Mavzu: Yordamchi jarayonlar


Download 143 Kb.
bet2/5
Sana23.04.2023
Hajmi143 Kb.
#1392892
1   2   3   4   5
Bog'liq
yordamchi jarayonlar

Quyultirish jarayoni.
Quyultirish deb, bo‘tana tarkibidagi qattiq zarrachalarni og‘irlik kuchi yoki markazdan qochuvchi kuch ta’sirida cho‘ktirib, suyuq fazani ajratib olishga aytiladi.
Quyultirish mahsulotning mineral va granulometrik tarkibiga, zarrachalarning shakliga, suyuqlikning qovushqoqligiga, bo‘tananing haroratiga, muhitning rNi ga, bo‘tananing tarkibida maxsus kiritiluvchi bor yo‘qligiga va h.k. larga bog‘liq. Quyultirishdan maqsad, tarkibida 50-70% qattiq zarrachalarni saqlovchi quyultirilgan mahsulot olishdan iboratdir. Bunda tinitish va toza suyuq faza olish masalasi ham hal etiladi.
Quyultirishda qattiq zarrachalarning suyuq fazada og‘irlik kuchi ta’sirida cho‘kishni sizish orqali cho‘kish bilan taqqoslaganda bu jarayonda umumiylikni hamda farqni kuzatish mumkin. Umumiylik shundan iboratki, ikkala jarayonga ham og‘irlik kuchi ta’sir etadi. Farqi esa sizdirishda suyuqlik qattiq zarrachalar orasidan sizib o‘tsa, quyultirishda esa qattiq zarrachalar suyuqlik orasidan o‘tib cho‘kadi.
Quyultirishda quyidagi dastgohlar va moslamalar ishlatiladi.

  1. Bo‘tananing ajralish og‘irlik kuchi ta’sirida boruvchi dastgohlar:

    1. uzluksiz ta’sirli - piramidal tindirgich, konusli quyultirgichlar, silindrlik quyultirgichlar.

    2. davriy ta’sirli - tashqi tindirgichlar: bularga hovuzlar, havzalar, shlamli basseynlar.

  2. Bo‘tananing ajralishi markazdan qochuvchi kuch ta’sirida boruvchi dastgohlar:

  • gidrotsiklonlar, cho‘ktiruvchi sentrifugalar.

  • bo‘tananing ajralish og‘irlik kuchi ta’sirida boradigan dastgoh va moslamalar katta chan va hovuzlardan iborat bo‘lib, ularga bo‘tana uzluksiz yoki davriy ravishda beriladi.

Bo‘tanadagi muallaq qattiq zarrachalar cho‘kma hosil qilib, sekin cho‘kadi, cho‘kma zichlashib, ma’lum mikdorda yig‘ilgandan keyin apparatdan chiqarib olinadi. Tingan suvning yuqori qatlamlari dastgoh devorlari orqali quyulib tushadi.
Bo‘tananing ajralishi markazdan qochuvchi kuch ta’sirida boruvchi dastgohlarda bo‘tana aylanma harakatga keltiriladi. Aylanish natijasida hosil bo‘lgan markazdan qochuvchi kuch ta’sirida qattiq zarrachalar dastgoh devoriga tomon uloqtiriladi, tingan suv esa aylanish markazida yig‘iladi.

  1. 1m3 bo‘tanadagi qattiq zarrachalar Vq va suyuq zarrachalar Vs ning hajmi:


Quyultirgichlardagi bo‘tananing yuqori qatlamlarida qattiq zarrachalarning konsentratsiyasi unchalik yuqori emas, shuning uchun zarrachalar erkin tushish sharoitida zarrachalarning o‘lchami va zichligiga bog‘liq holda maksimal tezlik bilan cho‘kadi.


Bo‘tananing quyi qatlamlarida qattiq zarrachalarning konsentratsiyasi ortishi bilan ularning cho‘kishi tezligi kamayadi. Zarrachalarning konsentratsiyasi ma’lum chegaraga etganda, ularning cho‘kishi, siqilib tushish sharoitida amalga oshadi. Bunda yirik tez cho‘kuvchi zarrachalar bilan birga cho‘kadi. CHo‘kmaning zichlashishida (siqilishida) qattiq zarrachalarning konsentratsiyasi maksimumga etadi, ularning cho‘kish tezligi esa nolga yaqinlashadi.
Quyultirilgan bo‘tananing zichligi qattiq zarrachalarning o‘lchami va
tuzilishiga bog‘liq.
Zarrachalarning erkin tushish sharoitida cho‘kish tezligi kichik o‘lchamli zarrachalar uchun Stoks formulasi orqali ifodalanadi:

Download 143 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling