Mavzu: Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari


Download 76.06 Kb.
bet1/4
Sana23.04.2023
Hajmi76.06 Kb.
#1390070
  1   2   3   4
Bog'liq
Xudaynazarov Mamurjon

Jismoniy ma`daniyat yo`nalishi 3-kurs 20/09-guruh talabasi Xudoynazarov Mamurjonnig Umumiy psixologiya fanidan slayd ishi

Mavzu: Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari

Reja:

  • Yosh davrlari va pedagogik psixologiya fanining predmeti va vazifalari
  • Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiyaning tadqiqot metodlari
  • Jahon psixologlari asarlarida yosh davrlari muammosi
  • Yosh davrlarini tabaqalash nazariyalari

Yosh davrlari va pedagogik psixologiya fanining predmeti va vazifalari
Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlari mushtarak, bir-biriga uzviy bogliqdir, chunki ularning har ikkisi, bitta umumiy jarayonni – ulg’ayib borayotgan insonning psixik faoliyati hamda uning xulq-atvorini tadqiq etadi. Biroq, shunday bo’lsa-da, bu ikki fan psixologiya ilmining mustaqil sohalari hisoblanib, ularning har biri o’z predmeti va tadqiqot vazifalariga egadir.
Ontogenez ~ (yunoncha optos-mavjud, jon,zot; genezis- kelib chiqish, paydo bo’lish) - individning paydo bo’lishidan, umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayoni.
Yosh davrlari psixologiyasi ontogenezdagi turli yosh davrlari psixik taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini, psixik rivojlanishini hamda psixologik xususiyatlarini o’rganadi.
Yoshning ulg’ayib borishi, psixik jarayonlarning inson rivojlanishidagi qonuniyatlari, undagi yetakchi omillar hamda inson hayot yo’lining turli bosqichlarida uning shaxsiga xos xususiyatlar - yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot predmeti qisoblanadi. Ma'lumki, shaxs tarkib topish jarayonining psixologik qonuniyatlarini, uning ilmiy asoslarini mukammal bilmay turib, ta'lim va tarbiyaning nazariy hamda amaliy masalalarini muvaffaqiyatli hal etib bo’lmaydi.
Yosh davrlar psixologiyasi fanining amaliy vazifalarini esa psixik jarayonlarning namoyon bo’lishi va rivojlanishi, shuningdek inson shaxsi psixologik xususiyatlarining tarkib topishi qonuniyatlarini o’rganishda qo’lga kiritilgan ilmiy dalillarini ta'lim-tarbiya sohalariga tadbiq etishni tashkil etadi.
Bu borada, ayniqsa, pedagogik psixologiya birmuncha ulkan yutuqlarga erishdi. Pedagogik psixologiyaning ta'limni yangi mazmunda joriy qilish yuzasidan so’nggi yillarda qo’lga kiritgan yutuqlari buning yaqqol dalili bo’la oladi. Ma'lumki keyingi o’n yil mobaynida mamlakatimizdagi barcha ta'lim tizimlarida ta'lim ishlarining mazmuni tubdan o’zgardi. Ta'limning eksperimental ravishda tekshirilgan yangi usullari (masalan, muammoli interfaol ta'lim metodlari) keng joriy qilinmoqda.
Pedagogik psixologiya – psixologiya ilmining tarmog’i sifatida, ta'lim va tarbiyaning shaxsga samarali ta'sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va mexanizmlarini o’rganuvchi fandir.
Bolalar va yoshlarning maktabdagi hamda ta'lim-tarbiya muassasalaridagi faoliyat va xatti-harakatlarining psixologik qonuniyatlarini o’rganuvchi pedagogik psixologiya ikki fanni, ya'ni psixologiya va pedagogika fanlarining tutashgan joyidan o’rin egallagandir. Pedagogik psixologiyaning predmeti maktabda bilim, ko’nikma va malakalarni egallash qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir bo’ladigan individual tafovutlarni, o’quvchilarda faol, mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini tadqiq etishdir.

Download 76.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling