Mavzu: Yoshlarda sog’lom turmush tarzini ta’minlash, barkamol avlodni tarbiyalashning muhim omili sifatida. Reja
Download 134.5 Kb.
|
Yoshlarda sog’lom turmush tarzini ta’minlash, barkamol avlodni tarbiyalashning muhim omili sifatida. (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishi predmeti
- Kurs ishining vazifasi
- Kurs ishining metodlari
- Kurs ishini tuzilishi
Kurs ishi maqsadi: Yoshlarda sog’lom turmush tarzini ta’minlash, barkamol avlodni tarbiyalashning muhim omilining mazmun mohiyati o’rganish
Kurs ishi ob’ekti: Yoshlarda sog’lom turmush tarzini ta’minlash, barkamol avlodni tarbiyalashning muhim omilining mazmun mohiyatini tashkil etish jarayoni Kurs ishi predmeti: Yoshlarda sog’lom turmush tarzini ta’minlash, barkamol avlodni tarbiyalashning muhim omili sifatining mazmun-mohiyati, usullari va vositalari Kurs ishining maqsadi: Yoshlarda sog’lom turmush tarzini ta’minlash, barkamol avlodni tarbiyalashning muhim omili sifatidaning mazmun-mohiyatini anglash va uni kelajakda o’quvchilar va talabalarga mazmunli tadbiq etish. Kurs ishining vazifasi: 1.Pedogogik va ijtimoiy pedagogik faoliyatning mazmun mohiyatini anglash va uni pedagogik jarayonga tadbiq etish muammolarini bartaraf qilish yo`llarini aniqlash; 2. Ijtimoiy pedagogik faoliyatning jamiyat hayoti uchun zaruriy-ehtiyojiy sifatlarini tadqiq qilish; 3. Ijtimoiy tarbiyani rivjolantirish tamoyillarini tadqiq qilish; Kurs ishining metodlari: Kuzatish, eksprement, natijalarni tahlil qilish, suhbat, so’rovnoma, test Kurs ishining metadologik asoslari: Pedogogik va ijtimoiy pedagogik faoliyatning mazmun mohiyati Olam va odamni bir butunlikda tadqiq etuvchi dialektik falsafa, “Ta’lim to’g’risidagi qonun”, ijtimoiy talim va tarbiyani takomillashtirish yolida chiqarilayotgan qonunlar, farmoyishlar, avlod –ajdodlarimizning qoldirgan ilmiy-adabiy- meroslaridagi ijtimoiy talim-tarbiyaga oid qarashlari, ogitlari, pand-nasihatlari; etnopedagogik meros. Kurs ishini tuzilishi: Kurs ishi 4 qism ya’ni (kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar) 25 sahifadan iboratdir. Yoshlarda sog’lom turmush tarsi va uni tashkil etuvchi omillar Salomatlikni o’rganuvchi fan bu “Valeologiya” fanidir. Bu atamani 1982 yilda Brexman fanga kiritgan. “Valeologiya” lotincha so’z bo’lib, “Valeo” –sog’lomlik, sog’lom bo’lmoq degan ma’noni bildiradi. Demak valeologiya sog’lom odamning sog’lomlik holatini o’rganadi. Valeologiya integrativ fan sifatida gigiena, epidemiologiya, normal fiziologiya, tibbiy psixologiya, pedogogika, etika va ekologiya hamda boshqa ijtimoiy fanlar bilan uzviy bog’langan holda ularning uslublari va dalillaridan, insonlarni sog’lomlashtirish maqsadida foydalanadi. Bu o’rinda esa har bir pedagog inson ruhiyatining bilimdoni bo’lishi kerak. Shundagina STTni shakllantirishda insonning sog’likka nisbatan dunyoqarashini o’zgartirish mumkin. Uning sog’lom umri davomiyligini saqlash mumkin. Valeologiyani – sog’lom turmush tarzini amalga oshirishda, yana bir masala, bu ham bo’lsa, sog’lom turlmush tarzini shakllantirishda psixologik ruhiy tayyorgarchilikning ahamiyati. Bu borada har bir inson STT talablari asosida yashashga urinishida, undagi xohishni rivojlantirish uchun psixologik nuqtai – nazardan tayyor bo’lmog’i lozim. Demak, STT ta’limotini o’zgartirish bu masalaga insonning ongli yondashishi, xatti-harakatlarini ongli ravishda tartibga solish va ko’zlangan maqsadga erishishi, buni amalga oshirishda uchraydigan to’siqlarni (shubha, qo’rqinch, ishonchsizlik kabilarni) irodaga tayanib engish katta ahamiyat kasb etadi. STTni shakllantirishda ruhiy-hissiy holatni ongli ravishda amalga oshirish asosiy masala bo’lib qoladi. Chunki ong-bu kishining moddiy dunyo, ijtimoiy hayot va uning qonuniyatlarini o’z imkoniyatlari darajasida anglash hamda voqea – hodisa yoki hayotiy muammolarni ijobiy hal qilish qobiliyatidir. Shuning uchun ham insondagi sog’likka bo’lgan qiziqishni shakllantirish uchun uning ruhiyatini ko’taruvchi holatlarni yaratish, jumladan, inson psixologiyasiga ta’sir etish yo’li bilan insonlar sog’ligini asrash, uzoq umr ko’rish g’oyasini insonlar ongiga singdirish katta ahamiyat kasb etadi. Deyarli har bir kishi ertami kechmi sog’lik bilan bog’liq bo’lgan muammoga duch keladi. Chunki kishilar o’rtasida uchrayotgan o’limning asosiy sababchisi kasalliklar va baxtsiz hodisalar bo’lib, deyarli hamma hollarida barvaqt o’lim sodir bo’ladi. Sog’ligidan ajralgan inson har doim kasalliklar va uning mudhish oqibati – o’lim oldida yolg’iz qoladi. Hayotdagi bir achchiq haqiqat shundan iboratki, har bir kishining sog’ligi uning o’zidan boshqa hech kimga kerak emas va bu haqda uning o’zidan boshqa hech kim qayg’urmaydi ham. Ma’lum darajada uning sog’ligi haqida ota-onasi, farzandlari, yaqin qarindoshlari qayg’urishi mumkin. Lekin ularning qayg’urishi ham ko’pchilik hollarda hamdard bo’lish va afsuslanishdan boshqaga o’tmasligi mumkin. Ko’p hollarda, bu masalada har bir kishida shakllangan tushunchaga ko’ra, inson salomatligini asosiy tayanchi mavjud tibbiy hizmat bo’lib, kishi kasallangan sharoitda birinchi navbatda unga murojaat qiladi va butun umr salomatligini shu hizmatga ishonib yashaydi. Anashu shakllangan tushuncha to’g’rimi yoki noto’g’ri degan savol tug’ilishi tabiiy holat. Haqiqatdan izdan chiqqan salomatlikni tilashda tabobat katta imkoniyatlarga ega. Lekin sog’likni har doim va butun umr tibbiy muolajalar bilan saqlab bo’lmaydi. Bu umuman mumkin emas. Tabobatdan favqulotda hollarda – biror-bir baxtsiz hodisa, noqulay ish yoki turmush sharoiti, shuningdek, shaxsiy hato tufayli sog’ligingizning izdan chiqishi kabilarda foydalanish mumkin. Shuning uchun tibbiy hizmatga hech qachon maishiy hizmat turi sifatida emas, balki favqulotda hizmat turi sifatida qarashni odat qilish kerak. Qolaversa hozirgi kunda sifatli tibbiy hizmat olish uchun yaxshigina pul ham to’lash kerak. Shuning uchun sog’lik yo’lidagi harakatda faqat bitta to’g’ri yo’lni ko’rsatish mumkin. Bu ham bo’lsa salomatlikni saqlash va mustahkamlash ilmi va amalini har birimiz yaxshi bilishimiz va ularni kundalik turmushimizda qo’llay olishimizdan iborat. Buni anglash va tushunish hozirgi kunda nihoyatda muhim. Download 134.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling