Mavzu: yoshlar muommolarini hal etishda fuqorolik jamiyati institutlarining o’rni. Reja: I kirish II asosiy qism
Fuqarolik jamiyatining huquqiy asoslarini shakllanishi va rivojlanishi
Download 130 Kb.
|
fuarolik zhamiyati institutlarining s
2.Fuqarolik jamiyatining huquqiy asoslarini shakllanishi va rivojlanishi
O‘zbekistonda tub o‘zgarishlar jarayonlaridagi davlatning bosh islohotchilik o‘rni asosan fuqarolik jamiyatining huquqiy asoslarini shakllantirish jarayonlarida namoyon bo‘ldi. Prezident I.A.Karimov tashabbusi bilan Milliy mustaqillik arafasidayoq ko‘ppartiyaviylik tizimini joriy etish, davlat va hukumatdan xoli bo‘lgan jamoat birlashmalari tuzilmalarini erkin faoliyat ko‘rsatishi uchun huquqiy shart-sharoitlar yaratish maqsadlarida Miliy mustaqillik arafasida Oliy Kengash O‘zbekiston Respublikasining «Jamoat birlashmalari to‘g‘risida»gi Qonunini (1991 yil 15 fevral) qabul qilgan edi. Mustaqil O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini shakllanishida 1992 yilning 8 dekabrida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muhim ahamiyat kasb etdi. Konstitutsiyaning g‘oyalari, maqsadlari, ruhi, uning har bir qoidasi «Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi», bir necha asrlar mobaynida ilg‘or va yetakchi mamlakatlarda shakllangan demokratik qadriyatlar, milliy davlatchilik, shuningdek, bir necha ming yillardan buyon avloddan avlodga meros bo‘lib kelayotgan milliy va sharqona davlatni adolatli idora etish hamda xalq bilan bamaslahat siyosat olib borish an’analarini ham o‘zida mujassamlashtirdi. Mamlakat tarixida birinchi marta Konstitutsiyaning 2-moddasida quyidagi xalq suverenitetiga xos tamoyil e’lon qilindi: «Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar». Konstitutsiyaning mazkur moddasida ilk bor fuqarolik jamiyati amal qilishi mumkin huquqiy asos mujassamlashdi. Mazkur huquqiy qoidani Konstitutsiyaning 7-moddasi quyidagi talqinlarda yanada rivojlantirdi: «Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir. O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiraladi». Albatta, Konstitutsiyaning bu moddasi «Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi»ning 21-moddasiga «Xalq irodasi hukumat hokimiyatining asosi bo‘lishi lozim», degan demokratik tamoyilning O‘zbekistonda har tomonlama ro‘yobga chiqishi uchun shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratib berdi. Shuningdek, Konstitutsiyaning 9-moddasida davlat hokimiyati siyosatining xalq manfaatlari, istaklari asosida amalga oshirishning huquqiy asosi ifodalandi: «Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga (referendumga) qo‘yiladi. Referendum o‘tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi» Fuqarolik jamiyati institutlarining davlat hokimiyati institutlari bilan muvozanat saqlashi, jamiyat institutlarini davlat organlaridan mustaqil faoliyat ko‘rsatishida jamiyat va davlatni rivojlantirish omillaridan eng asosiysi, bu - siyosiy plyuralizmdir. Jamiyatda plyuralizmning yetishmasligi oqibatida fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tizimi «yutib» yuborishini tarix o‘z vaqtida isbotlab bergan. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida siyosiy plyuralizmni davlat va jamiyatning yashash prinsipi sifatida e’tirof etilishi fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlanishiga har tomonlama shart-sharoitlar yaratib berdi. Xususan, Konstitutsiyaning 12-moddasi quyidagicha talqin qilinadi: «O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas» Shuningdek, Konstitutsiyaning 13-moddasida fuqarolik jamiyatining yashashi uchun muhim bo‘lgan shart-sharoitlardan yana biri - inson erkinligi va huquqini ta’minlashga qobil bo‘lgan demokratik prinsiplarni davlat hokimiyati va jamiyat hayotini tashkil etishning asosi va oliy qadriyat sifatida e’tirof etildi: «O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi». Shuningdek, Konstitutsiyaning 29-moddasidagi «Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega...», 32-moddasidagi «O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘z-o‘zini boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo‘li bilan amalga oshiriladi», 43-moddasidagi «Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi» kabi demokratik prinsiplarning ifodalanishi - fuqarolik jamiyati qurishning konstitutsiyaviy huquqiy asoslarini tashkil etdi. Konstitutsiyaning yettita moddadan iborat «Jamoat birlashmalari bobi» respublikada fuqarolik jamiyati institutlarini qaror toptirish uchun ham huquqiy, ham siyosiy jihatdan zarur shart-sharoitlar yaratib berdi. Unda «jamoat birlashmasi», «kasaba uyushmalari» «siyosiy partiyalar» kabi tushunchalarga huquqiy aniqliklar kiritilib, ular endilikda demokratik talqinlar asosida ta’riflana boshlandi. Ayniqsa, Konstitutsiyaning 58-moddasidagi «Davlat jamoat birlashmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi. Davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga, shuningdek, jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi», kabi demokratik prinsiplarning Asosiy qonunda ifodalanishi mustaqil respublika davlati va xalqining insoniyat hayotida bir necha asrlik tajriba va sinovlardan o‘tgan fuqarolik jamiyati sariintilayotganligini anglatar edi. Mamlakatda xalq manfaatlari va siyosiy irodalarini erkin bildirish va ularni erkin ifoda etish uchun huquqiy asoslar va erkin siyosiy muhit yaratilishi bilan hamohang tarzda siyosiy partiyalar va boshqa nodavlat jamoat birlashmalari ham tuzila boshlandi. Sobiq ittifoq tuzumi davrida faoliyat ko‘rsatgan nodavlat jamoat birlashmalarini demokratik huquqiy asoslar va talablar asosida qaytadan tashkil etish jarayonlari avj oldi. Hozirgi davrga kelib nodavlat notijorat tashkilotlarning soni 8000 taga yaqinlashdi. Shuningdek, davlat organlari mamlakatda fuqarolik jamiyatining institutlari faoliyatini moliyaviy va ijtimoiy jihatlardan kafolatlashga ham muhim ahamiyat berdi. Siyosiy partiyalar, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda ularning barcha quyi tashkilotlarini davlat budjeti tomonidan moliyalashtirishga doir huquqiy asoslari qabul qilindi va hayotga joriy etildi. Respublikada Milliy mustaqillik asoslarini yaratishga doir islohotlar jahondagi ilg‘or rivojlangan mamlakatlar tajribasi va o‘zbek xalqi mentalitetiga xos bo‘lgan an’analarni uyg‘unlashtirish asosida kecha boshladi. Mamlakatda davlatning bosh islohotchi sifatida yangi jamiyat qurishning milliy va demokratik qadriyatlarga doir huquqiy asoslarini yaratish sohasidagi faoliyati muhim strategik maqsadga - fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratildi. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurishning asosiy stategik maqsad sifatida e’lon qilinishi – bu undagi hayot tarzi va insoniy o‘zaro munosabatlarni inson manfaatlariga, o‘z-o‘zidan milliy manfaatlariga mosligi, har bir insonni erkinligi va huquqlarini amalga oshirishga qulay va har tomonlama shart-sharoitlar yaratib berishi, bu holatni esa mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taraqqiy ettirishga bo‘lgan kuchli ta’sirini e’tiborga olish bilan chambarchas bog‘liqdir. Fuqarolik jamiyati shakllangan mamlakatlarda nafaqat inson erkinligi, davlatning jamiyat uchun xizmat qilish mas’uliyatining yuksakligi, o‘zini o‘zi boshqarishning avj olishi kabi qadriyatlarga amal qilinadi, bu jamiyatlarda inson farovonligini har tomonlama ta’minlash sohasida ham mislsiznatijalarga erishiladi. Jahondagi mamlakatlar o‘rtasida yalpi milliy mahsulotning o‘rtacha kishi boshiga taqsimlanishida ham fuqarolik jamiyati rivojlangan mamlakatlar peshqadamlik qilmoqda. Buning asosiy sababi shundaki, inson siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy erkinliklar bag‘ridagina o‘zining yaratuvchanlik qobiliyatini to‘liq namoyon qila oladi. Darhaqiqat, O‘zbekistonda tub o‘zgarishlar jarayonlaridagi davlatning bosh islohotchilik o‘rni asosan fuqarolik jamiyatining huquqiy asoslarini shakllantirish jarayonlarida namoyon bo‘ldi. Xulosa Mamlakatda XXI asr boshlarida «Kuchli davlatdan - kuchli jamiyat sari» konseptual siyosiy dasturni amalga oshirish maqsadlaridan kelib chiqib, markaziy davlat organlarining ayrim vakolatlarini mahalliy davlat hokimiyati, o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarga bosqichma-bosqich berib borish asosida jamiyat qurilishini erkinlashtirish jarayonlari boshlandi. Bu sohada quyidagi yo‘nalishlarda islohotlar bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirilmoqda: -birinchidan, jamiyat a’zolarining ongi, irodasi, madaniyati, ma’naviyati va bilimi yuksak darajada bo‘lishiga erishish, ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatiga alohida e’tibor berish; -ikkinchidan, jamiyat a’zolarining manfaatlari uyg‘unlashuvi jarayonlarini shakllantirish, jamiyat manfaatlarining shaxsiy manfaatlar bilan mushtarakligiga erishish; -uchinchidan, jamiyatning takomillashuvi va yangilanishi uchun kuchli va real siyosiy, iqtisodiy, madaniy imkoniyatlarni shakllantirish; -to‘rtinchidan, jamiyat a’zolari va tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlik asosida jamiyatning umumiy manfaatlarini uyg‘unlashtirish; -beshinchidan, jamiyatdagi munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy qoidalar ta’sirini kuchaytirish, ularga ongli ravishda bo‘ysunish amaliyotini vujudga keltirish; -oltinchidan, siyosiy hokimiyatning o‘z vazifalarini to‘liq bajarishiga kengroq va qulayroq imkoniyatlar yaratish, siyosiy hokimiyatga nisbatan jamiyat a’zolari ishonchini kuchaytirish, uning aholi tomonidan keng va faol qo‘llab-quvvatlanishiga erishish kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Hozirgi islohotlarni yanada chuqurlashtirish davrida «Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyilini hayotga tatbiq etish jarayonlaridagi muammolardan biri, bu - turli ijtimoiy qatlamlar shakllanishining sekin kechishi natijasida ularning turli manfaatlari nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatida ifodalanishi qiyin kechmoqda.Chunki, «uchinchi sektor» tashkilotlari u yoki bu ijtimoiy qatlamlar va guruhlar manfaatlarini ifodalay olish qobiliyatiga ega bo‘lgandagina fuqarolar ular faoliyatida ishtirok etishga moyil bo‘ladilar. Aks holda esa fuqarolar nodavlat notijorat tashkilotlariga befarqlik bilan qaraydilar. Download 130 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling