41
II-BOB. TADQIQOTNI TASHKIL QILINISHI VA O`TKAZISH
USLUBIYOTI.
2.1.Tadqiqot ishining uslublari
Tadqiqot ishini tashkil qilish va o`tkazishda quyidagi usullardan
foydalanildi.
A) Ilmiy –
uslubiy adabiyotlar taxlili
B) Pedagogik kuzatish
V)
Jismoniy rivojlanish
G) Jismoniy tayyorgarlik
D)
Pedagogik tajriba
Y) Matematik statistik usullar
2.2.Ilmiy-uslubiy adabiyotlarni o`rganish va amaliy tajribalarni
umumlashtirish
Voleybolchilarni jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligini oshirishga
bag’ishlangan ilmiy – uslubiy, pedagogik – fiziologik soxadagi adabiyotlar taxlili
qilinib umumlashtirildi. Mavzuga oid bo`lgan adabiyotlarni taxlil jarayonida
voleybolchilarning texnik, taktik, psixologik, integral
va jismoniy tayyorgarligi,
rivojlanishi o`rganildi.
Amaliy tajribalarni umumlashtirish maqsadida voleybolchilar bilan
shug’ullanuvchi murabbiylar bilan yosh voleybolchilarni
jismoniy rivojlanishi va
tayyorgarligini oshirish bo`yicha suxbatlar qilindi.
2.2.1. Pedagogik kuzatishlar
Pedagogik kuzatishlar asosan Namangan viloyati
Chust tumanidagi bir
qator umumiy o`rta ta’lim maktablarida o`tkazildi. Bunda asosan maktabdagi
darsdan keyingi sport to`garaklarida voleybolchilarni jismoniy tayyorgarligi va
boshqalar kuzatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: