Mavzu: Yo‘l qurilishida ishlatiladigan mexanizastiyalashgan asboblar. Reja


Download 1.34 Mb.
bet3/4
Sana23.11.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1795505
1   2   3   4
Bog'liq
Yo‘l qurilishida ishlatiladigan mexanizastiyalashgan asboblar

Avtogreyder – o’ziyurar mashina hisoblanib, uning o’ziga xos xususiyati, bu old va orqa g’ildiraklarning orasida joylashtirilgan pichoq bilan jihozlangan ag’darma uskunasidir.

Bugungi kunda ishlab chiqaradigan texnikalarining ro’yxatida avtogreyderlar mavjud bo’lgan ko’plab korxonalar mavjud. Ammo, qiziqarli tomoni shundaki, turfa markalarning xususiyatlari bir-biridan deyarli farq qilmaydi.




Ushbu mashinalarning turli tasniflari mavjud. Ularning biri esa uning vazniga bo’g’liq. Ushbu tasniflarga ko’ra, avtogreyderlarni og’ir, o’rta hamda yengil vaznli uch toifaga ajratish mumkin.
So’nggi toifadagi avtogreyderlar kichik yamash ishlari hamda tuproq ko’tarmali yo’llarni qurish jarayonlarida keng ishlatiladi.
O’rta vazn toifasiga kiruvchi avtogreyderlar qiyinroq yo’l-yamash ishlarida ishtirok etib, tuproq qatlamini barpo etish jarayonlarida ishlatiladi.
Og’ir greyderlar esa yo’l qatlamini yotqizish, yo’llarni qurish jarayonida qurilish aralashmalarini qorishtirish hamda ushbu aralashmalarni taqsimlashda qo’l keladi.
Greyderning ag’darma moslamasi ushbu texnikaning asosiy ishchi qismi hisoblanib, uning o’ziga xos xususiyati shundaki, ushbu qismni deyarli istalgan holatda o’rnatish mumkin. Uning gorizontal holatidagi aylanma burchagi 360 darajaga teng.

Avtogreyderlarning yana bir tasnifi ishchi qismlarni boshqarish tizimlari bilan bog’liqdir: ular gidravlika yordamida hamda mexanik tarzda boshqariladigan avtogreyderlarga bo’linadi. Bundan tashqari avtogreyderlar quvvati bo’yicha ham bir-biridan farqlanadi.


Yo’l qurilish jarayonlari uchun mo’ljallangan asbob-uskunalar bozorida avtogreyderlarning har xil turlari taqdim etilayotganligi sababli, to’g’ri tanlovni amalga oshirish – oson ish emas. Ushbu maxsus texnika sohasida ekspert bo’lmasangiz, mutaxassisga murojaat qilishingizga to’g’ri keladi.
Birinchi navbatda esa, o’zining yuqori darajali chidamliligi hisobiga uzoq muddat ichida sizga xizmat qilishga tayyor bo’lgan avtogreyderga nisbatan maqsadlaringiz hamda zaruriyatlaringizni tahlil qilishdan boshlashingiz kerak.
Yo'l xo'jaligi sohasining ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan yuksak ahamiyatga ega ekani uning muhim xususiyati hisoblanadi. Iqtisodiyotning umumiy rivoji, aholi barcha qatlamlarining hayot sifati ayni shu tizimning samarali faoliyat ko'rsatishiga bog'liq. 
Mustaqillik yillarida viloyatlar va tumanlarning ma'muriy markazlarini bog'lovchi keng tarmoqli transport aloqalari hamda davlatlararo xavfsiz transport tashuvlarini ta'minlashga qaratilgan yo'l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bo'yicha katta miqyosdagi ishlar amalga oshirildi. 
Ayni vaqtda, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini boshqarish tizimi, avtomobil yo'llarini saqlash, ta'mirlash, rekonstruksiya qilish va qurish ishlariga yo'naltirilayotgan mablag'lardan foydalanish samaradorligini oshirish hamda ana shu yo'llarning bugungi kundagi holati bilan bog'liq bir qator muammolar hal etilmasdan qolmoqda. 
Mamlakatimizda avtomobil yo'llari tarmog'i bo'yicha yuzaga kelgan haqiqiy holat va rivojlanish darajasi yo'l xo'jaligining barcha yo'nalishlariga doir aniq va samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqishni, avtomobil yo'llarini boshqarishda hamda iqtisodiyot va aholi ehtiyojlariga muvofiq respublikamizda yo'l tarmog'i holatini sifat jihatidan o'zgartirishga qaratilgan qo'shimcha choralar qabul qilishni taqozo etmoqda. 


Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling