Mavzu: Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari


Download 1.45 Mb.
bet1/3
Sana13.11.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1770004
  1   2   3

Mavzu:Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari.

bajardi:meliboyeva marxabo 207 bt


Yosh va pedagogik psixologiya fanining predmeti
Fan sifatida yosh va pedagogik psixologiyaning vujudga kelishi, uning rivojlanish tarixi.
Hozirgi zamon yosh va pedagogik psixologiya fanining asosiy vazifalari.
Yosh va pedagogik psixologiyada tadqiqot metodlarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
REJA
1
2
3
4

Yosh davrlari psixologiyasi ontogenezidagi turli yosh davrlari psixik taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini, psixik rivojlanishini hamda psixologik xususiyatlarini o’rganadi.


Yoshning ulg’ayib borishi, psixik jarayonlarning inson rivojlanishidagi qonuniyatlari, undagi yetakchi omillar hamda inson hayot yo’lining turli bosqichlarida uning shaxsiga xos xususiyatlar-yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot predmeti hisoblanadi.
Pedagogik psixologiyaning predmeti maktabda bilim, ko’nikma va malakalarni egallash qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir bo’ladigan individual tafovutlarni, o’quvchilarda faol, mustaqilva ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini tadqiq etishdir.
Pedagogik psixologiya-ta’lim va tarbiyaning ta’siri oqibatida o’quvchilar psixikasida sodir bo’ladigan o’zgarishlarni, o’quv materiallarining o’quvchilar yosh xususiyatlariga mos kelishini, turli ta’lim metodlarining psixologik jihatdan samaradorligini, darsliklar,o’quv qurollari va maktab ishlarining tartibiga nisbatan bo’lgan psixologik talablar kabi muammolarni ham pedagogik psixologiya o’rganadi.

Psixologiya faniga bo’lgan zaruriyat: Nega ilmiy yondashuvdan hosil bo’lgan xulosalar intuitsiya va umumiy odatiy ong orqali hosil bo’lgan xulosalardan ko’ra ishonchliroqdir? Ba’zi insonlar o’ylaydilarki, psixologiya fani odamlar shundog’am biladigan narsalarni shunchaki ilmiy tilda qog’ozga tushirish bilan shug’ullanadi: «Psixologiya fani orqali kritik tahlil qilishning nimasi yangilik bo’lib qoldi – mening buvijonim allaqachon bilgan narsalarni qiziqarli metod va tajribalaring orqali isbotlaysan va bu uchun sen haq olasan, xolosmi?». Bu o’rinda boshqalar esa intuitsiyaga (ichki sezgilari) ishonadilar: «Har birimizning tub-tubimizda eng ishonchli yo’lni ko’rsatadigan instinkt va yurakdan his qiladiganimiz, yo’lboshchimiz bor – biz shunchaki o’sha tuyg’ularga erk bersak, bo’ldi», – deya maslahat bergan edi Britaniya shahzodasi Charlz.



Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling