihatdan taraqqiy etishiga ko‘rsatgan ta'siri yangi davrning muhim voqealari hisoblanadi. Shuni aytish kerakki, yirik mashinali ishlab chiqarish fan va texnikaning taraqqiy etishini taqazo qilardi. London va Parijda fanlar akademiyasining tashkil qilinishi, tabiyotshunoslik va matematikaning tez sur'atlar bilan rivojlana borishi, mukammal soatlar va tegirmonlarning yaratilishi va shu kabilar davr amaliy ehtiyojini qondirishga qaratilgan javob bo‘ldi. Tabiyotshunoslik bilan uzviy aloqada, o‘rta asr sxolastikasiga qarshi keskin kurash jarayonida yangi davr falsafasi shakllandi. Bu falsafa mexanistik va metafizik xarakterga ega ekanligi bilan ajralib turadi, o‘zida davr bilishi xususiyatlarini ifoda qiladi. Kepler va Galileyning kashfiyotlari, Nyuton tomonidan mexanikaning asosiy qonunlari va prinsiplarining yaratilgani, mexanikaning nazariy fan sifatida to‘liq shakllanishiga, mexanitsizmning esa, ilmiy bilish va falsafada hukmron dunyoqarash va metodologiyaga aylanishiga olib keldi.Tabiat hodisalarini tushuntirishda mexanika qonunlarning mutloqlashtirilishi, tarixiy yondashishning yo‘qligi eksperimentlar qo‘yish, faktlar to‘plash bilan ovora bo‘lib, predmetlar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni e'tibordan chetda qoldirishga, o‘z navbatida, tabiyotshunoslik va falsafada metafizik fikr yuritish usulining shakllanishiga va uning keng qo‘llanilishiga sabab bo‘ldi. Ilk burjua revolyusiyalari davrida qator yangi ilm sohalarining vujudga kelganligini, ilmiy va falsafiy tadqiqotlarning bir-biridan aniqroq chegaralana borganligini, falsafada bilish metodi masalasining keng muhokama qilinganini alohida ta'kidlash zaru. Download 38.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling