Mavzu: Yorug‘likning fizik tabiati. Tibbiyot amaliyotida optikaviy qonuniyatlardan foydalanish. Refraktometr yordamida suyuqlikning konsentratsiyasini aniqlash Ishdan maqsad


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana02.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#195261
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
12-Amaliy Davolsh (2)



Mavzu: Yorug‘likning fizik tabiati. Tibbiyot amaliyotida optikaviy 

qonuniyatlardan foydalanish.  

Refraktometr yordamida suyuqlikning konsentratsiyasini aniqlash  

Ishdan  maqsad:  suyuqlikning  optik  sindirish  ko’rsatkichini  turli  muhitlarda 

yorug’likni  sindirish  metodi  bilan  anilashni  o’rganish  va  optik  sindirish 

ko’rsatkichini eritmaning konsentratsiyasiga bog’liqligini o’rganish  

Kerakli  asboblar:  refraktomer,  pipetka,  distillangan  suv,  tekshirilayotgan 

suyuqliklar  



KIRISH 

Sindirish  ko`rsatkichi  yuqori  aniqlikda  va  kam  vaqt  sarflab  aniqlash  mumkin 

bo`lgan  fizik  konstantalar  jumlasiga  kiradi.    Bunda  juda  kam  miqdordagi 

tekshiriluvchi  modda  kifoya  qiladi.    Buning  uchun  maxsus  asboblar-

refraktometrlar  qo`llaniladi.    Ular  sindirish  ko`rsatkichini  tekshirilayotgan 

kattalikning  0,  01%,  hatto  0,  001%  aniqligida  topishga  imkon  beradi.    Buning 

uchun  atigi  (0,  05-0,  5)gr.    modda  talab  qilinib,  tekshirishlar  faqat  qurilmaning 

shkalasiga qarashdan iborat bo`ladi. 

Dastlabki  refraktometrlar  18-asrning  o`rtalarida  kashf  еtilgan  еdi.    “Refraktsiya” 

termini  fanga  18-asrning  boshida  N’yuton  tomonidan  uning  “Optika”  asarida 

kiritilgan. 

Hozirgi  davrda  refraktometrlar  ko`pgina  ilmiy-tekshirish  va  ishlab  chiqarish 

laboratoriyalarida  qo`llaniladi.    Refraktometrik  usullar  kimyoviy  sanoatda,  oziq-

ovqat  sanoatida,  farmatsevtik  sanoatda,  geologiyada  qo`llaniladi.    Qishloq 

xo`jaligida  refraktometrlar  meva,  sabzavot  va  urug`larning  sifati  va  etilganlik 

darajasini  tekshirish  uchun  ishlatiladi.    Biologik,  kimyoviy  va  fizik 

laboratoriyalarda  refraktometrlar  еfir  moylari,  yog`lar,  qon,  suyuq  yoqilg`i, 

shishalar,  turli  еritmalarni  tekshirishda  qo`llaniladi.    Refraktometrik  usullarning 

soddaligi  va  arzonligi,  yuqori  aniqlikka  еgaligi  ularning  kelajakda  qo`llanishiga 

ham asos bo`ladi. 

Ushbu  ishdan  maqsad:  refraktometr  yordamida  bir  qator  suyuqliklarning  havoga 

nisbatan sindirish ko`rsatkichini, shuningdek, еritmaning sindirish ko`rsatkichining 

unda еrigan moddaning kontsentratsiyasiga bog`likligini aniqlash. 



 


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling