Mavzu: Yo'l transport hodisasi sodir etgan xaydovchilarning vazifalari reja


Download 28.5 Kb.
Sana23.09.2023
Hajmi28.5 Kb.
#1685952
Bog'liq
4. Yo\'l belgilari




MAVZU: Yo'l transport hodisasi sodir etgan xaydovchilarning vazifalari


REJA:


  1. Ogohlantiruvchi belgilar

  2. Yo`l belgilari, ogohlantiruvchi belgilari

  3. Transport vositasini ro'yxatdan o'tkazish



Yo`l belgilari, ogohlantiruvchi belgilari.

  1. Axborot ishora belgilari,servis belgilari, qo`shimcha axborot belgilari.

  2. Belgilarni o`rnatishga qo`yiladigan talablar,yo`l belgilarini ko`cha-joy sharoitda qo`llash

Tayanch iboralar: Ogohlantiruvchi belgilar, Shlakbaumli temir yo`l kesishmasi Ko'tarma ko'prik yoki solda kesib o'tish. Mukammal qoplamali yo'l.
Ogohlantiruvchi belgilar yo'l harakati qatnashchilariga yo'lning harakatlanishda vaziyatga qarab chora ko'rishni talab qiladigan xavfli qismlarining joylashuvi hamda ularning xususiyatlari to'g'risida ma'lumot berish uchun qo'lllaniladi.
1.1 "Shlakbaumli temir yo'l kesishmasi"
1.2 "Shlakbaumsiz temir yo'l kesishmasi"
1.3.1 "Bir izli temir yo'l"
1.3.2 "Ko'p izli temir yo'l"




Shlakbaum bilan jihozlanmagan temir yo'l kesishmasi oldida o'rnatiladi. 1.3.1-bir izl temir yo'l, 1.3.2 -ko'p izli temir yo'l.
1.4.1-1.4.6 "Temir yo'l kesishmasiga yaqinlashuv"
Aholi yashamaydigan joylarda temir yo'l kesishmasining yaqinligi haqida qo'shimcha ogohlantirish.
1.5. "Tramvay yo'li bilan kesishuv"
1.6. "Teng ahamiyatli yo'llar kesishuvi"
1.7. "Aylanma harakatlanish bilan kesishuv"
1.8. "Svetofor tartibga soladi". Harakat svetafor orqali tartibga solingan chorraha, piyodalar o'tish joyi yoki yo'l qismi.
1.9. "Ko'tarma ko'prik". Ko'tarma ko'prik yoki solda kesib o'tish.
1.10. "Sohilga chiqish". Daryo yoki suv qirg'og'iga chiqish.
1.11.1, 1.12.2. "Xavfli burilish". Yo'lning kichik radiusli yoki ko'rinish cheklangan burilish joyi, mos ravishda o'ngga va chapga.
1.12.1, 1.12.2 "Xavfli burilishlar". Yo'lning xavfli burilishlar bo'lgan qismi (1-burilish o'ngga, 1-burilish chapga).






1.13. "Tik nishablik".
1.14. "Tik balandlik".
1.15. "Sirpanchiq yo'l".Yo'lning o'ta sirpanchiq bo'lgan qismi.
1.16. "Notekis yo'l". Qatnov qismi notekis bo'lgan yo'l (o'nqir-cho'nqir, uydim-chuqur joylar, ko'prikning yo'lga notekis tutashuvi va shu kabilar).
1.17. "Tosh otilish xavfi". Mukammal qoplamali yo'l qismida transport vositasi g'ildiragi ostidan shag'al, tosh va shunga o'xshashlarning otilish ehtimoli bor.
1.18.1-1.18.3. "Yo'lning torayishi". (2 tomonlama, o'ngga va chapga).
1.19. "Ikki tomonlama harakatlanish". Yo'lning qarama-qarshi harakatlanish qismining boshlanishi.
1.20. "Piyodalar o'tish joyi". 5.16.1, 5.16.2 belgilari va 1.14.1-1.14.3 chiziqlari bilan belgilangan piyodalar o'tish joyi.
1.21. "Bolalar". Bolalar muassasasiga yaqin yo'lning qatnov qismidan bolalarning chiqish ehtimoli bor.
1.22. "Velosiped yo'lkasi bilan kesishuv".
1.23. "Ta'mirlash ishlari".
1.24. "mol haydab o'tish".
1.25. "Yovvoyi hayvonlar".
1.26. "Toshlar tushishi".
1.27. "Yovlama shamol".
1.28. "Pastlab uchuvchi samolyotlar".
1.29. "Tonel". Sun'iy ravishda yoritilmagn yoki kiraverish peshtoqining ko'rinishi cheeklangan tonel.
1.30. "Boshqa xavf-xatarlar". Ogohlantiruvchi belgilarda ko'zda tutilmagan xavf-xatarlar bo'lgan yo'l qismi.
1.31.1, 1.31.2. "Burilish yo'nalishi" . Kichik radiusda qurilgan, ko'rinishi cheklangan yo'lda harakatlanish yo'nalishi. Yo'lning ta'mirlanayotgan qismini aylanib o'tish yo'nalishi.
1.31.3. "Burilish yo'nalishi". "T" simon chorrahada yoki yo'l ayrilishlarida harakatlanish yo'nalishi. Yo'lning ta'mirlanayotgan qismini aylanib o'tish yo'nalishi.
1.1, 1.2, 1.5.-1.30 ogohlantiruvchi belgilar aholi yashaydigan joylarida xavfli joydan 50-100 m, aholi yashaydigan joylardan tashqarida esa, 150-300 m oldin o'rnatiladi. Zarurat bo'lganda bu belgilar 7.1.1 qo'shimcha belgida ko'rsatilgan boshqa masofada ham o'rnatilishi mumkin.
Agar nishablik va balandlik ketma-ket keladigan bo'lsa, 1.13 va 1.14 belgilari bevosita nishablik va balandlik oldiga o'rnatilishi mumkin.
Aholi yashaydigan joylardan tashqarida 1.1, 1.2, 1.9, 1.10, 1.21 va 1.23 belgilari takrorlanadi.
Ikkinchi belgi yo'lning xavfli qismi boshlanishiga kamida 50 m qolganda o'rnatiladi.
Agar qatnov qismida qisqa muddatli yo'l ishlari olib borilayotgan bo'lsa, 1.23 belgisi ish bajarilayotgan joyga 10-15 m masofa yetmasdan (7.11 qo'shimcha belgisiz) o'rnatilishi mumkin.
1.3.1 va 1.3.2 belgilari bevosita temir yo'l kesishmasining oldiga o'rnatiladi.






Xulosa

“Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan, shuningdek yo‘l harakati qoidalarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:


1. Yangi tahrirdagi Yo‘l harakati qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va ular 2016-yil 1-martdan boshlab amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Yo‘l harakati qoidalarining mazmun va mohiyatini ommaviy axborot vositalari, shu jumladan elektron ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish tashkil etilishini;
Yo‘l harakati qoidalarining manfaatdor shaxslar e’tiboriga, shu jumladan Qoidalarni rasmiy veb-saytda e’lon qilish yo‘li bilan yetkazilishini;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorni hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqilishini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Yo‘l harakati qoidalarini nashr etsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-iyuldagi 191-son qarori bilan tasdiqlangan “Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari bo‘yicha xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglamentga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish kiritilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari 2016-yil 1-martdan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri A.A. Axmedbayev zimmasiga yuklansin.
Foydalanilgan adabiyorlar


  1. 1. N.F.Muxitdinov, J.D.Qulmuxammedov, K.Y.G‘ofurov «Yо‘l harakati qoidalariga sharhlar». Toshkent – 2018. 206 b.

2. YO`L HARAKATI QOIDALARI. O`QUV USLUBIY MAJMUA/ 2022 yil


Sayt:
1.www.google
Download 28.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling