Mavzu: Yosh voleybolchilarning mahsus jismoniy tayyorgarligini oshirish yo’llarini aniqlash Ilmiy rahbar


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/31
Sana21.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1642313
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31
Bog'liq
yosh voleybolchilarning mahsus jismoniy tayyorgarligini oshirish

Egiluvchanlikni tarbiyalash 
 
Egiluvchanlik deganda tayanch-harakat apparatining morfo-funksional 
xususiyatlari tushunilib, bu xususiyatlar shu apparatning zvenolari 
harakatchanligini belgilaydi. Harakatlarning maksimal amplitudasi 
egiluvchanlikning mezoni bo‘lib xizmat qiladi. Amplituda burchak o‘lchovlarida 
yoki chiziqli o‘lchovlarda ifodalanadi. Egiluvchanlikning ikki turi farqlanadi: faol 
va sust egiluvchanlik. 
Faol egiluvchanlik kishining o‘z mushaklari kuch berishi hisobiga 
namoyon bo‘ladi. Sust egiluvchanlik gavdaning harakatla-nayotgan qismiga tashqi 
kuchlar–og‘irlik kuchi, sherikning qarshiligi va shu kabi kuchlardan foydalanganda 
namoyon bo‘ladi. 
Egiluvchanlik mushak va to‘qimalarning elastikligiga bog‘liq bo‘ladi. 
Mushaklarning elastiklik xususiyatlari ko‘p darajada markaziy nerv tizimining 
ta’sirida o‘zgarishi mumkin. 


25 
Egiluvchanlikning namoyon bo‘lishi muhitning tashqi haroratiga ham 
bog‘liq bo‘ladi. Egiluvchanlik charchash ta’sirida sezilarli o‘zgaradi, jumladan, 
faol egiluvchanlik ko‘rsatkichlari kamayadi, sust egiluvchanlik ko‘rsatkichlari 
ortib boradi. 
Egiluvchanlikni tarbiyalash uchun harakat amplitudasi oshirilgan 
(cho‘ziluvchanlikni oshiradigan) mashqlardan foyda-laniladi. Harakatlarda biror 
bo‘g‘indagi harakatchanlikning ortishi shu bo‘g‘indan o‘tadigan mushaklarning 
qisqarishi hisobiga ro‘y beradi. Harakatlar bajarilish xarakteriga ko‘ra bir-
birlaridan farq qiladi: bir fazali mashqlar va prujinasimon mashqlar; silkinish va 
ma’lum holatlarni qayd qilib turish; og‘irliklar bilan mashqlar. Cho‘ziluvchanlikni 
oshiradigan mashqlarni seriyalar bilan har birini bir necha marta takrorlab bajarish 
tavsiya etiladi. Bunda seriyadan seriyaga o‘tgan sari harakat amplitudasi orttirib 
boriladi. Har bir mashg‘ulotda cho‘ziluvchanlik mashqlarini sal-pal og‘riq paydo 
bo‘lguncha bajarish lozim. Egiluvchanlik mashqlari mustaqil bajarish uchun 
topshiriq sifatida berilishi mumkin. Egiluvchanlik mashqlari tayyorgarlik qismida
asosiy qismning oxirida va boshqa mashqlar oralig‘ida bajariladi. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling