Mavzu: Yosh nosirlar asarlari tahlili Reja


Download 25.3 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi25.3 Kb.
#1574039
Bog'liq
7-amaliy


Mavzu:Yosh nosirlar asarlari tahlili
Reja:
1.Hozirgi hikoyachilikdagi yangilanish tamoyillari.
2.Hikoya janri mohiyati. Undagi uslubiy izlanishlar.
3.Hikoyada qahramon yaratish masalasi.
4.Badiiy asarda tarixiy talqin.
Biz o‘rganayotgan zamonaviy nasr vakillari 70-yillar avlodiga mansub bo‘lib, ular:

Xurshid Do‘stmuhammad


Murod Muhammad Do‘st
Tog‘ay Murod
Erkin A’zam
Xayriddin Sultonov
Qamchibek Kenja
Alisher Ibodinov...
Bu avlodda “bir-birini to‘ldiruvchanlik” xususiyati etakchilik qiladi va g‘oyada, ifodada, munosabatda birlik bor edi.
Bu avlod ijodkorlar ortidan yangilar maydonga tusha boshladi:

Nazar Eshonqul Isajon Sulton


Abduqayum Yo‘ldoshev
Ulug‘bek Hamdam
Yangi nosirlarda olam va odamni o‘ziga xos, ayricha qabul qilish etakchi. G‘oyaviy-badiiy xususiyatlari turlicha, uslubi o‘zgacha, eng muhimi, zamonaviy dunyo nasriga yaqinlashish istagi kuchli.
Yangi adabiyot va adabiyotshunoslik o‘rtaga tashlagan istilohlar:
1. Globallashuv.
2. Intellektuallik.
3. Majoziylik.
4. Rivoyat diskursi.
“Muallif o‘limi” – matnni birlamchi deb bilish, ijod namunasini tabiat va jamiyat ta’siridagina yuzaga kelgan, demak, bu o‘rinda muallif birlamchi emas, deya yondashuv.Intertekstuallik – har qanday matnni avval mavjud bo‘lgan matnlarni transformatsiya qilgan holda o‘ziga singdirgan sitatalar majmuidir, deya tushunish.Poststrukturalizm – adabiyot, madaniyat, jamiyat, tarix, inson – bularning barini matn deya qabul qilish, barini matn tarzida o‘qish va uqish. Asarni individual ijod namunasi emas, ongsiz, ommaviy jarayon mahsuli, deya tushunish.

Yangi nasrda kuzatilayotgan nuqsonlar:

1. Ko‘chirmakashlik: g‘oyani, shaklni, butun matnni ko‘chirish.
2. Taqlid.
3. Atayinlik (“Go‘ro‘g‘li” → “Jarayon”) 4. Analogiya. 5. Chalkashlik.

Mavjud adabiy jarayon bo‘yicha adabiyotshunoslarning fikrlari:



Mahkam Mahmudov: muallif o‘lmaydi.

Yo‘ldosh Solijonov: muallifni o‘limga mahkum etib bo‘lmaydi.

Zuhriddin Isomiddinov: har qanday asarning zaminida qaysidir asarni sezish mumkin, chunki adabiy ta’sirsir adabiyot taraqqiy etmaydi.

Ibrohim G‘afurov: poststrukturalizm – yagonalashgan dunyoni tasvirlashning bir usuli.

Umarali Normatov: bugungi adabiyotdagi taqlid, muayyan o‘xshashlik, o‘zaro ta’sir, sayyor syujet holatlari xavfli illat, fojia emas. Bularni bemalol fosh qilish mumkin.
Xurshid Do‘stmuhammad “Qichqiriq”, “Katta ko‘cha”, “Jajman”, “Oromkursi”; “Donishmand Sizif”.
Nazar Eshonqul “Maymun etaklagan odam”, “Bahoviddinning iti”, “Muolaja”, “Bepoyon omon”; “Go‘ro‘g‘li”
Isajon Sulton “Qismat”, “Olisdagi urushning aks-sadosi”, “Tuman”, “Bibi Salima”, “Mega intellekt”; “Boqiy darbadar”, “Ozod”, “Genetik” Ulug‘bek Hamdam “Bir piyola suv”; “Yolg‘izlik”; “Muvozanat”.
Hozirgi adabiy jarayonda yaratilayotgan har bir asar mohiyatini teran uqish, falsafiy estetik qatlamni kuzatish kitobxon tafakkurini boyitib boradi. Hikoyachilikdagi yangilanishlar ,uslubiy betakrorlik matn bilan ishlash jarayonida yaqqol ko’zga tashlanadi. Shu o’rinda janr takomili ham e'tibordan chetda qolmaydi. Qissachilikdagi o’zgarishlar ham bevosita tahlilu talqinlarda aniq namoyon bo’ladi. Ma'naviy uyg‘onish samarasi odamlarning o’zligini anglash, milliy g‘urur, oriyat, avlod-ajdodlarimiz o’tmishidan faxrlanish, kelajak har kimning o’z qo’lida, mehnatida va ongli faoliyatida ekanligini his qilishda namoyon bo’lmoqda. Bugungi kunning vazifasi adabiyotni millatning ma'naviy va intellektual salohiyatini, odamlarning aqliy va ruhiy madaniyatlarini yuksaltirishga xizmat qildirishdir. Chunki olamni shu paytgacha aytib kelganimizdek, go’zallik emas, ma'naviyat va ezgulik asraydi. Hozirgi nasr xususiyatini o’rganish ta'lim tizimiga innovatsion pedagogik texnologiyalar keng joriy etilayotgan bugungi kunda alohida dolzarblik kasb etadi.
Qaysiki asarda insoniy kechinmalar jarayoni iztiroblari, mehr-mohiyati, o’zining falsafiy talqinini topsa, voqealar tarixdan chekinilmaydi. Yoritilsa, o’sha asar har qanday jamiyat o’zgarishlarida ham umrini tugatmay yashab qoladi. Hayriddin Sultonovning «Saodat sohili» qissasi ana shunday fazilatga egaligi bilan kitobxon qalbini zabt etadi va ma'naviy olamini boyitish orqali o’z hayot yo’lini to’g‘ri belgilashga imkon tug‘diradi. Bu narsa esa o’z navbatida, jamiyatning insoniylashuviga, demokratiyaning yanada kuchayishiga ko’mak beradi va asos ham bo’ladi. Chunki xalqi komil bo’lgan jamiyatdagina adolat va inson manfaatlariga yo’naltirilgan qonun hukm suradi. Demak asar inson kelajagi uchun xizmat qiladi.
Uni komil inson yuzaga keltiradi. Komillikni yuzaga keltirishda badiiy adabiyot muhim omildir. Buni yaxshi anglagan yozuvchilar shu yo’lda samarali ijod qilmoqdalar. Bu borada H.Sulton, E.A'zamov, A.Ibodinov, Shoyim Bo’taev, Normurod Norqobilov va boshqalarning ijodi katta rol o’ynayapti.
Erkin A'zamovning asarlarida ham inson ma'naviyati masalasi hayot hodisalariga o’ziga xos yondashish orqali ochib berish tendensiyasi ko’zga tashlanadi. Unda hayotdan o’z o’rnini topish ve maqsadga erishish uchun kurashish va intilish kerak degan g‘oya ilgari suriladi. Yana shunga iqror bo’ldiki, hayotdan qo’rqib yashabdi. Avvaliga xotinini, topgan baxtini o’ylab qo’rqibdi, keyin bola-chaqasini o’ylab qo’rqibdi, kattaroq, bir ishga bel bog‘lagani jur'ati yetmabdi, ikkilanibdi, hadiksirabdi. Boriga shukur qilib, qanoat qilib yashayveribdi, intilmabdi».
Ijodkorlar o’zbek nasriga yangi uslub olib kirdilar, hayotni yangi nuktalardan turib tasvirlay boshladilar. Lekin ular avval yaratilgan ijodkorlar uslubiga zid bormadilar. Aksincha, yangi nasr an'anasini yangi asr bo’sag‘asida boyitdilar, unga ijodiy yondashdilar.
Ma'naviy uyg‘onish samarasi odamlarning o’zligini anglash, milliy g‘urur, oriyat, avlod-ajdodlarimiz o’tmishidan faxrlanish, kelajak har kimning o’z qo’lida, mehnatida va ongli faoliyatida ekanligini his qilishda namoyon bo’lmoqda. Bugungi kunning vazifasi adabiyotni millatning ma'naviy va intellektual salohiyatini, odamlarning aqliy va ruhiy madaniyatlarini yuksaltirishga xizmat qildirishdir. Chunki olamni shu paytgacha aytib kelganimizdek, go’zallik emas, ma'naviyat va ezgulik asraydi. Uni komil inson yuzaga keltiradi. Komillikni yuzaga keltirishda badiiy adabiyot muhim omildir. Buni yaxshi anglagan yozuvchilar shu yo’lda samarali ijod qilmoqdalar. Bu borada H.Sulton, E.A'zamov, A.Ibodinov, Shoyim Bo’taev, Normurod Norqobilov va boshqalarning ijodi katta rol o’ynayapti.


Savol va topshiriqlar:

  1. Hozirgi dramalarda tarixiy shaxslar talqini.

2.Hozirgi tarixiy hikoyalar.
3.Tarixiy dramalarda temuriylar obrazi.
4.Tarixiylik va biografik metod uyg'unligi.
Download 25.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling