Mavzu: Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari
Jahon psixologlari asarlarida yosh davrlari muammosi
Download 76.06 Kb.
|
Xudaynazarov Mamurjon
Jahon psixologlari asarlarida yosh davrlari muammosi
O‘tgan buyuk ajdodlarimiz ontogenez psixologiyasining muammolarini izchil va atroflicha, muayyan yo‘nalishda, ma’lum konsepsiya asosida o‘rganmagan bo‘lsalar ham, allomalarning asarlarida mazkur holatlarning aks etishi, namoyon bo‘lishi, rivojlanishi va o‘zgarishlari to‘g‘risida qimmatli fikrlar bildirilgan. Bular to‘rt xil manbalarda uchraydi. Ularning biri — xalq ijodiyoti: rivoyatlar, maqollar, matallar va masallar; ikkinchisi — maxsus ijodkor kishilar (hatto hukmdorlar) muayyan shaxsga bag‘ishlab yozgan o‘git-nasihat va hikoyatlar; uchinchisi — qomusiy, O‘rta Osiyo mutafakkirlarining ilmiy-nazarny qarashlari; to‘rtinchisi — turli davrlarda ijod qilgan shoir va yozuvchilar ijodining mahsullari, ya’ni badiiy asarlardir. Abu Nasr Forobiyning inson va uning psixikasi haqidagi axloqiy-falsafiy mushohadalari “Fozil odamlar shahri”, “Masalalar mohiyati”, “Falsafiy savollar va ularga javoblar”, “Jism va aksidensiyalarning shakllariga qarab bo‘linishi”, “Sharhlardan”, “Hikmat ma’nolari”, “Aql ma’nolari to‘g‘risida” kabi qator asarlarida bayon etilgan. Abu Rayhon Beruniy o‘zininig “O‘tmish yodgorliklari” kitobida inson hayotiga doir xilma-xil ma’lumotlarni keltiradi. Shu jumladan, olim kishilarning jismoniy tuzilishi, umrlarining uzun-qisqaligi to‘g‘risida bildirgan mulohazalar diqqatga sazovordir. Beruniy odam uzoq vaqt yashashining sababini biologik va irsiy omillar bilan bog‘laydi. Bu jihatdan uning “Hindiston”, “Mineralogiya” asarlari, Ibn Sino bilan yozishmalari alohida ahamiyatga ega. Uning “Odob haqida” risolasi ham inson shaxsini shakllantirish to‘g‘risidagi jiddiy asardir. Ibn Sinoning fan oldida eng muhim hissasi psixoterapiyani ilmiyamaliy jihatdan boyitgandir. Muallif pedagogik psixologiya, ontogenez psixologiya, umumiy, ijtimoiy psixologiyaga munosib hissa qo‘shgan olimdir. Shuni faxr bilan ta’kidlash joizki, Ibn Sino neyropsixologiya fanining asoschisidir. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u Bilig” asaridagi bosh masalalardan biri komil insonni tarbiyalashdir. Adib o‘z asarida eng komil, jamiyatning o‘sha davrdagi talablariga javob bera oladigan insonni qanday tasavvur qilgan bo‘lsa, shu asosda o‘z prinsiplarini bayon etadi. A.Jomiyning “Bahoriston”, “Xiradnomai Iskandariy”, “Tuhfatul ahror”, “Silsilatuz zahob” boshqa asarlarida ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya, qasb-hunar o‘rganish, yaxshi xislatlar va odoblilik haqidagi fikrlar ifodalangan. Davoniy o‘zining “Axloqi Jaloliy” nomli asarida insoniy fazilatlarni to‘rtga bo‘ladi va bular donolik, adolat, shijoat va iffatdir. Shoir, ayniqsa donolik fazilatini chuqur tahlil qiladi. Uningcha, inson o‘zining aqliy qobiliyati va aqliy iste’dodini shakllantirish uchun zukko, zehnli, fahm-farosatli bo‘lishi va bilimlarni tez egallashi lozim. A.Navoiyning “Xazoyinul maoniy”, “Mahbubul qulub” va boshqa asarlarida yetuk, barkamol insonning axloqi, ma’naviyati, odamlarga munosabati, iste’dodi va qobiliyati to‘g‘risida qimmatli mulohazalar yuritilgan. Download 76.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling