Mavzu: Yonish mahsulotlarining entalpiyalarini hisoblash Reja: Yoqilg‘i va uning xossalari
Download 149.5 Kb.
|
zarin2
Ma’lumki, gaz mash’ala bo‘lib yonadi. Mash’ala bu yonish jarayoni kechayotgan, harakatlanayotgan gazlarning ma’lum bir hajmidir. Yonish nazariyasi umumiy qoidalariga asosan, gazning mash’ala qilib yoqish usuli kinetik va diffuzion usullarga ajratiladi. Kinetik yondirishda gaz va havo yonishidan oldin aralashtiriladi. Gaz va havo, avvalo gorelkaning aralashtirish qurilmasiga uzatiladi. Aralashmaning yonishi aralashtirgichdan tashqarida ro‘y beradi. Bu holda jarayon tezligi kimyoviy reaktsiyalar tezligi bilan chegaralanadi ya’ni yonkim bo‘ladi. diffuzion yonish gaz bilan havoning aralashish jarayonida ro‘y beradi. Gaz havodan alohida holda ishchi hajmga yuboriladi. Bu holda jarayon tezligi gazning havo bilan aralashish tezligi bilan chegaralanadi, ya’ni yonfiz. Diffuzion yonishning yana bir ko‘rinishi aralash yonish (diffuzion-kinetik) bo‘lib, bunda gaz dastlab ma’lum bir miqdordagi havo bilan (to‘liq yonish uchun yetarli bo‘lmagan) aralashadi. Shu yerga havoning qolgan qismi (ikkilamchi havo) alohida yuboriladi. Qozon agregatlari o‘txonalarida asosan kinetik va aralash yondirish usullari qo‘laniladi. Diffuzion usul ko‘proq sanoat pechlarida qo‘llaniladi. Gaz oqimining mash’alasida harakat usuliga qarab, mash’ala laminar va turbulent bo‘lishi mumkin. Texnikada asosan turbulent yonish ishlatiladi. Download 149.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling