Mavzu: Yordamchi jarayonlar


Filtrlashning nazariy asoslari


Download 143 Kb.
bet3/5
Sana23.04.2023
Hajmi143 Kb.
#1392892
1   2   3   4   5
Bog'liq
yordamchi jarayonlar


Filtrlashning nazariy asoslari.
Filtrlash deb, mayda zarrachali bo‘tana va suspenziyalar tarkibidagi ishlatilib zarrachalarni g‘ovak to‘siq orqali bosim ostida filtrlab, suvni ajratib olishga aytiladi.
Filtrlash natijasida to‘siqda ushlanib qolgan mahsulot cho‘kma, to‘siqdan
o‘tgan suv filtrat deyiladi.
Filtrlash jarayonining boshlang‘ich davrida suyuqlik faqat g‘ovak to‘siqdan o‘tadi, keyinchalik to‘siq yuzasiga cho‘kma o‘tirgandan so‘ng u cho‘kma qatlamidan kam sizib o‘tishi kerak.
Jarayon davomida cho‘kma qatlami qalinlashib boradi: shunga mutanosib suyuqlikning sizib o‘tishiga qarshiligi ortib boradi.
Cho‘kma qalinligi ma’lum darajaga etganda filtr yuzasiga bo‘tana berish to‘xtatiladi. Hosil bo‘lgan cho‘kma qatlami orqali havo o‘tkazilib, u quritiladi. So‘ngra filtr yuzasidan cho‘kma olib tashlanadi va jarayon qaytariladi. Hozirda filtrlovchi dastgohlarda filtr yuzasiga bo‘tana berish, cho‘kmani to‘plash, uni quritish, ajratib olish kabi ishlar tartib bilan avtomatik bajariladi.
Olingan cho‘kmaning tarkibida 10-20% gacha namlik bo‘ladi. Namlikning miqdori zarrachalarning o‘lchamiga, cho‘kmaning tuzilishiga, filtrlashning turiga va boshka omillarga bog‘lik. Filtrlash jarayonida siqiluvchi va siqilmaydigan cho‘kmalar hosil bo‘ladi. Siqiluvchi cho‘kmalardagi zarrachalar bosim ortishi bilan deformatsiyaga uchrab, ularning o‘lchami kichiklashadi. Siqilmaydigan cho‘kmalarda filtrlash jarayoni osonroq o‘tadi va cho‘kmadagi namlik ancha kam bo‘ladi.
Filtrlash jarayonining unumdorligi olinadigan suyuqlikning tozaligi, asosan filtr to‘siqning xususiyatlariga bog‘liq. Filtr to‘siqlarning teshiklari katta va gidravlik qarshiliklari kichik bo‘lishi zarur. Filtr to‘siqlar sifatida mayda teshiklar to‘rlar, turli gazlamalar, sochiluvchan ashyolar (kum, maydalangan ko‘mir va x.k.), sopol buyumlar ishlatiladi. Filtr mato sifatida paxta yung va sun’iy tolalardan to‘qilgan gazlamalar ishlatiladi.
Filtr to‘siqlardan oldingi va keyingi bosimlar farqi yoki filtr matoda suyuqlik bosimini hosil qiluvchi markazdan qochma kuchlar filtrlash jarayonining harakatlantiruvchi kuchi vazifasini bajaradi.
Harakatlantiruvchi kuchlar turiga qarab filtrlash ikki guruhga bo‘linadi:
Bosimlar farqi ta’sirida filtrlash.
Markazdan qochma kuchlar ta’sirida filtrlash (sentrifugalash).
Filtrlash jarayonining samaradorligi va filtrlash dastgohining ish unumi
filtrlash tezligi bilan tavsiflanadi.
Filtrlash tezligi vaqt birligi ichida filtrdan o‘tgan suyuqlikning hajmini
bildiradi.
Filtrlash tezligi bo‘tana, cho‘kma va suyuqlikning xossalariga, filtrlash maromiga va boshqa kattaliklarga bog‘lik.
Suvning filtr mato va cho‘kma qatlamidan sizib o‘tishini cho‘kmadagi kapillyarlardan o‘tishiga o‘xshatish mumkin. Kapillyar naychadan o‘tayotgan suvning hajmi (m3/s). Puazeyl qonuniga binoan quyidagi tenglama bilan aniqlanadi:


Download 143 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling